К содержанию
РецензированоUZ2025

XALQARO MARKETING TIZIMIDA TOVAR VA TOVAR SIYOSATI QO‘LLANILISHINING IQTISODIY AHAMIYATI

SCIENCE SHINE · QO‘LLANILISHINING IQTISODIY AHAMIYATI · Shermatov Abbos Jumayevich

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

This article analyzes the role of goods and commodity policy in the international marketing system and its impact on economic efficiency. In ensuring competitiveness in the global market, factors such as product quality indicators, brand image, assortment policy, packaging and labeling are of decisive importance. The authors evaluated the effectiveness of commodity policy formation strategies by analyzing the experience of companies operating in international markets and approached them from the point of view of their impact on the country's economy. Kalit so‘zlar: xalqaro marketing, innovatsion mahsulot, mahsulotni diversifikatsiyalash, tovar siyosati, mahalliy kompaniyalar, raqamli dizayn. Keywords: international marketing, innovative product, product diversification, brand policy, local companies, digital design. Kirish. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida xalqaro marketing faoliyatining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Xalqaro bozorlarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish, mahsulotni xorijiy iste’molchilarga samarali tarzda yetkazish, raqobat ustunligini ta’minlashda tovar va tovar siyosati muhim strategik vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, mahsulotning sifati, funksionalligi, dizayni, brendlash, markalash va qadoqlash kabi jihatlari xalqaro iste’molchilar ehtiyojiga moslashtirilmasa, marketing strategiyasining muvaffaqiyatsiz bo‘lishi ehtimoli ortadi. 77 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025 Tovar siyosati nafaqat iste’molchilar talabini qondirishga, balki eksport hajmini oshirish, tashqi bozorlarda milliy brendlarni ilgari surish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va umuman mamlakatning iqtisodiy o‘sishini rag‘batlantirishga xizmat qiladi. Shu bois, tovar siyosatini xalqaro marketing tizimida strategik darajada rejalashtirish va uni iqtisodiy jihatdan asoslash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada xalqaro marketing tizimida tovar va tovar siyosatining qo‘llanilishi, uning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri, raqobat muhitidagi o‘rni hamda amaliy natijalari ilmiy-nazariy va statistik tahlillar asosida yoritiladi. Maqolaning asosiy maqsadi tovar siyosatini samarali tashkil etish orqali xalqaro marketing faoliyatining iqtisodiy ahamiyatini asoslab berishdir. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. Ushbu tadqiqotda xalqaro marketing tizimida tovar va tovar siyosatining iqtisodiy ahamiyatini aniqlash, ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’sirini baholash hamda marketing strategiyalarining amaliyotda qo‘llanilishini tahlil qilish maqsad qilingan. Maqsadga erishish uchun quyidagi ilmiy tadqiqot metodlari qo‘llanildi. Taqqoslash (komparativ) usuli xalqaro bozorda faoliyat yuritayotgan yetakchi kompaniyalar tovar siyosati misolida milliy va xorijiy amaliyot o‘rtasidagi farqlar aniqlab berildi. Iqtisodiy-statistik tahlil xalqaro savdo ko‘rsatkichlari, eksport hajmi, tovar turlari bo‘yicha solishtirma tahlillar olib borildi. Jahon banki, UNCTAD va xalqaro marketing agentliklarining ochiq ma’lumotlar bazasidan foydalanildi. Ekspert so‘rovnomasi va kontent tahlil xalqaro marketing sohasidagi mutaxassislar bilan o‘tkazilgan suhbatlar va xalqaro kompaniyalar hisobotlari asosida tovar siyosatining amaliy qirralari o‘rganildi. Asosiy qism. 1. Xalqaro marketing tizimida tovar siyosatining o‘rni. Tovar siyosati marketing tizimining markaziy elementlaridan biri bo‘lib, mahsulotni yaratish, rivojlantirish, assortimentni shakllantirish, markalash, qadoqlash va brendlash faoliyatlarini o‘z ichiga oladi. Ayniqsa, xalqaro marketing sharoitida tovar siyosati iste’molchilar ehtiyojini aniqlash va ular asosida tovar taklifini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, McKinsey Global Institute 2023-yilgi hisobotida brendlash va innovatsion mahsulot siyosatini qo‘llagan kompaniyalar eksport hajmini o‘rtacha 25–30% ga oshirganini qayd etadi. Masalan, Janubiy Koreya, Yaponiya va Germaniyada yuqori texnologiyali brend mahsulotlar global bozorda eng talabgir tovarlar qatoriga kiradi. 2. Xalqaro tovar siyosatining iqtisodiy samaradorligi, Tovar siyosatining iqtisodiy samaradorligi ko‘p jihatdan asosiy mahsulot strategiyalarining to‘g‘ri 78 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025 tanlanishi, brend qiymati, innovatsion xususiyatlar, hamda iste’molchilar segmentiga moslashtirish bilan chambarchas bog‘liq. 2022-yilgi Statista ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi eng yirik 10 ta brendning umumiy qiymati $2,1 trillionni tashkil etgan bo‘lib, ularning barchasi yuqori darajadagi mahsulot siyosatini olib boruvchi kompaniyalar (Apple, Microsoft, Amazon, Samsung va boshqalar) hisoblanadi. Quyidagi jadvalda ayrim mamlakatlar misolida tovar siyosatining eksportga ta’siri ko‘rsatilgan: Ushbu ko‘rsatkichlar xalqaro bozorda brend va tovar siyosatining eksport samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi. 3. Mahsulot diversifikatsiyasi va innovatsion siyosat.

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the role of goods and commodity policy in the international marketing system and its impact on economic efficiency.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the role of goods and commodity policy in the international marketing system and its impact on economic efficiency. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
international marketing, innovative product, product diversification, tovar siyosati, raqamli dizayn., mahalliy kompaniyalar, mahsulotni diversifikatsiyalash, xalqaro marketing, innovatsion mahsulot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники