К содержанию
РецензированоUZ2026

ODDIY IGIR (ACORUS CALAMUS L.)NINNG KIMYOVIY TARKIBI VA DORIVOR XUSUSIYATLARI

EDUCATION SYSTEM · DORIVOR XUSUSIYATLARI · Tolliboyeva Setora · Iskandarova Sayyora (Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti talabasi)

Наука и инновации в системе образования · 539 · 58-60 · 2026

Аннотация

Dorivor oʻsimliklar -inson va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish uchun, shuningdek, oziq-ovqat, atir-upa va kosmetika sanoatida ishlatiladigan oʻsimliklar —giyohlar. Yer yuzida dorivor oʻsimliklarning 10—12 ming turi borligi aniqlangan. 1000 dan ortiq oʻsimlik turining kimyoviy, farmakologik va xossalari tekshirilgan. Kalit so‘zlar. Dorivor oʻsimliklar, oddiy igir (Acorus calamus L.), efir moylari, tik o'suvchi, achchiq akorin glikozidi, oshlovchi moddalar, smola, kraxmal. Oʻzbekistonda dorivor oʻsimliklarning 700 dan ortiq turi mavjud. Shulardan tabiiy sharoitda oʻsadigan va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin oʻsimlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi. Hozirgi davrda tibbiyotda qoʻllanadigan dori-darmonlarning qariyb 40−47% oʻsimlik xom ashyolaridan olinadi. Oʻsimliklar murakkab tuzilishiga ega boʻlgan jonli tabiiy kimyoviy laboratoriya boʻlib, oddiy noorganik moddalardan murakkab organik moddalar yoki birikmalarni yaratish qobiliyatiga ega. Dorivor oʻsimliklarning quritilgan oʻti, kurtagi, ildizi, ildizpoyasi, tuganagi, piyozi, poʻstlogʻi, bargi, guli, gʻunchasi, mevasi (urugʻi), danagi, sharbati, qiyomi, toshchoyi, efir moylari va boshqalardan doridarmon tarzida foydalaniladi. Oddiy igir (Acorus calamus L.) - kuchaladoshlar – Agasеaе oilasiga mansub ko‘p yillik bir pallali o‘t o‘similik hisoblanadi. Ildizpoyasining yuqori tomonidan barg to‘plamlari o‘sib chiqqan bo‘ladi. Bargi qilichsimon bo‘lib uzunligi 120 sm, tеkis qirrali va parallеl tomirlangan. Poyasi yashil rangli, tik o‘suvchi, shoxlanmagan, uch qirrali, bargsizdir. Poyada 2 jinsli, so‘tacha to‘plangan sariq gullar bo‘ladi. So‘ta konussimon bo‘lib, uzunligi 4-12 sm. Gul toplami - so‘ta, yonidan 50 sm uzunlikda o‘rovchi (qinli) barg chiqadi. Gul qo‘rg‘oni ko‘rimsiz, oddiy, olti bargli, otaligi 6 ta, onalik tuguni 3 xonali, yuqoriga joylashgan. Mеvasi - cho‘zinchoq, ko‘p urug‘li, qizil xo‘l mеva ildiz poya hidlidir. Poyasi (gul o'qi) yashil, tik o'suvchi, shoxlanmagan, uch qirrali, bargsiz, bir tomoni tarnovsimon, ikkinchi tomoni esa o'tkir qirrali. Poyada ikki jinsli, so'taga to'plangan sariq gullar bo'ladi. So'ta silindrsimon — konusga o'xshash bo'lib, 82 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference uzunligi 4—12 sm. Gul to'plami — so'ta yonidan 50 sm uzunlikda o'rovli (qinli) barg chiqadi. Gulqo'rg'oni ko'rimsiz, oddiy, olti bargli, otaligi 6 ta, onalik tuguni uch xonali, yuqorida joylashgan. Mevasi — cho'zinchoq, ko'p urug'li, qizil ho'l meva. Ildizpoya va bargi hidli, mayda ildizlari hidsiz. May oyi oxiridan boshlab iyulgacha gullaydi. Daryo, ko'l va hovuz bo'ylarida, ko'lmaklarda, botqoqlik, o'tloqlarda