Современная трансформация образованияOtelbayev Bekzod Atabek ug`li2025
JAMIYAT MA’NAVIY XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA JAHON TAJRIBASI
Musinov Najmiddin
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
A number of important initiatives have been implemented to ensure the spiritual security of the Republic of Uzbekistan, including the establishment of Spirituality and Enlightenment Centers, and programs aimed at developing national pride and self-awareness of young people. . The article expresses opinions about the measures being taken based on world experience. Keywords: Information, disinformation, globalization, moral security of society, cyberspace, cyberattack, value, security. Jamiyat ma’naviy xavfsizligida jahon tajribasining o’rni nihoyatta katta. Jamiyatning ma’naviy xavfsizligi – bu shaxs, oila va butun jamiyatning ma’naviy qadriyatlarini, axloqiy me’yorlarini va milliy o‘zligini himoya qilishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar yig‘indisidir. Bu soha jahon miqyosida turli davlatlarning ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy siyosatlarida muhim o‘rin egallaydi. Quyida jamiyat ma’naviy xavfsizligi borasidagi jahon tajribasining asosiy yo‘nalishlari va usullarini ko‘rib chiqamiz.G‘arb davlatlarida, xususan, AQSh va Yevropa mamlakatlarida, ta’lim tizimi orqali yosh avlodning ma’naviy va axloqiy tarbiyasiga katta e’tibor qaratiladi. Masalan: AQSh: Fuqarolik darslari orqali demokratiya, inson huquqlari va ijtimoiy mas’uliyat kabi qadriyatlar o‘rgatiladi. Bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni targ‘ib qilish uchun davlat va nodavlat tashkilotlar faoliyat olib boradi. Maktablar va universitetlarda ijtimoiy va axloqiy mas’uliyatni shakllantirishga katta e’tibor qaratiladi. Fuqarolik bilimlari va demokratik qadriyatlarni o‘rgatish orqali yosh avlodni ijtimoiy faollikka va ma’naviy yetuklikka undashadi[1] Finlandiya: Ta’lim tizimida o‘zaro hurmat, jamoaviy ishlash va madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Aholini axloqiy, madaniy va ruhiy jihatdan barqarorlikka erishish uchun muhim tamoyillarga asoslanib boshqarish va rivojlantirish tizimini yo’lga qo’ygan. Finlandiya dunyodagi eng barqaror, ijtimoiy tenglik va axloqiy tamoyillarga asoslangan davlatlardan biri sifatida tanilgan. Bu mamlakatda ma’naviy xavfsizlikni ta’minlash oila, ta’lim, madaniyat va fuqarolik jamiyati kabi sohalarda mustahkam asosga ega. 32 Angliya: O‘zining boy madaniy merosiga ega bo‘lib, tarixiy yodgorliklarni saqlash va ta'mirlash bo‘yicha xalqaro loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Muzeylar, kutubxonalar va madaniy markazlar orqali tarixiy va zamonaviy qadriyatlarni targ‘ib qiladi.Hukumat va nodavlat tashkilotlar internetdagi salbiy ta’sirlarni kamaytirish va ijobiy kontentni targ‘ib qilish ustida ishlaydi. Yoshlar uchun sport, san’at va boshqa ijtimoiy dasturlar orqali ularning ijtimoiy faolligi va ma’naviy rivojlanishiga e'tibor qaratiladi. Fransiya: Jamiyatda ma’naviy xavfsizlikni ta’minlashning o‘ziga xos modeli mavjud bo’lib, bu model asosan sekulyarlik tamoyillariga asoslangan. Fransiyada davlat va dinning ajralganligi konstitutsiyaviy tamoyil hisoblanadi. Bunda maktablarda diniy ta’lim berish taqiqlangan bo‘lsa-da, fuqarolik qadriyatlari, inson huquqlari va ijtimoiy birdamlikka katta urg‘u beriladi. Shuningdek, Madaniy xilma-xillikni hurmat qilish ham asosiy jihatlardan biridir. Fransiya jamiyati ko‘p millatli va madaniyatli bo‘lib, barcha din va e’tiqodlarning teng huquqliligini ta’minlashga intiladi. G‘arb davlatlarida ommaviy axborot vositalarining ta’siri orqali axloqiy qadriyatlarni saqlash va targ‘ib qilish mexanizmlari ishlab chiqilgan. Jumladan: - Mediada bolalar va yoshlar uchun mo‘ljallangan kontentni nazorat qilish bo‘yicha qonuniy chora-tadbirlar joriy etilgan. - Fake news va dezinformatsiyaga qarshi kurashish uchun raqamli savodxonlikni oshirish dasturlari amalga oshiriladi. Islom mamlakatlarida, xususan, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Eron kabi davlatlarda ma’naviy xavfsizlikning asosiy negizi sifatida diniy qadriyatlarni himoya qilish va ularni targ‘ib qilishga katta e’tibor beriladi. Saudiya Arabistoni: Ta’lim va madaniyat siyosati Qur’on va sunnat asosida qurilgan. Yoshlarni diniy ekstremizm va noto‘g‘ri talqinlardan himoya qilish uchun mo‘’tadil Islom tamoyillari targ‘ib qilinadi.Oila institutining mustahkamligi ijtimoiy barqarorlik va ma’naviy xavfsizlikning asosiy poydevori bo’lib xizmat qiladi. Turkiya: bu davlatning boy madaniy merosi, din, milliy qadriyatlar va zamonaviy demokratik tamoyillarga asoslangan ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash jarayonidir. Turkiya o‘zining strategik joylashuvi, tarixiy ahamiyati va madaniyatlar o‘rtasidagi ko‘prik sifatidagi roli bilan ajralib turadi. Shu sababli, jamiyat ma’naviy xavfsizligi Turkiyada milliy birlik, diniy bag‘rikenglik va madaniy xilma-xillikni uyg‘unlashtirishga qaratilgan.[2] Shuningdek, Sharq davlatlarida oila qadriyatlari ma’naviy xavfsizlikning poydevori hisoblanadi. Masalan: Xitoy: Konfutsiychilik tamoyillari asosida oilaviy ahillik va hurmat qadriyatlari targ‘ib qilinadi. Hindiston: An’anaviy madaniyat va dinlararo totuvlik siyosati orqali milliy birlikni saqlashga erishiladi. Jamiyat ma’naviy xavfsizligini ta’minlashda xalqaro tashkilotlarning ham ro
Доказательный фрагмент
«A number of important initiatives have been implemented to ensure the spiritual security of the Republic of Uzbekistan, including the establishment of Spirituality and Enlightenment Centers, and programs aimed at deve…»
Образец извлечения
Демо-превьюA number of important initiatives have been implemented to ensure the spiritual security of the Republic of Uzbekistan, including the establishment of Spirituality and Enlightenment Centers, and programs aimed at deve… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Information, disinformation, globalization, moral security of society, fake news, An’ana, axborot, oila instituti., madaniy xilma-xillik, media va axborot xavfsizligi, madaniy meros
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026