Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“TEXNOLOGIYA” DARSLARIDA O‘QUVCHILARDA IJODIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI
FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI · Rasulova Maysara Nabiyevna · Tuxtayev Otabek Hakim o‘g‘li (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti)
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026
Аннотация
This article discusses effective ways to form and develop creative thinking skills in students when teaching technology. It also presents suggestions for organizing the lesson process based on modern pedagogical approaches. Key words: technology, student, creative thinking, creativity, practical activities, project work, design fundamentals, STEAM approach. Bugungi kunda ta’lim tizimida asosiy e’tibor o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, muammolarni hal qila olish qobiliyati va ijodiy yondashuvini rivojlantirishga qaratilgan. Ayniqsa, amaliy va muhandislik asoslariga tayangan “Texnologiya” darslari bu borada katta imkoniyatlar yaratadi. Ushbu fanning tabiati ijodkorlik, mustaqil izlanish, amaliy faoliyat orqali o‘quvchini har tomonlama rivojlantirishga xizmat qiladi. Zamonaviy ta’lim jarayoni o‘quvchilarni nafaqat bilim bilan qurollantirish, balki ularning shaxsiy 31 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference salohiyatini ro‘yobga chiqarish, amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish va eng asosiysi ijodiy fikrlashga yo‘naltirishni talab qiladi. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘qitiladigan “Texnologiya” fani o‘quvchilarning ijodiy fikrlashi, muammo yechish ko‘nikmalari va mustaqil faoliyatini shakllantirishda katta hamiyatga ega. Asosiy Qism. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tiladigan “Texnologiya” fani darslari uzoq muddat, ya’ni birinchi sinfdan to oxirgi sinfgacha bo‘lgan davr ichida o‘qitilishi bilan o‘quvchilar faoliyatida va maktab hayotida o‘ziga xos muhim ahamiyatga egadir. Maktabda “Texnologiya” fani darslari uch bosqichda tashkil etilib, ulardan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarni jismoniy tomondan to‘g‘ri rivojlantirish, mehnat olami va kishilari, mehnat qurollari va amallari, asosiy ishlab chiqarish sohalari va kasblar bilan tanishtirish, ish qurollaridan foydalanish, oddiy buyumlarni yasashga oid mehnat ko‘nikmalarini hosil qilish, ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirishdan iborat. Texnologiya fani darslarida o‘quvchilar ishlab chiqarish jarayoni, ishlab chiqarish sohalari, bunda qo‘llaniladigan asbob-uskunalar va mexanizm-mashinalar, ularning turlari va ishlatilishi bilan tanishtiriladi hamda oddiy buyumlarni tayyorlash o‘rgatiladi. “Texnologiya” fani darslari jarayonida turli tabiiy hamda metall va metallmas materiallarga texnologik usullar asosida ishlov berish ishlarini o‘rgatish orqali o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishni yanada kuchaytirish, xalq hunarmandchiligi asoslari, ro‘zg‘orshunoslik, elektrotexnika ishlarini bajarishda kasb-hunarga yo‘llash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash hamda ularni hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirish ko‘zda tutilgan. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Texnologiya” fanini o‘qitishdan asosiy maqsad – o‘quvchilarda texnik-texnologik hamda texnologik jarayon davomida bajariladigan operatsiyalar yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustaqil amaliy faoliyatida qo‘llash, kasb-hunar tanlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat. Ijodiy fikrlash nima va u nima uchun kerak? Ijodiy fikrlash – bu yangicha yondashuv orqali mavjud muammoni hal etish, noodatiy yechimlar topish va yangi g‘oyalarni ilgari surish jarayonidir. Zamonaviy jamiyatda muvaffaqiyatga erishish uchun inson faqat bilimga emas, balki bu bilimlarni kreativ tarzda qo‘llay olish qobiliyatiga ham ega bo‘lishi lozim. Texnologiya fanida quyidagi faoliyat turlari ijodiy fikrlashni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi: 32 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Loyihaviy ishlar: O‘quvchilar o‘z g‘oyalari asosida turli buyumlar, qurilmalar yoki xizmat turlarini ishlab chiqadilar. Bu jarayon kreativ fikrlashni talab qiladi. Dizayn asoslari: Chizma va loyihalarni yaratish orqali o‘quvchi estetik fikrlashni, funksional dizayn asoslarini o‘rganadi. Amaliy mashg‘ulotlar: Qo‘l mehnati bilan shug‘ullanish, asbob- uskunalardan foydalanish orqali o‘quvchi muammoni amalda hal qilishni o‘rganadi. Texnologiya darslarida quyidagi metod va uslublar ijodiy fikrni shakllantirishda samarali bo‘ladi: “Aqliy hujum” usuli: Darsning muayyan bosqichida o‘quvchilardan turli g‘oyalarni tezda ilgari surish so‘raladi. Bu usul orqali noodatiy fikrlash rag‘batlantiriladi. Muammoli vaziyatlar yaratish: O‘quvchiga tayyor javob emas, balki muammoni o‘zi izlab topish uchun topshiriq beriladi. “O‘ylab top – yasab ko‘r – bahola” tamoyili: O‘quvchilar o‘z g‘oyasini loyihalashtiradi, yasaydi va uni sinovdan o‘tkazadi. Bu doimiy tahlil va takomillashtirishga undaydi. STEAM yondashuvi: (Science, Technology, Engineering, Art, Math) — bu yondashuv fanlararo bog‘liqlik orqali ijodkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Texnologiya darslarida san’at va ilm-fan integratsiyasi orqali o‘quvchilarni turli fanlararo bog‘liqlikda ishlashga o‘rgatish ham ijodiy fikrning rivojiga xizmat qiladi. Bu e
Доказательный фрагмент
«This article discusses effective ways to form and develop creative thinking skills in students when teaching technology.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses effective ways to form and develop creative thinking skills in students when teaching technology. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- technology, student, creative thinking, creativity, practical, ijodkorlik, ijodiy fikrlash, amaliy faoliyat, STEAM yondashuvi., o‘quvchi, texnologiya, dizayn asoslari, loyihaviy ishlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026