К содержанию
РецензированоUZ2025

PEDAGOGLARNING STRESSGA BARQARORLIK DARAJASI VA UNING KASBIY FAOLIYAT SAMARADORLIGIGA TA’SIRI

SCIENCE SHINE · Raximova Gulshanoy

Свет науки · 1 · 148-150 · 2025

Аннотация

This article studies the level of stress resilience of teachers and its impact on the effectiveness of professional activity. The role of stress in pedagogical activity and the impact of a teacher's ability to manage stress on the educational process are analyzed. The level of stress resilience affects the mental health and motivation of teachers, which determines their work efficiency, the effectiveness of teaching students, and the quality of decisions made in the pedagogical environment. The article provides practical recommendations and methods aimed at developing teachers' ability to manage stress. The importance of stress resilience in the personal and professional lives of teachers is also considered. Keywords: Pedagogical stress, stress resilience, professional performance, mental health, professional burnout, learning process, pedagogical environment, educational effectiveness, professional development, teaching students, pedagogical success. Bugungi kunda pedagoglarning stressga barqarorlik darajasi va uning kasbiy faoliyat samaradorligiga ta’siri Jahon miqyosida va O‘zbekistonda juda dolzarb mavzu hisoblanadi. Ta’lim tizimida pedagoglarning stress darajasi ularning ish samaradorligi va o‘quvchilarga ta’lim berishda qanday muvaffaqiyatlarga erishishlarini belgilovchi asosiy omil sifatida qaralmoqda. Jahon miqyosida pedagogik stressning o‘sishi, o‘qituvchilarning ruhiy va jismoniy salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, ta’lim sifatini pasaytirishga olib kelishi mumkin. Shuning uchun pedagoglarning stressga barqarorlik darajasini o‘rganish va bu sohada yangi yondashuvlarni ishlab chiqish muhimdir. O‘zbekistonda ham ta’lim tizimi rivojlanish jarayonida, pedagoglarning stressni boshqarish va unga qarshi kurashish ko‘nikmalarini oshirish zarurati tug‘ilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida o‘qituvchilarning ruhiy va psixologik salomatligini saqlash, kasbiy charchoq va stressni kamaytirish, pedagoglarning samaradorligini oshirish bo‘yicha davlat siyosati mavjud. Xususan, pedagoglarning stressga barqarorlik darajasi va unga qarshi kurashish usullari, ta’limdagi muvaffaqiyatlar va o‘quvchilarning o‘qishdagi natijalariga bevosita ta’sir qiladi. Shuningdek, O‘zbekiston hukumati tomonidan qabul qilingan ta’lim tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan dasturlar, pedagoglarning kasbiy rivojlanishiga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu jarayonda stressga barqarorlikni oshirish va pedagogik faoliyat samaradorligini ta’minlash, ta’limning umumiy sifatini yaxshilashga katta hissa qo‘shadi. 62 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025 Pedagoglarning kasbiy faoliyati o‘quvchilarga ta’lim berish jarayonining samaradorligini ta’minlashda asosiy o‘rin tutadi. Biroq, pedagoglar o‘z faoliyatlarida ko‘plab stress omillariga duch keladilar. Ushbu stress omillari o‘qituvchining ruhiy va jismoniy salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, uning ish samaradorligini pasaytirishi mumkin. Stressga barqarorlik, pedagoglarning stressga qarshi turish va uni boshqarish qobiliyatidir va bu qobiliyat pedagogning ish faoliyatiga, o‘quvchilarga ta’lim berish samaradorligiga bevosita ta’sir qiladi. Shunday qilib, pedagoglarning stressga barqarorlik darajasini o‘rganish va uning kasbiy faoliyatga qanday ta’sir qilishini tahlil qilish zarurdir. Stress bu tashqi yoki ichki muhitdan kelib chiqqan qo‘zg‘atuvchi omillar natijasida organizmning moslashuv reaktsiyalaridir. Pedagogik faoliyatda stressning sabablari turli xil bo‘lishi mumkin: o‘quvchilarning past baholari, o‘qituvchining o‘z ishida muvaffaqiyatsizlikka uchrashuvi, o‘quv jarayonining yomon tashkil etilishi, kasbiy yuksalish imkoniyatlarining yo‘qligi, pedagogning o‘z shaxsiy hayotida muammolar va hokazo. Ushbu stress omillari pedagogning ish faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi va uning kasbiy charchoqqa uchrashiga, ruhiy va jismoniy salomatligining yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Pedagogning stressga barqarorlik darajasi stressni boshqarish qobiliyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Stressga barqaror pedagoglar stressli vaziyatlarda samarali ishlay olishadi, o‘z hissiyotlarini nazorat qilishadi, bu esa ularga o‘quvchilarga samarali ta’lim bera olish imkoniyatini yaratadi. Stressga barqarorlik darajasini yuqori bo‘lgan pedagoglar o‘z kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlarga erishadilar, ularning ishiga bo‘lgan qiziqish va motivatsiyasi oshadi. Shuningdek, ular o‘quvchilarning o‘qishdagi muvaffaqiyatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadilar, chunki pedagogning o‘zini boshqarish qobiliyati o‘quvchi bilan samarali muloqot qilishda katta ahamiyatga ega. Stressning pedagogik faoliyatga ta’siri va stressga barqarorlik darajasini o‘rganish bo‘yicha bir qator xorijiy va o‘zbek olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar mavjud. Bu izlanishlar stressni boshqarish, pedagoglarning stressga barqarorligini oshirish, ularning kasbiy samaradorligini yaxshilash uchun turli psixologik va pedagogik metodlarni o‘rganishni maqsad qiladi. Shunin

Доказательный фрагмент

«This article studies the level of stress resilience of teachers and its impact on the effectiveness of professional activity.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article studies the level of stress resilience of teachers and its impact on the effectiveness of professional activity. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Pedagogical stress, stress resilience, professional performance, kasbiy faoliyat samaradorligi, stressga barqarorlik, pedagogik muhit, o‘quv jarayoni, kasbiy charchoq, o‘quvchilarga ta'lim berish, pedagogik muvaffaqiyat., ruhiy salomatlik, kasbiy rivojlanish, ta’lim samaradorligi, Pedagogik stress
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники