Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RUS VA O‘ZBEK TOPONIMIK AFSONALARDA MOTIVLAR TIPOLOGIYASI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Axmedova Madinabonu Maxmudjonovna (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Maqolada rus va o‘zbek toponimik afsonalarda motivlar tipologiyasi ko’rib chiqildi. Motiv afsona syujetini shakllantiruvchi poetik detaldan tashqari, kompozision tuzilish hamda badiiy xususiyatni chambarchas bog‘lovchi muhim poetik unsur vazifasini bajaradi. Kalit so'zlar: toponimik afsonalar, motiv, xususiyatlar, syujet, folklor. Dunyoda xalqlarning o‘zlari yashayotgan geografik hududlarining paydo bo‘lish tarixini og‘zaki epik izohlash an’anasi mavjud. Har bir xalq o‘z yurtini qay tariqa paydo bo‘lganligi, bu yerlarga ajdodlari qachonlardan kelib qolganligini izohlash maqsadida turli fasonalarni yaratganlar. Toponimik xarakter kasb etuvchi bunday afsonalar syujetida, odatda, biror avliyo yoki muqaddas shaxslarning ma’lum karomatlar ko‘rsatishi bilan izohlanuvchi motivlar yetakchilik qiladi. Shunday afsonalarni biz ruslarining tarixiy o‘tmishi va shu yerlarda o‘rnashib qolishini izohlovchi afsonalarda ham ko‘ramiz. Sharqiy Sibirning joylashishi va rivojlanishi haqidagi rus afsonalari, Sibir mintaqasining Rossiya davlatiga qo‘shilishining tarixiy jarayonini aks ettiradi. Qishloqlarning barpo etilishi, birinchi ko‘chmanchilar haqidagi qadimgi rus odamlarining hikoyalarida folklor an’analariga ma’lum bo‘lgan syujet va sabablarning yetarli darajada to‘liqligi, afsonalarning arxaik shakllari mavjudligi: bular qishloqlarni barpo etish sabablari, bitta, ikkita yoki bir guruh ko‘chmanchilar bilan; ixtiyoriy, majburiy yoki zo‘ravonlik bilan ko‘chirish sabablari, rus ko‘chmanchilarining buryatlar bilan birinchi uchrashuvi sababi va boshqa hodisalarni poetik izohlashga qaratilgan [3]. Shunday afsonalarni o‘zbek folklorida ham uchratamiz. Folklorshunos U.Sattorovning ta’kidlashicha, muayyan urug‘-qabilaning kelib chiqishi va ularning yashash manzillari shu urug‘ nomi bilan atalish sabablarini izohlagan afsonalar etnonimik afsonalar sifatida baholanmog‘i lozim. Olim toponimik afsona va rivoyatlarni tasniflar ekan ularni asosiy olti guruhga ajratadi: 1) yangi yerlarning o‘zlashtirilishi va aholi yashaydigan joylarning vujudga kelishi haqidagi afsona va rivoyatlar; 2) mamlakatimiz hududining geografik tuzilishi va relyefining ko‘rinishini izohlovchi afsona va rivoyatlar; 3) tabiiy va tarixiy obidalarning qurilishi to‘g‘risidagi afsona va rivoyatlar; 4) urug‘-qabilalarning joylashishi va migratsiyasi haqida ma’lumot beruvchi afsona va rivoyatlar; 5) ajdodlarimizning bosqinchilarga qarshi ozodlik uchun olib borgan kurashini aks ettiruvchi afsona va rivoyatlar; 6) muqaddas qadamjolar va mozorlarning vujudga kelishi to‘g‘risidagi afsona va rivoyatlar [1]. 125 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Ko‘rinadiki, yangi yerlarning o‘zlashtirilishi va aholi manzillarning paydo bo‘lishini izohlashga qaratilgan afsona va rivoyatlar tadqiqotchi tasnifining birinchi guruhini tashkil etgan. Masalan, Baykal hududi aholisining tarixiy folklor nasrini tadqiq etgan Ye.L.Tixonovaning fikricha, “Zamonaviy Buryatiya hududida qayd etilgan afsonalar qahramonlari birinchi ko‘chmanchilarning turli ijtimoiy guruhlarini ifodalaydi: 1) kasallik yoki qarilik tufayli kashshoflar otryadlarini tark etib, yangi yerlarga joylashgan kazaklar, shuningdek, yangi tashkil etilgan qamoqxonalarni himoya qilish uchun yuborilgan va yangi joyda ildiz otgan kazaklar; 2) jazosi «Sibirda yashash» deb belgilangan surgunlar, shuningdek, jazoni o‘tagandan keyin aholi punktiga surgun qilinganlar; 3) tekin yer izlab Sibirga ketgan ixtiyoriy ko‘chmanchilar; 4) hokimiyat va rasmiy cherkov tomonidan ta’qib va zulmlardan qochgan yoki majburan ko‘chirilgan zodagonlar; 5) harbiy xizmatdan yashirinib, Sibirga qochib ketgan dezertir ko‘chmanchilar; 6) shifobaxsh buloqlar yaqiniga joylashgan rohiblar va vaqt o‘tishi bilan u yerda aholi turar-joyi paydo bo’lishi bilan bog’liq” [2]. Olima birinchi Sibir ko‘chmanchilari haqidagi afsonalarga xos belgilarning asosiy turlarini aniqlaydi. U birinchi ko‘chmanchilar haqidagi afsonalarni tizimlashtirish omillarining asosiy tarkibiy qismi nimalardan iboratligiga asosiy e’tiborini qaratadi. Sibir toponimik afsonalarida ham birinchi ko‘chmanchilar buloqlar, suv havzalari yonida o‘troqlashishi motivi yetakchilik qiladi. O‘zbek xalq toponimik afsonalarida ham “Avliyo quduq” bilan bog‘liq afsona uchraydi. Folklorshunos U.Sattorovning doktorlik dissertatsiyasida ayni shunday afsona tahlilga tortiladi. “Aytishlaricha, bir ayolning bolasiga chilla tushibdi. Ayol kecha-yu kunduz tinimsiz azoblangan bolaning dardiga qandaydir malham topishni bilmay qiynalar, xudoga nola qilar ekan. Bir kuni kechasi ayolning bolasi nogahon tinchib, uyquga ketibdi. Ayol ham endi boshini yostiqqa qo‘yib ko‘z yumgan ekan, shu vaqt oppoq soqolli nuroniy chol tushiga kirib: ‒ Ey onayi muhtarama, bolangni kunchiqar tomondagi quduq suvidan olib yuvintir. Oq, ko‘k va qizil latta olib g‘ujum shoxlarga il, suvni senga shu quduq yaqinida yashovchi bir chol olib bersin, - debdi. Ona ertangi kunni sabr bilan kutibdi va cholning aytganlarini ba
Доказательный фрагмент
«Maqolada rus va o‘zbek toponimik afsonalarda motivlar tipologiyasi ko’rib chiqildi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada rus va o‘zbek toponimik afsonalarda motivlar tipologiyasi ko’rib chiqildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- toponimik afsonalar, motiv, xususiyatlar, syujet, folklor, folklor.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026