Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OʻZBEKISTONDA GASTRONOMIK TURIZM: ANʼANAVIY TAOMLARNING SAYYOHLIK JOZIBASI
SCIENCE SHINE · TAOMLARNING SAYYOHLIK JOZIBASI · Akmalova Rayhona Baxtiyor qizi
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada Oʻzbekistonda gastronomik turizmning rivojlanish istiqbollari, anʼanaviy milliy taomlarning sayyohlar uchun jozibadorlik darajasi, ularning madaniy merosdagi oʻrni va turizm infratuzilmasi bilan bogʻliqligi tahlil qilinadi. Oʻzbek milliy oshxonasi – xalqning qadimiy urf-odatlari, urfiy didi va tarixiy qadriyatlarini mujassam etgan holda, xorijiy sayyohlar uchun alohida diqqatga sazovor yoʻnalish sifatida baholanmoqda. Maqolada shuningdek, gastronomik yoʻnalishdagi xizmatlar sifati, hududiy brending va zamonaviy marketing strategiyalari boʻyicha takliflar keltiriladi. Kalit so‘zlar: Gastronomik turizm, milliy taomlar, Oʻzbek oshxonasi, sayyohlik jozibasi, madaniy meros, turizm infratuzilmasi, brend, marketing strategiyasi, oziq- ovqat madaniyati. Mavzuning dolzarbligi Turizm sohasining diversifikatsiyasi va yangi yoʻnalishlar orqali sayyohlik xizmatlarini kengaytirish bugungi kunda muhim strategik maqsadlardan biri hisoblanadi. Xususan, gastronomik turizm – yaʼni, sayyohlarning biror mamlakatga safar qilishida u yerning milliy taomlari, ovqatlanish madaniyati, pazandachilik anʼanalari bilan tanishish maqsadida yoʻlga chiqish holatlari tobora ommalashib bormoqda. Oʻzbekiston milliy oshxonasi Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng boy gastronomik meroslardan biridir. Palov, lag‘mon, somsa, manti, chuchvara, norin, shashlik kabi koʻplab taomlar faqat mazasi bilan emas, balki tayyorlanish jarayonidagi marosimiylik, tarixiylik va hududiy farqlari bilan ham ajralib turadi. Dunyo tajribasi shuni koʻrsatadiki, gastronomik turizm nafaqat madaniyatni targʻib qilish, balki iqtisodiy oʻsish, mahalliy tadbirkorlik va qishloq joylarda ish oʻrinlari yaratishda ham muhim rol oʻynaydi. Shu nuqtai nazardan, Oʻzbekistonda gastronomik turizmni strategik ravishda rivojlantirish dolzarb masalalardan biridir. Asosiy qism Oʻzbek oshxonasi – sayyohlik brendi sifatida 83 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025 Oʻzbek milliy oshxonasi qadimdan xalqning hayot tarzi, urf-odati va ijtimoiy munosabatlarining ajralmas bir qismi sifatida shakllangan. Koʻplab taomlar, ayniqsa palov, oʻziga xos tayyorlash texnologiyasi, marosimiy jihatlari bilan boshqa xalqlar oshxonasidan ajralib turadi. Xalq orasida "palovsiz toʻy boʻlmaydi" degan naql bejiz aytilmagan. Bu esa taomlarning nafaqat ovqatlanish, balki madaniy ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatadi. Gastronomik turizm nuqtai nazaridan, Oʻzbekistonning har bir hududida palovning oʻziga xos turi mavjud. Masalan, Buxoro palovi, Fargʻona palovi, Toshkentcha palov, Qashqadaryo palovi va hokazo. Bu hududiy farqlilik xorijlik sayyohlarda katta qiziqish uygʻotadi. Bundan tashqari, oshxonamizdagi boshqa taomlar – manti, somsa, norin, lagʻmon, shashlik, chuchvara, qovurma, barak, halim – barchasi boy madaniy maʼno va tarixiy ildizlarga ega. Ularga oid pazandachilik sirlarini jonli tajriba orqali sayyohlarga namoyish etish, master-klasslar oʻtkazish, pazandachilik festivallarini tashkil qilish orqali sayyohlik jozibasi yanada oshiriladi. Infratuzilma va xizmatlar Oʻzbekistonda restoranlar, milliy taom uylari, ochiq bozorlar va mahalliy osh markazlari soni yil sayin ortib bormoqda. Bu joylarda sayyohlarga nafaqat tayyor ovqat taklif etiladi, balki ularni tayyorlash jarayonini ham kuzatish imkoniyati mavjud. Yirik shaharlar – Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi markazlarda gastronomik yoʻnalishda ixtisoslashgan restoran va kafe tarmoqlari tashkil etilgan. Ammo, sayyohlarning qiziqishini jalb etish uchun ushbu obyektlarda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim: Hududiy brendni shakllantirish (masalan, “Samarqand noni”, “Buxoro somsasi”); Ovqatlar tayyorlanishini jonli tarzda ko‘rsatish; Milliy uslubda bezatilgan interyer va xizmat ko‘rsatish madaniyati; Pazandachilik bo‘yicha treninglar va master-klasslar tashkil etish. Bundan tashqari, turistik marshrutlarga gastronomik yo‘nalishlarni kiritish, ya’ni sayohat davomida mahalliy taomlar bilan tanishtirish, bu borada gidlar tayyorlash, pazandachilik madaniyatini targ‘ib qilish ham gastronomik turizmni rivojlantiruvchi muhim omillardandir. Xalqaro tajriba va marketing Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida gastronomik turizm alohida strategik yo‘nalish sifatida e’tirof etilgan. Masalan, Italiya, Frantsiya, Turkiya, Tailand, 84 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025 Yaponiya, Marokash, Ispaniya kabi davlatlar o‘z milliy oshxonasini turizm mahsuloti sifatida taqdim etadi. Ular taomlarni tanitish orqali o‘z tarixiy merosini va madaniy qadriyatlarini dunyoga namoyish etmoqda. O‘zbekiston ham gastronomik marketing strategiyalarini ishlab chiqishi lozim. Bu borada quyidagilar muhim: Milliy oshxonani xalqaro festivallarda namoyish etish; “Gastro-tour” loyihalarini yaratish; Ijtimoiy tarmoqlarda video-kontentlar, pazandachilik shoularini rivojlantirish; Brend taomlar (masalan, palov) uchun sertifikatlashtirish tizimini joriy etish. Xulosa Gas
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Oʻzbekistonda gastronomik turizmning rivojlanish istiqbollari, anʼanaviy milliy taomlarning sayyohlar uchun jozibadorlik darajasi, ularning madaniy merosdagi oʻrni va turizm infratuzilmasi bilan bogʻliq…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Oʻzbekistonda gastronomik turizmning rivojlanish istiqbollari, anʼanaviy milliy taomlarning sayyohlar uchun jozibadorlik darajasi, ularning madaniy merosdagi oʻrni va turizm infratuzilmasi bilan bogʻliq… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- turizm infratuzilmasi, marketing strategiyasi, Gastronomik turizm, Oʻzbek oshxonasi, brend, milliy taomlar, oziq-ovqat madaniyati., sayyohlik jozibasi, madaniy meros
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026