Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SSENARIY – ESTRADA VA OMMAVIY TOMOSHALAR DRAMATURGIYASINING ASOSI
SCIENCE SHINE · DRAMATURGIYASINING ASOSI · Ikramov Shaxobiddin Najmiddinovich
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada Estrada va ommaviy tomoshalar dramaturgiyasining asosi bo‘lgan ssenariy haqqida so‘z yuritilgan bo‘lib, ssenariy turlari, ssenariy yozishda nimalarga e’tibor berish kerakligi, montaj usullari atroflicha yoritib berilgan. Ssenariy – bu bo‘lg‘usi tadbirni tayyorlash uchun asosiy badiiy manbadir. Ssenariyda tadbirning g‘oyasi, oliy maqsadi, kompozitsion tuzilishi aks ettiriladi. Shuningdek, ssenariyda tadbir o‘tkaziladigan joy (sahna, maydon)ning bezatilishi, qatnashchilar so‘zlarining matnlari, badiiy va hujjatli materiallar, badiiy fon va fon guruhi tasviri, chiroqlar, sahnalashtirish rejasi va rejissyorlik tahlili ham ko‘rsatilib o‘tiladi. Ssenariyning puxta bo‘lishi bo‘lajak tadbirning eng asosiy yutuqlaridan biridir. Kalit so‘zlar: Tomosha, bayram, ssenariy, rejissyor, dramaturg, maydon, sahna, kompozitsiya, ssenariynavislik. Annotation: This article discusses the script, which forms the basis of drama in stage performances and mass shows. It covers different types of scripts, key aspects to consider when writing a script, and various montage techniques. A script is the main artistic source for preparing an upcoming event. The script reflects the idea, ultimate goal, and compositional structure of the event. It also includes details on the design of the venue (stage, area), the text of the participants' dialogues, artistic and documentary materials, artistic background and background group imagery, lighting, staging plan, and directorial analysis. The quality of the script is one of the key factors for the success of the upcoming event. Keywords: Performance, celebration, script, director, playwright, venue, stage, composition, scriptwriting. Estrada va ommaviy tomoshalar dramaturgiyasining asosini ssenariy tashkil etadi. Ssenariy – deb yozadi bayramshunos olim U.Qoraboev – italyancha so‘z bo‘lib, asarning sxemasi, plani degan tushunchani bildiradi.[1] Dramaturg, soha pedagogi Haydar Muhammad “ssenariy” tushunchasiga quyidagicha ta’rif beradi: “Ssenariynavislik – yozuvchilikdir. Ssenariy - italyancha so‘z bo‘lib, kinoda, televidenieda, teatrlarda qo‘yiladigan pesalar ommaviy 42 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025 tomoshalar dasturi, rejasi, syujet va sxemasi, kirish payti, chiqish vaziyatidir. Ssenariynavislik - “Ssenariy” so‘ziga forscha “Navisanda” - yozuvchi, adib ma’nosidan “navis” olinib, “Ssenariynavis” atamasi yaratilgan va joriy qilingan”.[2] Ssenariy tabiati bo‘yicha bir qancha turlarga bo‘linadi: Kino ssenariy: badiiy filmlar ssenariysi; hujjatli filmlar ssenariysi; ilmiy-ommabop filmlar ssenariysi; qo‘g‘irchoq va multifilmlar ssenariysi. Televizion ssenariylar: adabiy-badiiy ko‘rsatuvlar ssenariysi; publitsistik – axborot ko‘rsatuvlar ssenariysi; ma’naviy- ma’rifiy ko‘rsatuvlar ssenariysi; ijtimoiy-siyosiy ko‘rsatuvlar ssenariysi; o‘yin-ko‘ngil ochar ko‘rsatuvlar ssenariysi; televizion filmlar ssenariysi; musiqiy ko‘rsatuvlar ssenariysi va h.k. Radioeshittirishlar ssenariysi: ijtimoiy-siyosiy eshittirishlar ssenariysi;, adabiy - badiiy eshittirishlar ssenariysi; publitsistik-axborot eshittirishlari ssenariysi; musiqiy eshittirishlar ssenariysi; ma’naviy – ma’rifiy eshittirishlar ssenariysi; o‘yin-ko‘ngil ochar eshittirishlar ssenariysi va h.k. Sirk tomoshalari ssenariysi: Estrada vaommaviy tomoshalar ssenariysi: Estrada va ommaviy tomoshalar ssenariysi - sintetik asardir. Unda dramaturgiyaning elementlari bo‘lib, ko‘proq epik xarakterdagi (ba’zida lirik – epik) asarlarga yaqinlashib, ko‘proq u yoki bu mashtablilikni, ijtimoiy hodisalarni aks ettiradi. Har bir ssenariyning badiiy darajasi, umumiy dramaturgiyada bo‘lganidek, epizodlarning dramaturgik tugallanganligi, kartinaning obrazli yakunlanganligi, tomoshabinga ta’sir etuvchi emotsional kuchlarning boshidan oxirigacha rivoji, dramaturgiya talablariga javob bera olishi bilan belgilanadi. Shunday bo‘lishiga qaramay, estrada va ommaviy tomoshalar ssenariysi, teatr uchun yozilgan pesadan, badiiy filmga yozilgan ssenariydan farq qiladi. Undagi 43 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025 publitsistik vazifalar, ahamiyatli, ijtimoiy hodisalar aniq qahramonlarning shaxsiy qarama - qarshiliklari orqali emas, balki ijtimoiy ziddiyatlarni epik prinsip bo‘yicha, yaxlit namoyish etiladi.[3] Ssenariy – bu bo‘lg‘usi tadbirni tayyorlash uchun asosiy badiiy manbadir. Ssenariyda tadbirning g‘oyasi, oliy maqsadi, kompozitsion tuzilishi aks ettiriladi. Shuningdek, ssenariyda tadbir o‘tkaziladigan joy (sahna, maydon)ning bezatilishi, qatnashchilar so‘zlarining matnlari, badiiy va hujjatli materiallar, badiiy fon va fon guruhi tasviri, chiroqlar, sahnalashtirish rejasi va rejissyorlik tahlili ham ko‘rsatilib o‘tiladi. Ssenariyning puxta bo‘lishi bo‘lajak tadbirning eng asosiy yutuqlaridan biridir. Ssenariyning bo‘sh yozilishi esa tadbirning mexanik qismlar umumlashmasiga, yagona syujetning buzili
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Estrada va ommaviy tomoshalar dramaturgiyasining asosi bo‘lgan ssenariy haqqida so‘z yuritilgan bo‘lib, ssenariy turlari, ssenariy yozishda nimalarga e’tibor berish kerakligi, montaj usullari atroflicha…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Estrada va ommaviy tomoshalar dramaturgiyasining asosi bo‘lgan ssenariy haqqida so‘z yuritilgan bo‘lib, ssenariy turlari, ssenariy yozishda nimalarga e’tibor berish kerakligi, montaj usullari atroflicha… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Performance, celebration, script, director, playwright, venue, stage, rejissyor, sahna, ssenariynavislik., dramaturg, maydon, bayram, kompozitsiya, Tomosha, ssenariy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026