РефератыXoliyorova K. (Ilmiy rah. Baxriyeva D)2015
KEKSALAR PSIXOLOGIK FAROVONLIGINI TA’MINLASHDA IJTIMOIY FAOLLIKNING ROLI
FAOLLIKNING ROLI · Amangeldiyev Sirojiddin Nurg‘aliy o‘g‘li
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 04 · 5-8 · 1989
Аннотация
Mazkur tezisda keksalar psixologik farovonligini oshirishda ijtimoiy faollikning tutgan o‘rni nazariy va empirik asosda yoritiladi. Tadqiqot doirasida faol va passiv guruhlardagi 100 nafar keksalar ishtirokida olib borilgan psixologik diagnostika tahlili asosida, ijtimoiy faollikning psixologik farovonlik ko‘rsatkichlariga qanday ta’sir qilishi empirik dalillar bilan asoslab beriladi. Kalit so‘zlar: keksalik, psixologik farovonlik, ijtimoiy faollik, faol guruh, passiv guruh, empirik tadqiqot. Keksalik davri hayot tsiklining o‘ziga xos bosqichi bo‘lib, u organizmning biologik, ijtimoiy va psixologik o‘zgarishlari bilan xarakterlanadi. Bu davrda inson oldida o‘zining hayotiy tajribasi, jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy aloqalarini qayta baholash zaruriyati paydo bo‘ladi. Ijtimoiy izolyatsiya, passiv hayot tarzi va yolg‘izlik kabi holatlar keksalarning psixologik salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, ijtimoiy faollik ularning ruhiy barqarorligi, hayotdan qoniqishi va umumiy farovonligida muhim o‘rin egallaydi. Psixologik farovonlik kontseptsiyasi C. Ryff (1989) tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, insonning hayotdan ma’no topishi, o‘z-o‘zini anglash, mustaqillik, shaxsiy o‘sish, boshqalar bilan ijobiy aloqalar va hayotni boshqarish kabi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi. Keksalikda ushbu omillarni saqlab qolish ijtimoiy faoliyat bilan chambarchas bog‘liq. E. Eriksonning psixososial rivojlanish nazariyasiga ko‘ra, keksalik davridagi asosiy psixologik muammo bu – yaxlitlik va umidsizlik o‘rtasidagi ichki kurashdir. Ijtimoiy faoliyat esa bu davrni ijobiy kechirishga, o‘z hayotidan faxrlanish va jamiyatga foydali bo‘lish tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi. Keksalik davri odatda inson hayotining yakuniy bosqichi sifatida qaraladi, ammo zamonaviy psixologiyada bu davr shunchaki pasayish emas, balki shaxsiy o‘sish va ijtimoiy integratsiya uchun yangi imkoniyatlar bosqichi sifatida baholanmoqda. Psixologik farovonlikning ijtimoiy determinantlari aynan shu bosqichda eng dolzarb masalalardan biridir. Psixologik farovonlik tushunchasi ilk bor ilmiy ravishda C. D. Ryff (1989) tomonidan taklif etilgan va oltita asosiy komponent orqali tavsiflangan: 1. O‘z-o‘zini anglash (Self-acceptance) 2. Shaxsiy o‘sish (Personal growth) 3. Hayotdan ma’no topish (Purpose in life) 4. Atrofdagilar bilan ijobiy aloqalar (Positive relations) 5. Hayotni boshqarish (Environmental mastery) 6. Avtonomiya (Autonomy) Ryff nazariyasiga ko‘ra, ushbu komponentlarning har biri insonning ruhiy salomatligini belgilaydi va ular ijtimoiy aloqalar bilan uzviy bog‘liq. Keksalik davrida aynan ijtimoiy izolyatsiya ushbu omillarni zaiflashtirishi mumkin, ijtimoiy faollik esa, aksincha, ularni 58 qo‘llab-quvvatlaydi. Psixolog Laura Carstensen tomonidan ishlab chiqilgan Socioemotional Selectivity Theory (1999) esa keksalarda vaqt hissiyotining o‘zgarishi natijasida yaqin va mazmunli ijtimoiy aloqalarga e’tibor kuchayishini ta’kidlaydi. Ya’ni, keksalar asosan hissiy ahamiyatga ega bo‘lgan munosabatlarni ustuvor deb hisoblaydi. Ijtimoiy faollik (masalan, klub faoliyati, jamiyat ishlarida ishtirok, ko‘ngillilik) bu ehtiyojni qondiruvchi muhim vosita sifatida maydonga chiqadi. Bundan tashqari, Rowe va Kahn (1997) tomonidan ishlab chiqilgan “Successful Aging” modeli ham psixologik farovonlikni uchta mezon orqali baholaydi: Kasalliklarning yo‘qligi yoki kamligi Jismoniy va kognitiv faoliyatning yuqoriligi Ijtimoiy ishtirokning faolligi Ushbu modelga ko‘ra, “muvaffaqiyatli qarish” uchun ijtimoiy faollik – nafaqat qo‘shimcha omil, balki zarur shart hisoblanadi. Ijtimoiy faollik, kognitiv faollikni rag‘batlantiradi, depressiv alomatlarni kamaytiradi (Chopik, 2016), va yolg‘izlikni yengishda yordam beradi (Chen, 2020). Shuningdek, Eriksonning psixososial rivojlanish nazariyasida keksalik davriga “Yaxlitlik vs. umidsizlik” bosqichi to‘g‘ri keladi. Ijtimoiy faoliyatda qatnashgan keksalar hayotining mazmunli kechganini his qilgan holda yaxlitlikka erishishadi. Bu holat ularning psixologik farovonligini ta’minlaydi. Keksalar salomatligi va farovonligi masalasi nafaqat psixologik, balki sotsiologik va madaniy omillar bilan ham bevosita bog‘liqdir. Aktiv qarish (active aging) kontseptsiyasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO, 2002) tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, u keksalarning sog‘lig‘i, xavfsizligi va ishtirok etishini ta’minlash orqali hayot sifatini oshirishga qaratilgan. Mazkur yondashuvga ko‘ra, faqat jismoniy sog‘lik emas, balki ijtimoiy integratsiya, madaniy va psixologik faoliyat ham keksalarning farovon yashashida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Keksalar psixologik farovonligiga ijobiy ta’sir qiluvchi omillar qatorida ijtimoiy kapital (social capital) tushunchasi ham muhim o‘rin egallaydi. Ijtimoiy kapital – bu shaxsning ijtimoiy tarmog‘i, o‘zaro ishonch, hamkorlik va qo‘llab-quvvatlash tizimining mavjudligini bildiradi (Putnam, 2000). Keksalar jamiyatda faol ishtirok etganlarida ular o‘z ijtimoiy kapitalini oshiradi, bu esa ularning yolg‘izl
Доказательный фрагмент
«Mazkur tezisda keksalar psixologik farovonligini oshirishda ijtimoiy faollikning tutgan o‘rni nazariy va empirik asosda yoritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur tezisda keksalar psixologik farovonligini oshirishda ijtimoiy faollikning tutgan o‘rni nazariy va empirik asosda yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- faol guruh, keksalik, psixologik farovonlik, empirik tadqiqot., passiv guruh, ijtimoiy faollik
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsScientific Project For Humanities Students, Rakhimov Adham Barat Oglu +12021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsTorayeva Sayyora Sattorovna2020