va botqoq atroflarida o'sadi. Moldova, Ukraina, Belorus, Boltiq bo'yi mamlakatlari, Rossiya-ning Yevropa qismining janubida, Qozog'istonda, Sibir, Yakutiya, Uzoq Sharqda, qisman Kavkaz va O'rta Osiyo (O'zbekistonning Xorazm va Samarqand viloyatlari)da uchraydi. Mahsulot, asosan, Belorus va Ukrainada tayyorlanadi, lekin Qozog'iston va Amur daryosining o'rta oqimida yig'ish mumkin. Oddiy igir O‘zbekistonning Samarqand viloyati hududida tarqalgan. U turg‘un va sekin oqadigan suvlarda, allyuvial (yirik daryo suvidan taʼminlanib turuvchi grunt suvlari yaqin boʻlgan qayirlarda, quyi daryo terassalarida va hozirgi deltalarda shakllangan) tuproqlar, daryolar qirg‘oqlarida, irmoqlarda, ko‘l va daryolar va botqoqlashgan qismlarda ko‘proq o‘sadi (1-rasm). 1-rasm. Oddiy igir Kimyoviy tarkibi. Igir ildizpoyasi tarkibida 5% gacha efir moyi, achchiq akorin glikozidi, oshlovchi moddalar, smola va 25,5% gacha kraxmal bo'ladi. Igir bargi tarkibida efir moyi, 150 mg% gacha vitamin C va oshlovchi moddalar bor. Ishlatilishi. Igir preparatlari achchiq xushbo'y dori sifatida ishtaha ochish va ovqat hazm qiiish jarayonini yaxshilashda yordam beradi. Buyrak, jigar, o't pufagi kasalliklarini davolashda ham qo'lla-nilgan. Igir ildizpoyasi parfumeriya va oziq-ovqat (likor tayyorlashda) sanoatida ham ishlatiladi. Dorivor preparatlari — qaynatma. Ildizpoya achchiq nastoyka, achchiq rovoch nastoykasi va me'da kasalliklarida hamda ishtaha ochish uchun 83 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference ishiatiladigan yig'ma choylar tarkibiga kiradi. Igir ildizpoyasining efir moyi buyrak va o't yo'lari tosh kasalligini davolashda hamda uning oldini olishda ishlatiladigan ,,O1imetin" preparati, ildizpoya kukuni — me'da va o'n ikki barmoq ichak yara kasalligida ishlatiladigan ,,Vikalin" va ,,Vikair" preparatlari tarkibiga kiradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Mahammadiyev, J. N., Raxmonov, V. N., Amonov, B. S., Abduqahhorov, J. M., & Maxammadiyev, M. N. (2021). MICROCAPSULATION COATING MATERIALS AND ITS APPLICATION IN FOOD TECHNOLOGY. In Archive of Conferences (pp. 58-60). 2. Рахмонов, В. Н. (2023). МАИШИЙ ВА САНОАТ ОҚОВА СУВЛАРИНИ БИОЛОГИК ТОЗАЛАШДА КАРОЛИНА АЗОЛЛАСИ (AZOLLA CAROLINIANA WILLD.) ВА КИЧИК РЯСКА (LEMNA MINOR L.) ЎСИМЛИКЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШ. Academic r

Доказательный фрагмент

«Dorivor oʻsimliklar -inson va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish uchun, shuningdek, oziq-ovqat, atir-upa va kosmetika sanoatida ishlatiladigan oʻsimliklar —giyohlar.»

Образец извлечения

Демо-превью

Dorivor oʻsimliklar -inson va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish uchun, shuningdek, oziq-ovqat, atir-upa va kosmetika sanoatida ishlatiladigan oʻsimliklar —giyohlar. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kraxmal., smola, Dorivor oʻsimliklar, achchiq akorin glikozidi, oddiy igir (Acorus calamus L.), efir moylari, tik o'suvchi, oshlovchi moddalar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники