К содержанию
РецензированоUZ2026

JAMIYAT MA’NAVIY XAVFSIZLIGI: AXBOROT XAVFSIZLIGI MASALALARI

Musinov Najmiddin

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

The article focuses on the threats to the moral security of society, measures to prevent them, relevant legislation, and modern research in this field. Keywords: Information, disinformation, globalization, moral security of society, cyberspace, cyberattack, value, security. Globalizatsiya jarayonlari axborot maydonining keskin kengayishiga olib keldi. Zamonaviy axborot texnologiyalarining tez rivojlanishi jamiyat rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish bilan birga, ma’naviy xavfsizlikka bo‘lgan tahdidlarni ham orttirdi. Dunyodagi axborotlashuv jarayonlarini tahlil qilganda, ayrim mamlakatlar va mintaqalarning boshqa, rivojlangan mamlakatlarga nisbatan himoyasiz ekanligini sezmaslik mumkin emas[1]. Jamiyatning ma’naviy-axloqiy qadriyatlarini himoya qilish, axborot xurujlari, dezinformatsiya va madaniyatsizlikning oldini olish zamonaviy davrda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada jamiyat ma’naviy xavfsizligi kontekstida axborot xavfsizligi masalalari tahlil qilinadi. Jamiyat ma’naviy xavfsizligi tushunchasini aniqroq tushunish uchun, avvalo ma’naviy xavfsizlikni anglab olishimiz kerak. Ma’naviy xavfsizlik – bu jamiyatning axloqiy qadriyatlari, milliy o‘zlikni anglash, madaniy va diniy an’analarini himoya qilish holatidir. Ushbu xavfsizlikni ta’minlashda davlat, fuqarolik jamiyati institutlari va har bir fuqaro muhim rol o‘ynaydi. Ma’naviy qadriyatlar zaiflashishi natijasida ijtimoiy integratsiya pasayadi, milliy va madaniy birdamlik zaiflashadi. Axborotni qabul qilish qobiliyati odam tabiatiga xos. Shunday xulosa kelib chiqadiki, odamlarga ko’rsatiladigan ijtimoiy, axborot-psixologik ta’sir turlicha - g’oyat ijobiydan keskin salbiygacha bo’lishi mumkin. «Axborot tahdidi, jamiyat axborot sohasining faoliyatiga xavf tug’dirayotgan jami omillar va omillar guruhlari”[2]. 48 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Muhokama va natijalar. Mediamadaniyat va media ta’lim muammolari YuNESKOning xalqaro konferentsiyalarida (Parij, 1997, Vena, 1999), San-Paulodagi konferentsiya va sammitda (1998), Yevropa Kengashi eshituvlarida (Strasburg, 2002) muhokama mavzusi bo’ldi. Umuman, chet ellik olimlarning aksariyati zo’ravonlik ko’rinishlari nazoratsiz oqimining yoshlarga salbiy ta’sirini baholashda yakdildirlar va bu sohada puxta o’ylangan yagona davlat siyosati yaratilishini qo’llab-quvvatlaydilar. Mediazo’ravonlikning taniqli tadqiqotchisi, pedagogika fanlari doktori, Rossiya kino ta’limi va media pedagogikasi Uyushmasi prezidenti A.V.Fedorov OAV materiallarida mavjud zo’ravonlik ko’rinishlarining yoshlar va bolalar auditoriyasiga salbiy ta’siri oshishining o’ziga xos xususiyatlariga ishora qiladi. Shubhasizki, deb ta’kidlaydi u, masalan, zo’ravonlik sahnasi bo’lgan kompyuter o’yinlarining ta’sirini uzil-kesil faqat xarakterda salbiy xususiyatlarni shakllantiruvchi sifatida baholab bo’lmaydi. O’yin o’ynash va hayotda zo’ravonlik qilish – bir qarashda boshqa-boshqa narsalar. Biroq shu bilan bir paytda zo’ravonlik jarayoniga interfaol ravishda daxldor bo’lish unga albatta ko’nikib qolishga, birovning dardiga sherik bo’lish, o’zgaga achinish tuyg’usi o’tmaslashuviga olib keladi. Zero, virtual olamda insonni to’pponchadan yoki avtomatdan otib tashlash, granata bilan portlatish, elektr arra bilan bo’laklab, bomba yordamida parcha-parcha qilib tashlash hech gap emas. O’tgan asrning 90-yillari marrasida ijtimoiy-madaniy vaziyatning keskin o’zgarishi gumanitar fanlarda shunchalik ko’p “oq dog’lar”ni oshkor qildiki, deb qayd qiladi tadqiqotchi, audiovideo axborotiga nisbatan bola huquqi muammosi ham ilmiy jamoatchilikning e’tibor doirasidan chetda qoldi. Faqat keyingi yillardagina o’sib kelayotgan yosh avlodga ekran zo’ravonligidek favqulodda hodisaning ta’sirini muayyan darajada o’rganishga harakat qilgan rossiyalik olimlar tadqiqotlarining natijalari e’lon qilina boshladi[3]. Tarafdorlarini ko’proq rivojlanayotgan mamlakatlar tashkil etadigan - yangi umumjahon axborot tartibi (1976 y.) konseptsiyasining ma’nosi har qaysi alohida jamiyatning ichki axborot bozoriga xalqaro axborot oqimlari kirishini nazorat qilish zarurligidan iborat. Bu tartibning maqsadi - milliy an’analarni va madaniyatni rivojlangan mamlakatlarning axborot xurujidan saqlashdir[4]. Dunyoning yetakchi ilmiy markazlari va ilmiy tadqiqot institutlarida yoshlarda innovatsion tafakkurni shakllantirish, intelektual faoliyatni qaror toptirish, ilmiy-texnik, kreativ, tanqidiy tafakkurning rivojlantirish masalalarini tahlil etishga qiziqish keskin kuchaydi. Mazkur yo‘nalishda, ayniqsa, yoshlik 49 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference davrida tafakkurini rivojlantirishning ustuvor usullari va shart-sharoitlarini ifodalovchi mexanizmlarni aniqlash hamda joriy etish muammosiga katta e’tibor qaratilmoqda[5]. Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqib, axborot xavfsizligining ma’naviy xavfsizlikka ta’sirini yanada kengroq o’rganishga harakat qilamiz. Axborot xavfsizligi – bu axborotni himoya qilish, no

Доказательный фрагмент

«The article focuses on the threats to the moral security of society, measures to prevent them, relevant legislation, and modern research in this field.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article focuses on the threats to the moral security of society, measures to prevent them, relevant legislation, and modern research in this field. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Information, disinformation, globalization, moral security of, kiber makon, globallashuv, dezinformatsiya, kiber xujum, jamiyat ma’naviy xavfsizligi, xavfsizlik., Axborot, qadriyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники