К содержанию
РецензированоUZ2025

TALABA YOSHLARNING TARAQQIYOT MAZMUNINI ANGLASHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI

SCIENCE SHINE · ASOSIY YO‘NALISHLARI · Razzoqova Nafosat Ramiz qizi · РАЗВИТИЯ СТУДЕНЧЕСКОЙ МОЛОДЕЖИ (Buxoro davlat pedagogika instituti pedagogika ta’lim yo‘nalishi talabasi) · Раззокова Нафосат Рамиз кизи (Buxoro davlat pedagogika instituti pedagogika ta’lim yo‘nalishi talabasi)

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

This article discusses the reforms in the spiritual and educational sphere put forward in the development strategy of New Uzbekistan. Keywords: People-oriented, principle, population, goal, strategy, policy implementation, economy, rapid development, justice and the rule of law 53 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025 Yangi O‘zbekistonda yangi milliy huquqiy tizimlar shakllanmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va eng asosiysi inson qadri tamoyilini eʼtirof qilmoqdalar. So‘nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy- huquqiy,ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi.Jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish,iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Harakatlar strategiyasidan-taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan yettita ustuvor yo‘nalishlardan iborat “2022- 2026 yillarda mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Strategiya besh bosqichda amalga oshiriladi, ularning har biri aniq maqsadlardan iborat. Hammasi bo‘lib 100 ta maqsad mavjud. Stategiyaning birinchi tamoyili “Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish”.Ushbu tamoyil 12 ta maqsadni o‘z ichida olgan bo‘lib,unda asosan inson qadrini ulug‘lash,aholining barcha muhtoj qatlamlari,ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlar olishi davlat boshqaruvi organlari faoliyatini “fuqaroga xizmat qilishga yo‘naltirish”tamoyili asosida transformatsiya qilish va xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini takomillashtirish ko‘zda tutilgan. Strategiyaning ikkinchi tamoyili “Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish”. Bu tamoyil fuqarolar o‘rtasida qonunga hurmat va itoat qilish hissini shakllantirish, sud va boshqa organlar hujjatlarining o‘z vaqtida vaz to‘liq ijrosini ta’minlash, qonun ustuvorligi va konstitutsiyaviy qonuniniylikni ta’minlash hamda inson qadrini ushbu jarayonning bosh me’zoni sifatida belgilash kabi maqsadlarni o‘z ichiga olgan. Strategiyaning uchinchi tamoyili “Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish,uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida ta’minlash”.Mazkur tamoyilda hududlarni mutanosib rivojlantirish orqali hududiy iqtisodiyotni 1,4-1,6 barobariga oshirish,suv resurslarini boshqarish tizimini tubdan isloh qilish va suvni iqtisod qilish bo‘yicha alohida davlat dasturini amalga oshirish,respublika eksport salohiyatini oshirish orqali 2026-yilda respublika eksport hajmlarini 30 milliart dollarga yetkazish,dasturiy 54 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025 mahsulotlar industriyasini hajmini 5 marta,ularning eksportini esa 10 marta oshirish singari maqsadlarni o‘z ichiga jamlagan. Strategiyaning to‘rtinchi tamoyili “Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish,inson kapitalini rivojlantirish”.Ushbu tamoyilda quyidagilar maqsad qilib qo‘yilgan.2026- yilga qadar o‘quv dasturlari va darsliklarni ilg‘or xorijiy tajriba asosida to‘la qayta ko‘rib chiqib,amalda joriy etish,qariyb 100 ming o‘rinli talabalar turar joylarini barpo etish,tibbiy asbob-uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish,olimpiya va paraalimpiya harakatini rivojlantirish,jismoniy tarbiya va sport bilan muntazzam shug‘ullanadigan fuqarolarning sonini ko‘paytirishdir. Strategiyaning beshinchi tamoyili “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish”.Ushbu tamoyilda asosan O‘zbekiston tarixini o‘ganish va targ‘ib qilishni yanada rivojlantirish buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy me’rosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etish, jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, madaniyat va san’at sohalarini yanada rivojlantirish kabi maqsadlarni o‘z ichiga oladi. Strategiyaning oltinchi tamoyili “Umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda yechim toppish”. Ushbu tamoyilda davlat xizmatida halollik standartlarini joriy etish, xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi siyosatini olib borish, Orol dengizining tubida qo‘shimcha 500 ming gektar yashil maydonlarni barpo etib umumiy hajmini 2,5 million gektarga yetkazish kabi maqsadlarni o‘z ichiga olgan. Strategiyaning yettinchi tamoyili “Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish,ochiq pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish”.Ushbu tamoyilda quyidagilar maqsad qilib qo‘yilgan,mamlak

Доказательный фрагмент

«This article discusses the reforms in the spiritual and educational sphere put forward in the development strategy of New Uzbekistan.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the reforms in the spiritual and educational sphere put forward in the development strategy of New Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
People-oriented, principle, population, goal, strategy, policy, strategiya, siyosat yuritish, jadal rivojlantirish, adolat va qonun ustuvorligi., xalqparvar, maqsad, aholi, tamoyil, iqtisodiyot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники