К содержанию
РецензированоUZ2026

NOGIRONLIGI BOR SHAXSLAR BILAN ISHLASHDA AXLOQIY ME’YORLARNING

Madaminova Kamola Sirojiddin qizi

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada nogironligi bor shaxslar bilan ishlashda axloqiy me’yorlarning ahamiyati tahlil qilinadi. Axloqiy tamoyillar nogironligi bor shaxslarning huquqlarini hurmat qilish, kamsitishning oldini olish va jamiyatga integratsiyasini ta’minlashga xizmat qiladi. Tadqiqot davomida xalqaro va milliy qonunchilik, falsafiy va ijtimoiy yondashuvlar hamda ijtimoiy ish xodimining bu jarayondagi roli yoritiladi. Shuningdek, nogironligi bor shaxslarga nisbatan hurmat, adolat, mustaqillik va inklyuzivlik tamoyillari muhokama qilinadi. Kalit so‘zlar: Nogironligi bor shaxslar, axloqiy me’yorlar, huquqiy asoslar, ijtimoiy ish, diskriminatsiya, inklyuzivlik, inson huquqlari, adolat, mustaqillik, identifikatsiya, jamiyatga integratsiya. Jamiyat taraqqiyotining muhim ko‘rsatkichlaridan biri inson huquqlarining hurmat qilinishi va barcha fuqarolar uchun teng imkoniyatlarning yaratilishidir. Nogironligi bor shaxslar jamiyatning ajralmas qismi bo‘lib, ularning huquqlarini ta’minlash nafaqat huquqiy, balki axloqiy majburiyat hamdir. Axloqiy me’yorlar nogironligi bor shaxslarga inson sifatida to‘laqonli yondashish, ularni kamsitishdan saqlanish va teng huquqli sharoit yaratish tamoyillarini o‘z ichiga oladi. Bu masala xalqaro va milliy qonunchilikda mustahkamlangan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi nogironligi bor insonlarning jamiyatda teng imkoniyatlarga ega bo‘lishini ta’minlashni talab qiladi. Ushbu maqola nogironligi bor shaxslar bilan ishlashda axloqiy me’yorlarning ahamiyati, ularning huquqiy asoslari va ijtimoiy ish xodimining burchlarini yoritishga qaratiladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 57-moddasida jamiyatda har bir inson, jumladan, nogironligi bor shaxslar ham davlat himoyasida bo‘lishi ta’kidlangan. "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi Qonun nogironligi bor shaxslarning qadr-qimmati va huquqlarini hurmat qilishni ta’minlashga qaratilgan. Ushbu qonunga ko‘ra, nogironligi bor shaxslarning jamiyatdagi faoliyati cheklanmasligi va ular bilan inson qadr-qimmati asosida muomala qilinishi kerak. 142 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Biroq, huquqiy kafolatlarning o‘zi yetarli emas, balki ijtimoiy munosabatlarni inklyuziv va axloqiy asosda shakllantirish ham muhimdir. Shuning uchun ijtimoiy ish xodimlari va jamiyatning barcha qatlamlari nogironligi bor shaxslarning huquqlarini ta’minlashda axloqiy tamoyillarga amal qilishi lozim. Nogironligi bor shaxslar bilan munosabatda quyidagi etik qoidalar muhim o‘rin tutadi. Hurmat va tenglik – nogironligi bor shaxslarni mustaqil va jamiyatning teng huquqli a’zosi sifatida qabul qilish. Immanuil Kantning deontologik etikasi bo‘yicha inson hech qachon vosita sifatida ko‘rilmasligi kerak. Nogironligi bor shaxslar ham jamiyatning to‘laqonli a’zolari sifatida e’tirof etilishi lozim. BMT Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi ham bu tamoyilni tasdiqlaydi. Misol uchun, O‘zbekistonda davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida nogironligi bor shaxslarga qulay muhit yaratish masalasi ko‘tarilgan. "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi Qonunning 3-moddasida nogironligi bor shaxslarga nisbatan hurmat va kamsitishning oldini olish majburiyati belgilangan. Mehribonlik va g‘amxo‘rlik – nogironligi bor shaxslarning hissiy va jismoniy ehtiyojlarini inobatga olish. Adolat va inklyuziya – nogironligi bor shaxslarning ijtimoiy hayotda to‘laqonli ishtirok etishini ta’minlash. Jon Rolsning adolat nazariyasi bo‘yicha jamiyat adolatlilik tamoyillari asosida tashkil etilishi kerak. Michel Foucault esa jamiyatning nogironligi bor insonlarga nisbatan haddan tashqari homiylik qilishini tanqid qilib, ularning mustaqil qaror qabul qilish huquqini hurmat qilish lozimligini aytgan. Nogironligi bor shaxslarga adolatli munosabatda bo‘lish quyidagilarni talab qiladi: jamoat joylari, ta’lim va ish sharoitlari nogironligi bor shaxslar uchun moslashtirilishi kerak. Ishga joylashish jarayonida teng imkoniyatlar yaratilishi muhim. Ta’lim tizimi inklyuziv bo‘lishi kerak . Shaxsiylik va mustaqillikni qo‘llab-quvvatlash – nogironligi bor shaxslarga haddan tashqari himoyachilik qilmasdan, ularning mustaqilligini oshirish va nogironligi bor shaxslarning mustaqilligini qo‘llab-quvvatlash zarur. Michel Foucault ta’kidlaganidek, haddan tashqari nazorat va himoyalash ularning ijtimoiy faolligini cheklaydi. Shu sababli, nogironligi bor shaxslarga o‘zini boshqarish imkoniyatlari berilishi lozim. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi Qonuni 18-moddasiga ko‘ra, davlat nogironligi bor shaxslarning mustaqil yashashini qo‘llab- quvvatlashi shart. 143 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference To‘g‘ri muloqot va axloqiy nutq me’yorlariga amal qilish ham nogironligi bor shaxslar bilan ishlashda muhim hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining “Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada nogironligi bor shaxslar bilan ishlashda axloqiy me’yorlarning ahamiyati tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada nogironligi bor shaxslar bilan ishlashda axloqiy me’yorlarning ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
jamiyatga integratsiya., diskriminatsiya, inklyuzivlik, Nogironligi bor shaxslar, identifikatsiya, axloqiy me’yorlar, huquqiy asoslar, adolat, mustaqillik, inson huquqlari, ijtimoiy ish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники