Журнал Основы социальных и гуманитарных исследованийNilufar Djuraeva, Alok Kumar2024
TURIZMDA INVESTISION RESURSLAR SAMARADORLIGI TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
Mamayunusov Temurbek Olimovich
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Ensuring the efficiency of investment activities is of particular importance for Uzbekistan, which has a shortage of financial resources. The essence of increasing the efficiency of investment resources in the tourism sector is that it is necessary to ensure the achievement of high economic results for each investment resource expenditure in the process of distributing and using these important resources. The article provides a brief explanation of the factors affecting the efficiency of investment resources in tourism by the author. Key words: tourism, investment, resource, efficiency, microeconomics, macroeconomics, profit, consumer, state, innovation, management, multiplier, employment, import. Kirish. Jahon xo‘jaligining globallashuvi natijasida ichki hamda tashqi bozorlarda raqobat kurashi tobora keskinlashib bormoqda. Bu esa milliy iqtisodiyot va uning tarkibidagi barcha tarmoq va xo‘jalik subyektlari oldiga samaradorlikni oshirish, har bir resurs birligiga imkon qadar yuqori natijaga erishish muammosini yanada kuchaytiradi. Moliyaviy resurslar tanqisligi mavjud bo‘lgan O‘zbekiston uchun investision faoliyat samaradorligini ta’minlash alohida ahamiyat kasb etadi. Turizm sohasida investitsion resurslar samaradorligini 76 oshirishning mohiyati shundaki, ushbu ahamiyatli resurslarni taqsimlash va foydalanish jarayonida har bir investision resurs sarfiga yuqori iqtisodiy natijalarga erishishni ta’minlash zarur. Yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoning amaliyotda hal etilishi investisiyalarga yo‘naltirilgan iqtisodiy resurslar samaradorligini tahlil qilish va baholash bilan bog’liq mezon va ko‘rsatkichlar tizimini qo‘llashni taqozo etadi. Investitsion resurslar turistik korxonalar faoliyatini rivojlantirishda va ularning bozordagi mavqyeini mustahkamlashda asosiy omil hisoblanadi. Xo‘jalik subyekti faoliyati hajmini kengaytirish va o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarning bajarilishi investisiyaga sarflangan resurslardan samarali foydalanishni taqozo etadi. Asosiy qism. Turizm sohasiga jalb etilgan investitsion resurslarning samaradorligini oshirish ularni har tomonlama va chuqur tahlil qilishni, investision faoliyatning yutuqli tomonlari va kamchiliklarini, ularning sabablarini aniqlashni, resurslarni takomillashtirish va tasdiqlash, ulardan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishni taqozo etadi. Bizningcha, investitsion resurslar tahlilining to‘la qonli va barcha yashirin zahiralarni aniqlash imkonini beradigan darajada bo‘lishi uchun, iqtisodiy tahlil ikki darajada: makrodarajada, ya’ni, butun mamlakat miqyosida turizmda investision resurslarning samaradorligi va mikrodarajada ya’ni, alohida xo‘jalik yurituvchi subyektlar kesimida amalga oshirilishi lozim. Investitsion resurslardan foydalanish samaradorligining asosiy mezoni kam sarf- xarajatlar bilan yuqori natijaga erishish hisoblanadi. Ushbu nuqtai-nazardan makro va mikro darajada investision resurslar tahlili qo‘llaniladigan usullar, ko‘rsatkichlar, maqsad va vazifalar keskin farq qiladi. Makrodarajada turizm sohasida investision resurslar mamlakat yalpi ichki mahsulotini oshirishga, aholi bandligini ta’minlashga, byudjetga tushadigan daromadlarni ko‘paytirishga, uning jahon bozoridagi mavqyeini mustahkamlashga, turizm bilan bog’liq soha va tarmoqlarning taraqqiyotiga, davlatning xalqaro nufuzini oshirishga, aholi daromadlari va turmush farovonligini yuksaltirishga va boshqa bir qator muhim vazifalarni bajarishga xizmat qiladi. Turizm “xarajatlar-daromadlar” zanjirida xorijlik har bir turistga qilgan xarajatlari va har bir turistning mamlakat hududidagi farq hisobidan yuqori daromad olishga imkon yaratadi. Mikrodarajada amalga oshirilayotgan investision loyihalarning iqtisodiy samaradorligi tahlil qilinadi. Investision resurslarni shakllantirish va ularni amalga oshirish turistik korxona va tashkilotlar darajasida hal bo‘lganligi sababli, investision resurslardan foydalanish samaradorligi ham ko‘p jihatdan korxona darajasida hal bo‘ladi. Milliy iqtisodiyotda turizmning bevosita ta’siri ostida multiplikativ samara yuzaga keladi. U turizm sohasiga daxldor bo‘lgan milliy iqtisodiyot barcha tarmoqlarida ishlab chiqarish hajmini kengaytirishni va yaratilgan yangi ish o‘rinlari hisobidan bandlik darajasini oshirishni rag’batlantiradi. Chunki turizm maqsadida mamlakatga tashrif buyuruvchi sayohatchilar o‘zlarining fiziologik ehtiyojlarini qondirish bilan bir qatorda, tovar va xizmatlarga ikkilamchi talab bildiradilar. Ilmiy adabiyotlarda turizmda yetti xil multiplikator borligi ta’kidlanadi: 1) ishlab chiqarish multiplikatori; 2) sotish multiplikatori; 3) daromad multiplikatori; 4) bandlik 77 multiplikatori; 5) ish haqi multiplikatori; 6) davlat daromadlari multiplikatori; 7) import multiplikatori[1]. Multiplikativ samaraning mohiyati shundaki, sayohat chog’ida har bir turistdan uning ehtiyojlarini qondirishdan olinadigan daromadlar, unga turistik xizmatlar ko‘rsatishga qilingan xarajatlarga nisbatan ortiq bo‘la
Доказательный фрагмент
«Ensuring the efficiency of investment activities is of particular importance for Uzbekistan, which has a shortage of financial resources.»
Образец извлечения
Демо-превьюEnsuring the efficiency of investment activities is of particular importance for Uzbekistan, which has a shortage of financial resources. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tourism, investment, resource, efficiency, microeconomics, foyda, turizm, innovatsiya, import., davlat, samaradorlik, makroiqtisodiyot, iste’molchi, bandlik, menejment, multiplikator, resurs, mikroiqtisodiyot, investitsiya
Смежные источники
Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019
The American Journal of Social Science and Education InnovationsB.M. Botirov, Jour nal Website:2021
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021