К содержанию
РецензированоUZ2025

OʻZBEK XALQINING MODDIY VA NOMODDIY MADANIY MEROSI

SCIENCE SHINE · Ulug‘bek Mirshayev · Jasmina Hamroyeva · Ulug‘bek Mirshayev · Jasmina Hamroyeva (University.)

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada moddiy va madaniy meros tushunchasini oʻrganish, O‘z madaniy merosni tiklashga boʻlgan intilishlar, uni muhofaza qilish, rivojlantirish va uning ahamiyatini targ'ib etishga boʻlgan alohida e'tiborni koʻrish mumkin. Kalit so‘zlar: moddiy meros, nomoddiy meros, madaniyat, Yunesko, osori- atiqalar, yodgorliklar, artefakt, oʻtmish. TANGIBLE AND INTANGIBLE HERITAGE OF THE UZBEK PEOPLE Ulug‘bek Mirshayev Senior lecturer, Department of Music Performance and Culture, Bukhara State University. Jasmina Hamroyeva Student of thd Department of Music Performance and Culture, Bukhara State University Annotation: This article explores the concept of tangible and cultural heritage, the aspirations to restore one's cultural heritage, its protection, development, and special attention to promoting its importance. Key work: material heritage, intangible heritage, culture, Unesco, antiques, memorials, artifact, the past. O‘zbek xalqining o‘tmishi uzoq tarixga borib taqaladi. Bu davr ichida xalqning ham moddiy, ham ma’naviy madaniyati jahon sivilizatsiyasining o‘lmas namunalariga aylandi. Xususan, o‘zbek xalqining nomoddiy madaniy merosi asrlar osha ajdodlar tomonidan sayqallanib, xalqning bebaho mulki bo‘lish bilan bir qatorda demokratik islohotlami yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirishning muhim subyekti sifatida baholandi. Zero, nomoddiy madani meros 67 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025 insonni tarbiyalaydi, ulug‘laydi. Tabiat va hayot go‘zalligini ochib beradi. Unga mehr- muxabbat munosabatini oshiradi. Shu bilan birga nomoddiy madaniy meros muhim aqliy vazifani ham bajaradi. «Biz har qanday qobiliyatda yozilgan asarni hayotimizdagi faktlarni o‘rganishga ko‘maklashganligi uchun qadrlaymiz va e‘zozlaymiz » - deb yozadi Gyote. Oʻzbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.Karimov oʻzining bir qator asarlarida milliy ma‘naviyatni har tomonlama yuksaltirish masalasini hal qilishda asosiy vazifa sifatida ma‘naviyatni shakllantirishga ta‘sir ko‘rsatadigan barcha omil va mezonlarni chuqur tahlil qilish, ulaming bu jarayondagi o‘mi va rolini yaxshi anglab yetish lozimligini alohida ta‘kidlab o‘tgan. Shu bilan birga har qanday xalq yoki millatni unga tegishli bo‘lgan ma‘naviyat, tarix, o‘ziga xos urf-odat va an‘analar, hayotiy qadriyatlardan ayrim holda tasavur etib bo‘lmasligi qayd etildi. Bu borada, tabiiyki, ma‘naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillar bo‘lib xizmat qiladi. Mamlakatimizda milliy madaniyatni, xususan nomoddiy va moddiy madaniy merosni muhofaza qilish, rivojlantirish va uning ahamiyatini targ‘ib etishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Chunonchi, 1999 yilda birinchi prezidentimiz tashabbusi bilan YUNESKO tomonidan xalq og‘zaki ijodining nodir durdonasi bo‘lmish “Alpomish” dostonining 1000 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidentining 2000 yil 14 martdagi PF-2562- sonli Farmoniga asosan “O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi” unvoni ta‘sis etildi, bu esa xalqimizning madaniy merosiga bo‘lgan yuksak ehtiromning yorqin misolidir. 2001 yil 30 avgustdagi 269-II-sonli “Madaniy meros ob'ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan. Xalqning yoki ma‘lum bir mintaqaning madaniy merosi uning o‘ziga xos madaniy merosidir, ya‘ni ularning shaxsiyati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan moddiy va nomoddiy boyliklar to‘plami ijtimoiy va madaniy, ya‘ni ular o‘sha mamlakat yoki mintaqaga xos xususiyat sifatida qabul qilinadi. Nomoddiy madaniy meros tushinchasi - tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o‘zgacha madaniy qimmatga ega bo‘lgan urf- odatlar, xalq ijodiyoti (so‘z, raqs, musiqa, tomosha san‘ati), o‘ziga xoslikni ifodalash shaklllari, bilimlar va ko‘nikmalami, shuningdek, ular bilan bog‘liq jihozlar, predmetlar, artafektlar va madaniy makonlami aks ettiradi. Moddiy meros - ko‘chmas mulk - bu o‘sha joylar yoki binolar, ularni bir joydan boshqa joyga o‘tkazish mumkin emas. Moddiy merosga qadimiy sivilizatsiyalarning kundalik hayotidan qolgan san‘at asarlari, kitoblar, hujjatlar, fotosuratlar, idishlar 68 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025 kiradi. Bu madaniy an‘ana yoki mavjud bo‘lgan yoki allaqachon yo‘q bo‘lib ketgan sivilizatsiya haqida noyob ma‘lumotlar beradi. Qadim o‘tmishimizda ham ajdodlarimiz madaniy merosimizga boshqacha mehr bilan qarashgan. Ijtimoiy taraqqiyotning talab va ehtiyojlari tufayli vujudga keladigan yangiliklar voqelikka aylanadi. Bu yangi narsa eskidan olinib, mukammalroq bo‘ladi. Oqibat natijada, xalq ijodiyotining ajoyib namunalari har bir davrda rivojlanib yangilanib boradi. Xalq ijodi ayni vaqtda bu jarayon insoniyatning badiiy tajribasidagi an‘analari o‘zlashtirish bilan ham bog‘liqdir. O‘zbek xalqi umumjahon madaniyati rivojlanishiga o‘zining sezilarli hissasini qo‘shgan va ayni vaqtda umuminsoniy mada

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada moddiy va madaniy meros tushunchasini oʻrganish, O‘z madaniy merosni tiklashga boʻlgan intilishlar, uni muhofaza qilish, rivojlantirish va uning ahamiyatini targ'ib etishga boʻlgan alohida e'tiborni koʻ…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada moddiy va madaniy meros tushunchasini oʻrganish, O‘z madaniy merosni tiklashga boʻlgan intilishlar, uni muhofaza qilish, rivojlantirish va uning ahamiyatini targ'ib etishga boʻlgan alohida e'tiborni koʻ… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
nomoddiy meros, yodgorliklar, Yunesko, osori-atiqalar, oʻtmish., artefakt, madaniyat, moddiy meros
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники