К содержанию
РецензированоRU2026

TALABALAR XULQ-ATVORIDAGI AGRESSIV XATTI-HARAKATLAR: O‘ZIGA XOSLIGI HAMDA NAMOYON BO‘LISHI

Karamova Mohinur Faxritdin qizi

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2 · 2026

Аннотация

В статье представлена информация об агрессии и ее видах, а также проявлениях агрессии и агрессивного поведения у мальчиков и девочек. В статье также представлены мнения о влиянии агрессивных ситуаций на учебную деятельность студентов. Ключевые слова: агрессия, агрессивное поведение, агрессивный, насилие, травля, поведение, окружающая среда, воспитание подрастающего поколения. Shaxsga doir individual taraqqiyot samarasini hamda shaxslararo munosabatlarni belgilovchi xulq-atvor va xatti-harakatlarning eng muhim xususiyatlaridan biri agressivlikdir. Agressiya – bu odamlar, odamlar guruhiga nisbatan jismoniy va ruhiy zarar yetkazishga qaratilgan individual yoki jamoaviy xatti-harakatlar majmui hisoblanadi. Bugun insoniyat tarixi ishonchli tarzda shuni isbotlamoqdaki, agressiya shaxs va jamiyat hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, agressiya ulkan tortishish kuchi va yuqumlilik xususiyatiga ega – ko‘pchilik o‘zining agressiv ekanini inkor etadi, ammo o‘zining kundalik hayotida esa, uni keng namoyish qiladi. Aynan agressiv xulq-atvor shaxslararo nizolarning vujudga kelishiga va ularni hal etishning asossiz yo‘llari paydo bo‘lishiga olib keladi. Agressiya o‘ziga va boshqalarga jismoniy va ruhiy zarar yetkazishi yoki tabiatdagi noroziliklarga olib kelishi mumkin bo‘lgan bir qator amaliyotlarni nazarda tutadi. Agressiyaning chiqishi turli yo‘llar bilan sodir bo‘lishi mumkin, jumladan, og‘zaki, ratsional va jismoniy. Shuningdek, u shaxsiy mulkka zarar yetkazishni ham o‘z ichiga olishi mumkin. 41 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Ko‘pchilik agressiyaga moyillikni faqat yigitlarga xos xususiyat deb biladi. Aslida unday emas. Agressiyaga moyillik ham yigitlarga, ham qizlarga xos xususiyatdir. Ammo yigit va qiz agressiyasi hamda uning qanday ifodalanishi orasida juda katta farq mavjud. Yigitlar agressiyasi o‘zini ochiq ifoda qiladi. Yigitlar agressiyasi o‘zi uchun ko‘proq jismoniy kuch ishlatish shaklini tanlab oladi. Qizlar agressiyasi esa ochiq ifodalanmaydi. Ular orqavorotdan, asta, bilintirmay, zimdan harakat qiladi. Ularni “Sen shu ishni qilding” deb ushlab olish juda qiyin kechadi, chunki qizlar ko‘proq psixologik agressiyani tanlashadi va ishlatishadi. O‘z opponentini psixologik ezish, uni tahqirlash, unga bepisand munosabatda bo‘lish qizlar agressiyasining shakllari hisoblanadi. Yigitlar agressiyasi darrov o‘zini namoyon etadi. Urish, jismoniy tazyiq, turtish, bir tushurish, bo‘g‘ish, jismoniy harakatlarni cheklash, do‘q qilish, shantaj – bular yigitlar ko‘proq qo‘llaydigan agressiya turlari hisoblanadi. Qizlar agressiyasi keskin ish tutmaydi, asta, zimdan ish tutadi. Ko‘pchilik hollarda qizlar agressiyasi oiladagi a’zolarga nisbatan qo‘llaniladi. Birovni kamsitish, ruhiy ezish, o‘z kayfiyatini birovni ezish oqibatida normallashtirish, “kulib turib, jonini olish” qizlar agressiyasi hisoblanadi. Qizlar urmasdan turib, boshqa insonni juda katta ruhiy tanglik holatiga olib kirib qo‘yishi mumkin. Bir qaraganda yigitlar agressiyasi ochiq namoyon bo‘lganligi uchun bezarardek ko‘rinadi. Aslida har ikki tur agressiya ham juda yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Yigitlar agressiv munosabati oqibatida opponent tomon qattiq jismoniy jarohat olishi mumkinligi ayon. Qizlar agressiyasining keng tarqalgan oqibatlaridan biri, bu – depressiyadir. Depressiyaning oqibatlari ham insonga juda katta tashvishlar olib keladi. Depressiya holatiga chuqur kirib ketgan odam ko‘p hollarda o‘z joniga suyiqasd qilishi mumkin. Agressivlikka moyillikning oldini olish ta’lim va tarbiya, insoniy qadriyatlar, diniy e’tiqod tizimida yotadi. Inson o‘zida agressiyaga moyillikni sezsa, unga qarshi o‘zini to‘g‘ri shakllantira borishi lozim. Agressiya, u yo‘naltirilgan odamning ham, uni ishlatayotgan, agressiyani qo‘llayotgan odamning ham salomatligiga juda katta putur yetkazadi. “Agressiya” tushunchasiga izoh berish qator qiyinchiliklarni tug‘diradi, chunki bu atama ko‘plab xatti-harakat shakllarini ifodalaydi. Odamlar biron kimsani agressiv shaxs sifatida tavsiflaganlarida, uni boshqalarni haqorat qiluvchi yoki badfeʼl, barcha narsani o‘zi istaganidek qilishni istaydigan yoki o‘z g‘oyalarini qatʼiy himoya qiladigan, yechimi yo‘q muammolar girdobiga o‘zini giriftor qila- digan inson kabi taʼriflarni keltirishlari mumkin. 42 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Insonning agressiv xatti-harakatlarga moyilligini turlicha tushuntirishga qaratilgan dastlabki nuqtai nazarlar ichida U.Makdaugoll, Z.Freyd, G.Marrey va boshqa olimlarning «inson va hayvonlarda agressiyaning tug‘ma instinkti mavjud bo‘ladi», degan qarashlaridir. Agressiv xulq-atvor haqidagi fikr-mulohazalar XX asrning boshlarida frustratsiya nazariyasi bilan bog‘liq ravishda yuzaga keldi. Unga ko‘ra, agressivlik frustratsiyaning oqibatidir. Bunday qarashni birinchi bo‘lib J. Dollard ilgari surdi. Ammo, ushbu ikki xil nuqtai nazar ham a

Доказательный фрагмент

«В статье представлена информация об агрессии и ее видах, а также проявлениях агрессии и агрессивного поведения у мальчиков и девочек.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье представлена информация об агрессии и ее видах, а также проявлениях агрессии и агрессивного поведения у мальчиков и девочек. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
агрессия, агрессивное поведение, агрессивный, tazyiq, zo‘ravonlik, xulq-atvor, agressiya, yosh avlod tarbiyasi., tajovuzkor, agressiv xatti-harakatlar, muhit
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники