Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
TURIZM INFRATUZILMASINI MOHIYATI VA UNI TASHKIL ETUVCHI VOSITALAR
Mamayunusov Temurbek Olimovich
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
The future development of tourism is primarily determined by the development of tourism infrastructure. Its general structure is formed by economic or political life. It is aimed at ensuring the harmonious functioning of life activities of a single economic and political nature. The article provides an explanation of the essence of tourism infrastructure and the means that form it. Key words: tourism, infrastructure, hotel, motel, camping, guest houses, catering establishments, restaurant, bar, cafe, communication, roads, airport, ship, communication, power grids, sewage networks, waste collection enterprises, law enforcement, public order agencies, medicine, household services, shops, sports facilities. Kirish. Infratuzilma (lotincha “Infra” - ostida, pastda, “struktura” - tuzilma, joylashuv) tizimning ishlashini ta’minlaydigan va bir-biriga chambarchas bog‘langan xizmat ko‘rsatish tuzilmalari yoki obyektlar to‘plamidir. Uning umumiy tuzilmasini iqtisodiy yoki siyosiy hayot tashkil etadi. U butun bir iqtisodiy va siyosiy xarakterdagi bir maromda kechadigan hayot faoliyatini ta’minlashga qaratilgan. Iqtisodiy infratuzilmaga transport, aloqa, kommunikasiya, ta’lim va kommunal xo‘jalik, turar-joy, turmush tarziga o‘rgatish, aholining birgalikda hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish majmui kiradi. 38 ` Boshqacha aytganda, infratuzilma aholi hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan xo‘jalik va madaniy obyektlar, uning xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarini tashkil qiluvchi (yo‘llar, kanallar, omborlar, transport, aloqa, energetika, suv ta’minoti, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, moliyaviy tashkilotlar va h.k.) mahalliy boshqaruv majmuasi bo‘lib hisoblanadi. Infratuzilma xususan ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarga bo‘linadi. Ijtimoiy o‘ziga sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot va boshqa-larni qamrab oladi. Asosiy qism. Infratuzilma elementlari turli xil belgilariga qarab tasniflanishi mumkin. Infratuzilmani keng miqyosli mezonlari bo‘yicha xalqaro, milliy, hududiy, shahar, qishloq infratuzilmalariga ajratiladi. Faoliyat sohasi mezonlariga ko‘ra, infratuzilma ijtimoiy, boshqaruv va texnologik sohalar bilan chegaralanadi. Shu singari, turizm infratuzilmasi turizm sohasining ajralmas qismi bo‘lgan ikki elementni o‘z ichiga oladi. Birinchi element – bu mehmondo‘stlik industriyasi bo‘lib, unga turar joy va ovqatlantirish xizmatlarini ko‘rsatadigan korxonalar kiradi. Ikkinchi element – infratuzilmaning tarkibiy qismlari bo‘lib, u uch bosqichli tizimni o‘z ichiga oladi. Infratuzilmaning birinchi bosqichi turmahsulotlarni ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan, ammo turistik xizmatlarni taqdim etish uchun zarur bo‘lgan binolar, transport, aloqa, energetika, kommunal xizmatlar, moliya, sug‘urta, xavsizlik tizimlarini o‘z ichiga oladi. Infratuzilmaning ikkinchi va uchinchi tizimiga turistik faoliyat va turmahsulotlarni ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, avtomobillarni ijaraga beruvchi kompaniyalar, taksi parklari, kafe va restoranlar, sport kulublari, muzeylar, kinoteatrlar, ko‘rgazma zallari, parklar va boshqa korxonalar va tashkilotlar kiradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, turistik infratuzilmalar o‘z tarkibiga joylashtirish vositalari (mehmonxonalar, motellar, kempinglar, mehmon uylar), ovqatlantirish korxonalari (restoran, bar, kafe), aloqa yo‘llari yig‘indisi (yo‘llar, aeroportlar, kemalar h.k.), kommunikatsiyalar (elektr tarmoqlari, oqova suv tarmoqlari, chiqindilarni to‘plovchi korxonalar, aloqa, bo‘limlari), huquqni himoya qilish, jamoat tartibini saqlovchi idoralar, tibbiyot tashkilotlari, maishiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar, do‘konlar, sport inshoatlarini birlashtiradi va turistik xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar bilan chambarchas holda bog‘langandir. Turistik infratuzilmalar turistik zaruriy shart-sharoitlarni, sayyohlarning xavfsizligi, sog‘liq-salomatligini ta’minlashga qaratilgan. Ma’lumki, sayyoh uchun qaysi bir joyda tinchlik osoyishtalik, maishiy qo‘laylik yaratilgan bo‘lsa, u o‘sha joyga borishga intiladi. Turist avtomobildami, poyezddami, mehmonxonadami qisqasi qayerda bo‘lmasin u o‘zini xavf- xatarsiz holda sezishi, unga zarurat bo‘lganda birinchi yordam ko‘rsatilishi zarur. Turizm infratuzilmasi oldiga qo‘ygan maqsad va vazifani bajarishi uchun uning shakllangan tuzilmasi bo‘lishi lozim. Shuning uchun turizm infratuzilmasi tarkibini quyidagi 1-rasmda keltirib o‘tamiz. Turizm infratuzilmasini rivojlantirish va shakllantirish ustida tadqiqotlar olib borgan olimlari va tadqiqotchilar turli xil vaqtlarda va sharoitlarda o‘zlarining xulosalarini berganlar. Bunda olimlar va tadqiqotchilarning fikrlarini bir tizimga keltirib o‘tamiz. 39 ` TURIZM INFRATUZILMASI Umumiy infratuzilma Ixtisoslashtirilgan infratuzilma Ishlab chiqarish Asosiy Qo‘shimcha infratuzilmasi Transport Diqqatga sazovar joylar Istitutsional va aloqa vositalari infratuzilma Joylashtirish vositalari Ko‘ngil ochish Ijtimoiy obyektlari infratuzilma Ovqatlantirish Nomoddiy madaniy Ekologik vositalari meros
Доказательный фрагмент
«The future development of tourism is primarily determined by the development of tourism infrastructure.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe future development of tourism is primarily determined by the development of tourism infrastructure. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tourism, infrastructure, hotel, motel, camping, guest houses, catering, turism, jamoat tartibini saqlovchi idoralar, chiqindilarni to‘plovchi korxonalar, bar, mehmon uylar, aloqa, huquqni himoya qilish, yo‘llar, maishiy xizmat, kema, elektr tarmoqlari, oqova suv tarmoqlari, infratuzilma, kafe, restoran, tibbiyot, aeroport, kemping, ovqatlantirish korxonalari, kommunikatsiya, do‘kon, mehmonxona, sport inshoatlari.
Смежные источники
Магистерские диссертацииРахмонов Сардорбек Рахимжон ўғли2016
in LibraryЭКАНОМИКА И ОРГАНИЗАЦИЯ СТРОИТЕЛЬСТВО, QURILISHDA TAVAKKALCHILIKNI BOSHQARISHNING BIZNESDAGI AHAMIYATI2021
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021