К содержанию
РецензированоUZ2026

INNOVATSION YONDASHUVLAR ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINFLAR O‘QUVCHILARINI O‘QISHGA O‘RGATISH TEXNOLOGIYASI

Yusupova Sanobar Odil qizi

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

V state analiziruyutsya traditsionnye i innovatsionnye methodicheskie podkhody k obucheniyu chteniyu uchashchixsya nachalnyx klassov. V protesse obucheniya rassmatrivayutsya osobennosti, preimushchestva i dosodatki kajdogo podkhoda, obosnovyvaetsya neokhodimost ix kombinirovaniya. Na osnove prakticheskogo opyta pokazany puti povyshenia effektivnosti urokov i podcherknuta rol sovremennyx tehnologii v razvitii gramotnosti uchashchihsya. The results of the investigation may be useful for methodologists in the field of primary education. Key words: primary education, learning, methodology, traditional approach, innovative approach, interactive method, literacy. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qishga o‘rgatish ta’limning eng muhim va mas’uliyatli bosqichlaridan biridir. O‘quvchi aynan shu bosqichda harf tanishdan matn mazmunini tushunishga qadar bo‘lgan o‘quv jarayonini bosib o‘tadi. Ushbu jarayonda metodik yondashuvlar muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda ta’lim sohasida an’anaviy metodlar bilan bir qatorda innovatsion yondashuvlar keng qo‘llanilmoqda. Ularning har birining o‘ziga xos afzallik va kamchilik tomonlari mavjud bo‘lib, maqolada ushbu jihatlar batafsil tahlil qilinadi. 4 ` An’anaviy metodlar o‘qituvchining ustuvor roli va o‘quvchilarning ijrochi sifatidagi ishtirokini nazarda tutadi. Bu usullar o‘quvchida savodxonlikni shakllantirish, talaffuzni to‘g‘rilash va matnni to‘g‘ri o‘qishga o‘rgatishda samarali hisoblanadi. Masalan, bo‘g‘inlab o‘qish, takrorlash, matn ustida ish, so‘z boyligini oshirish kabi metodlar an’anaviy yondashuvga kiradi [1.44]. Bu yondashuvning ijobiy tomonlari:  O‘quvchilarda to‘g‘ri talaffuzni shakllantiradi;  Tushunarli, ketma-ket va nazorat ostida olib boriladi;  Savod o‘rgatishda klassik tajribaga asoslanadi. Ushbu yondashuvning asosiy jihatlari quyidagilardan iborat:  Strukturaviylik va intizom: An’anaviy metodlar darsni qat’iy struktura asosida olib boradi, bu esa o‘quvchilarda tartib va intizomni shakllantiradi.  Yodlash va takrorlash: Bu usullar materialni yodlash va takrorlashga katta e’tibor qaratib, grammatika va fonetika qoidalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.  Nazorat va baholash: Dars davomida o‘qituvchi doimiy ravishda nazorat olib borib, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini baholaydi. Shu bilan birga, an’anaviy yondashuvning kamchiliklari ham mavjud. Bu metod ko‘proq passiv o‘rganishga tayanib, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, kreativlik va axborotni tanqidiy tahlil qilish qobiliyatini rivojlantirishga yetarli emasligi kuzatilgan [2.60]. Shu sababli, hozirgi kunda ta’lim sohasida yangi innovatsion yondashuvlar ommalashib bormoqda. Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchi faol subyekt sifatida ko‘riladi. Innovatsion metodlar esa bu jarayonga muvofiq tarzda tashkil etiladi. Interfaol metodlar (klaster, konseptual xarita, rolli o‘yin, aqliy hujum) orqali o‘quvchi o‘rganilayotgan materialni faol ravishda o‘zlashtiradi [3.112]. Innovatsion metodlarning asosiy afzalliklari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:  Faol o‘rganish: O‘quvchilar dars jarayonida faol ishtirok etib, o‘zaro fikr almashish, guruh bo‘lib ishlash va muammolarni hal qilishga undaladi.  Texnologik qo‘llab-quvvatlash: Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) yordamida dars interaktiv va zamonaviy uslubda olib boriladi, bu esa o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshiradi [4.87].  Kreativlik va mustaqil fikrlash: Innovatsion usullar orqali o‘quvchilar o‘z fikrlarini erkin ifoda etishga, yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishga va ijodiy yechimlar topishga o‘rganadilar.  Moslashuvchanlik: Dars mazmuni va uslubini o‘quvchilarning ehtiyojlari, yosh darajasi va qobiliyatiga mos ravishda o‘zgartirish imkoniyati mavjud. Biroq, innovatsion yondashuvlarning ham o‘ziga xos cheklovlari mavjud. Texnologik vositalarga bo‘lgan ishonchlilik, o‘qituvchilarning malakasi va sinf sharoitlari bu yondashuvni to‘liq amalga oshirishda ba’zi qiyinchiliklar keltirib chiqarishi mumkin. Shunday ekan, innovatsion usullarni joriy etishda maxsus tayyorgarlik va doimiy metodik qo‘llab-quvvatlash zarurati mavjud. Savod o‘rgatishda klassik yondashuv, o‘qilgan matn ustida ishlashda esa interfaol usullar qo‘llansa, o‘quvchi materialni nafaqat eslab qoladi, balki tushunadi ham [5.98].Masalan, matnni bo‘g‘inlab o‘qish (an’anaviy)dan so‘ng, uni konseptual xarita orqali tahlil qilish 5 ` (innovatsion) orqali o‘quvchi har bir jumlani tushunadi va uni ongli tarzda yodlaydi. Shu tariqa o‘quvchilar faol o‘rganishga jalb qilinadi, dars esa interaktiv muhitda o‘tadi. Bunday yondashuvda o‘qituvchi darsning asosiy qismlarini an’anaviy usullar orqali mustahkamlab, keyin esa innovatsion texnologiyalar va interaktiv mashg‘ulotlar yordamida o‘quvchilarni faol ishtirok etishga jalb qiladi. Natijada, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi sezilarli darajada oshadi va darsning samaradorligi yuqori bo‘ladi. Shuningdek, bu usul o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, muloqot va muammolarni hal etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.

Доказательный фрагмент

«V state analiziruyutsya traditsionnye i innovatsionnye methodicheskie podkhody k obucheniyu chteniyu uchashchixsya nachalnyx klassov.»

Образец извлечения

Демо-превью

V state analiziruyutsya traditsionnye i innovatsionnye methodicheskie podkhody k obucheniyu chteniyu uchashchixsya nachalnyx klassov. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
primary education, learning, methodology, traditional approach, innovative, innovatsion yondashuv, o‘qishga o‘rgatish, an’anaviy yondashuv, metodika, savodxonlik., boshlang‘ich ta’lim, interaktiv usullar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники