Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FASILITATSIYA-PEDAGOGIK FAOLIYATNING SHART-SHAROITLARI SIFATIDA.
FASILITATSIYA-PEDAGOGIK FAOLIYATNING SHART- · SHAROITLARI SIFATIDA. · Eshmatova Go‘zaloy Ziyoyidin qizi · Umarova Mubina Ziyoyidin qizi
Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2019
Аннотация
Pedagog fasilitator sifatida bolalarga ta’lim va tarbiya berishda o‘z bilimi, ko‘nikma va resurslaridan foydalanadi. Pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini rejalashtiradi, bolaning har tomonlama rivojlanishiga va uning salohiyatini ochishga hissa qo‘shadigan rivojlantiruvchi muhitni yarata olishi kerak. Kalit so’zlar: fasilitatsiya, ta’lim, tarbiya, xulq-atvor, yo’nalish, rivojlantirish. O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 16 dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘RQ-595-son Qonunining 36-moddasi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilariga bag‘ishlangan bo‘lib, unga ko‘ra “Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari quyidagilardan iborat: maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bola; bolaning qonuniy vakillari; pedagog xodimlar”. Ushbu qonunda “bolalarni Vatanga muhabbat, mehnatga, o‘z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga, shuningdek umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalashi; oilada bolaning har tomonlama rivojlanishi, ta’lim va tarbiya olishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashi shart”ligi belgilab qo‘yilgan. Takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturini amalga oshiruvchi pedagog bolaning shaxsiga hurmat ko‘rsatadi va ta’lim va tarbiya jarayonini dastur tamoyillariga muvofiq tashkil qiladi. Pedagog fasilitator sifatida bolalarga ta’lim va tarbiya berishda o‘z bilimi, ko‘nikma va resurslaridan foydalanadi. Pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini rejalashtiradi, bolaning har tomonlama rivojlanishiga va uning salohiyatini ochishga hissa qo‘shadigan rivojlantiruvchi muhitni yaratadi. Buning uchun pedagog bolaning rivojlanish xususiyatlarini biladi, uning his-tuyg‘ularini tushunadi, har bir bolaning ehtiyojlari va qiziqishlarini aniqlaydi va hisobga oladi. Fasilitatsiya masalasini pedagogik faoliyatda o‘rganishni 20-asrning 50- yillarida K.Rodjers boshlagan. Uchrab kelgan asosiy g‘oyalar chet elda ta’lim- tarbiyani gumanizatsiya qilish asosida ishlatilgan. O‘z asarlarida K.Rodjers MTT tarbiyachisining shaxsiyati, uning faoliyati, muloqoti va ta’lim-tarbiyani 153 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference fasilitatsiya qilish qobiliyati haqida o‘rgangan. K.Rodjersning ta’lim-tarbiyani fasilitatsiya qilish haqidagi ta’rifi shunday edi: “Bu jarayon orqali biz o‘rgatishning o‘zini o‘rganishimiz va maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisining rivojlanishiga yordam berishimiz mumkin”. Zamonaviy dunyoning xususiyatlari, ilmiy bilimlarning o‘zgarish tezligi buni ta’kidlaydi: ta’lim-tarbiyaning asosiy maqsadi faqat bilimlar va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish bo‘lishi mumkin emas. Bugungi kunda ta’lim-tarbiyaning asosiy maqsadi o‘rganishni o‘rganishdir. Tez rivojlanayotgan dunyoda, bilimning o‘zi emas, balki uni qanday olishni bilish muhimdir. K.Rodjersga ko‘ra, XX asrning o‘rtalaridan oldingi ta’lim-tarbiya berish usullari hozirgi kunda ma’no kasb etmaydi. Zamonaviy dunyo tezkor o‘zgarishlar bilan tavsiflanadi: hozirgi kunda o‘qitilayotgan fizikadan tortib kimyo, genetika, sotsiologiya, pedagogika psixologiyagacha bo‘lgan fanlar bir necha yil ichida eskiradi . K. Rodjersga ko‘ra, bunday sharoitlarda faqatgina o‘rganishni o‘rgatish orqali hayotda omon qolish mumkin. “Yordam beruvchi ta’lim-tarbiya turi (ya’ni, fasilitatsiyalovchi) o‘zgarmoqda bo‘lgan jarayonda ishtirok etish, yangi javoblarni topish va yuksak savollarni yechish imkoniyatini beradi”. Bunday o‘rganish, tarbiyachi mahoratiga, bilimlariga, o‘quv dasturini tuzish qobiliyatiga asoslanmaydi, aksincha, yordam beruvchi ta’lim-tarbiyaning asosiy tayanchi maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisi bilan MTT tarbiyachisi o‘rtasidagi shaxsiy munosabatlardagi psixologik xususiyatlardir [98]. K.Rodjers aynan ushbu masalalarga alohida e'tibor bergan. Ta’lim-tarbiya jarayonini ko‘rib chiqayotganda, K.Rodjers MTT tarbiyachisining ishini psixoterapevtning ishiga qiyoslaydi. Psixoterapevt insonni tarbiyalamaydi, balki unga o‘zida mavjud bo‘lgan ijobiy jihatlarni topishga yordam beradi. K.Rodjersning o‘zi o‘qitishda psixoterapiya usullarining eng muhim xususiyatlarini aks ettirgan. K.Rodjersga ko‘ra, MTT tarbiyachisi psixoterapevt kabi, maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisining sifatlarini his qilish, uni to‘liq qabul qilish va uning qanday inson ekanligini, uning xohishlari va rivojlanish potentsialini tushunishga harakat qilishi muhim. Maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisiga bo‘lgan shartsiz ijobiy munosabat, uning muvaffaqiyatlari uchun quvonch, uning xavotirlarini kamaytirishga va shaxsiy rivojlanishiga yordam beradi. Bundan tashqari, MTT tarbiyachisi o‘zini haqiqatda bo‘lishi, o‘z his-tuyg‘ularini, maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisiga bo‘lgan munosabatini ifodalashni bilishi kerak . 154 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Bunday tarbiyachi sinfda har bir maktabgacha ta’lim tarbiyalanu
Доказательный фрагмент
«Pedagog fasilitator sifatida bolalarga ta’lim va tarbiya berishda o‘z bilimi, ko‘nikma va resurslaridan foydalanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюPedagog fasilitator sifatida bolalarga ta’lim va tarbiya berishda o‘z bilimi, ko‘nikma va resurslaridan foydalanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarbiya, ta’lim, fasilitatsiya, xulq-atvor, yo’nalish, rivojlantirish.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026