К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA EKOLOGIK ETIKA(AXLOQ) TUYG’USINI SHAKLLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI

Suyunova Matluba Abdusaidovna

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ilmiy maqola maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiatga nisbatan axloqiy sifatlarni shakllantirish bilan bog'liq jihatlarni tahlil qilishga bag'ishlangan. Maqolada maktabgacha yosh davrida tabiatga nisbatan ongli xulq-atvorni rivojlantirishning asosiy jihatlar ko'rib chiqiladi. Tadqiqot zamonaviy adabiyotlar va empirik ma'lumotlarni ko'rib chiqish, shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagogik amaliyotni joriy etish tajribasiga asoslangan. Muallif maktabgacha ta’lim muassasalarida ekologiya fanini o‘qitishning samarali metodlari yo‘qligi, o‘qituvchilarning ekologik dunyoqarashni shakllantirishga yetarlicha e’tibor bermayotgani, shuningdek, yosh bolalarning ekologiya bo‘yicha o‘quv resurslaridan foydalanish imkoniyati cheklanganligi kabi asosiy muammolarni ko‘rsatadi. Maqolada vaziyatni yaxshilash, jumladan, interfaol o'qitish usullaridan foydalanish, maktabgacha ta'lim muassasalarida ekologik yo'naltirilgan dasturlarni joriy etish, ekologik ta'lim sohasidagi o'qituvchilarning kasbiy malakasini oshirish bo'yicha tavsiyalar berilgan. Tadqiqot bolalarni atrof-muhitga mas'uliyatli boshqaruvchi bo'lishga tayyorlash uchun juda erta yoshda ekologik tafakkurni shakllantirishga yanada tizimli va o'ylangan yondashuvni talab qiladi. Kalit so‘zlar: ekologik etika ,tabiat, resurs, maktabgacha yoshdagi bolalar , ekologik ta'lim , pedagogik amaliyot , atrof-muhit , erta bolalik , ekologik ta'lim , pedagogik kompetentsiya , interfaol o'qitish usullari . Резюме. Научная статья посвящена анализу аспектов, связанных с формированием у дошкольников нравственных качеств по отношению к природе. В статье рассматриваются основные аспекты развития осознанного поведения по отношению к природе в дошкольном возрасте. Исследование основано на анализе современной литературы и эмпирических данных, а также на опыте внедрения педагогической практики в дошкольные образовательные организации. Автор указывает на такие основные проблемы, как отсутствие эффективных методов преподавания экологических дисциплин в дошкольных учреждениях, недостаточное внимание педагогов к формированию экологического мировоззрения, а также ограниченный доступ маленьких детей к образовательным ресурсам по экологии. В статье даны рекомендации по улучшению ситуации, в том числе по использованию интерактивных методов обучения, внедрению экологически ориентированных программ в ДОУ, повышению профессиональной квалификации педагогов в области экологического образования. Исследование требует более систематического и вдумчивого подхода к формированию экологического мышления в очень раннем возрасте, чтобы подготовить детей к тому, чтобы они стали ответственными экологическими менеджерами. Ключевые слова и понятия: экологическая этика, природа, ресурс, дошкольники, экологическое образование, педагогическая практика, окружающая среда, раннее 146 детство, экологическое образование, педагогическая компетентность, интерактивные методы обучения. Kelajak avlodni zamonamizning yetuk kishilari qilib tarbiyalash hayotimiz, davrimizning shu kungi eng dolzarb masalalaridan biridir. Bu borada bolalarni ekologik bilimlar bilan tanishtirish muhim rol o'ynaydi. Bizni o’rab turgan tabiat - bitmas tuganmas xazina. Uning jonli va jonsiz tabiati, turli-tuman o‘simliklar dunyosi, hayvonot olami yosh qalbning to‘g‘ri о‘sib, shakllanishida, tabiatda bo‘ladigan voqea- hodisalaming sir-asrorini o‘rganib voyaga yetishida katta manba bo‘lib xizmat qiladi. Maktabgacha yoshda bola qiziquvchan bo‘ladi. U atrofidagi, MTT hovlisidagi rang - barang gullarni, sharqirab oqayotgan suvlarni, guldan-gulga qo‘nib uchayotgan kapalaklarni, betinim sayrayotgan qushlarni ko‘rib quvnaydi, yayraydi. Bola tafakkurining o‘sishida, ona tabiatga bo'lgan qiziqishini ortishida tevarak - atrofdagi tabiatning roli beqiyos kattadir. Bolalarni, tabiat bizga in’om etgan ana shu go‘zal manzaralari bilan tanishtirib borishimiz, tabiatning har bir giyohi, har bir hayvonotining insonlar uchun, tabiat uchun naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini aytib, o‘rgatib borishimiz, ma’naviy oziqlantirishimiz kerak. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishdan maqsad yosh avlodni ona vatanimizni sevishga, uning o‘simliklari, hayvonot olamini asrash, saqlash, ko‘paytirish ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Buning uchun bolalarni tabiat bilan tanishtirish ishlarini maktabgacha ta’lim yoshidanoq boshlamoq kerak. Shunga ko‘ra ota-otalar va pedagog tarbiyachilar oldidagi eng muhim vazifalardan biri bolalarni tabiatning go‘zalliklarini ko‘ra bilish, uni sevish, tabiatda yuz beradigan voqea - hodisalar haqida to‘g‘ri tushunchaga ega bo‘lish, tabiat yaratgan boyliklardan oqilona foydalanish ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘lmog‘i lozim. Tabiat - bu organik (tirik) va noorganik (notirik) dunyoni o‘zida qamrab olgan bir butun olam, tabiat - g‘oyat xilma-xil shakllari, tarkibiy qismlari bilan insoniyatni qurshab turgan organik va anorganik olamlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi. Insoniyat esa undan paydo bo‘lib, ajralib chiqqan mavjudotdir. Shu bois uning b

Доказательный фрагмент

«Ilmiy maqola maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiatga nisbatan axloqiy sifatlarni shakllantirish bilan bog'liq jihatlarni tahlil qilishga bag'ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ilmiy maqola maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiatga nisbatan axloqiy sifatlarni shakllantirish bilan bog'liq jihatlarni tahlil qilishga bag'ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
и понятия: экологическая этика, природа, ресурс, дошкольники, maktabgacha yoshdagi bolalar, tabiat, interfaol o'qitish usullari ., atrof-muhit, pedagogik kompetentsiya, erta bolalik, ekologik etika, ekologik ta'lim, resurs, pedagogik amaliyot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники