Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING IJTIMOIY - SIYOSIY DUNYOQARASHINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI (in-academy.uz/index.php/si) · Xaqqulov Komil Yusupovich (in-academy.uz/index.php/si) · Abdiyeva Gulyora Xasanovna (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada, zamonaviy pedagog bolalar bilan birgalikda kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy hamda maʼnaviy maʼrifiy tarbiyasi bilan shugullanishni koʻzda tutadi. Oʻzbekiston Respublikasida barkamol shaxs maʼnaviyatini shakllantirishning asosiy vositasi sifatida yondashiladi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashini takomillashtirish pedagogik usullarini asoslari haqida fikr mulohazalar yuritiladi. Kalit so‘zlar: Pedagogika, dunyoqarash, takomillashish, ijtimoiy-siyosiy, bo‘lajak o‘qituvchi. Pedagogika tarbiya jarayonining qonuniyatlari, tarkibi va uni tashkil etish mexanizmlarini tadqiq etadi, tarbiyaviy va oʻquv ishlarining mazmuni, tamoyillari, ularni tashkil etish shakl, usul hamda yoʻnalishlarini belgilab beradi. Shaxsni tarbiyalash, oʻqitish va shakllantirish pedagogikaning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Shaxsni tarbiyalash pedagog asosiy tushuncha sanalib, oila va jamiyatning barkamol shaxsni shakllantirishga yoʻnaltirilgan birgalikdagi faoliyatini anglatadi. Tarbiya yordamida inson shaxsining ma’naviy jihatlarini qaror toptirish koʻzda tutiladi. Dunyoqarash, e’tiqod, ezgulik, go‘zallik, yaxshilik, adolatga doyr qarash va ko‘nikmalarning shaxs sifatiga aylantirilishi tarbiya yordamidagina amalga oshiriladi. Insonlar orasida yashash, hayotda turmush kechirish va faoliyat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar yig‘indisini o‘zlashtirishga qaratilgan faoliyat o‘qitish tushunchasini ifoda etadi. O‘qitish natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan ta’minlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus ma’lumotni olish imkoniga ega bo‘ladi. Tarbiyalash va o‘qitish natijasida odamda muayyan shaxs sifatlari shakllantiriladi. Shaxs tarbiyalash va o‘qitish orqali o‘zida oldin bo‘lmagan ma’naviy-intellektual sifatlarga ega bo‘ladi. Bu hol shaxsning umri mobaynida uzluksiz davom etadi va uning rivojlanishiga omil bo‘ladi. Pedagogikada ta’lim va tarbiya jarayonlarining qaysi jihatlarini o‘rganishdan kelib chiqadigan bir qancha soha va bo‘limlar mavjud. Bugungi globallashuv jarayonlari, axborot oqimining tezlashuvi va ijtimoiy tarmoq ta’sirining kuchayishi fonida yosh avlodning, xususan, bo‘lajak pedagoglarning dunyoqarashi va ijtimoiy-siyosiy qarashlarini to‘g‘ri shakllantirish zarurati kundan-kunga ortib bormoqda. O‘qituvchi-bu shunchaki bilim beruvchi emas, balki jamiyatda fuqarolik ongini uyg‘otuvchi, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlovchi ma’naviy rahnamo hamdir. Shu bois, o‘qituvchilik kasbiga tayyorlanayotgan yoshlarning ijtimoiy-siyosiy bilimlari, ongli hayotiy pozitsiyasi, siyosiy madaniyati va faolligini shakllantirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. O‘qitishning maqsadi, vazifalari, tamoyillari, usullari bilan shug‘ullanadigan sohasi didaktikadir. Shaxsning axloqiy sifatlarini tarkib toptirish, unda e’tiqod, dunyoqarash, axloq 128 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si singari ma’naviy jihatlarni shakllantirish masalalarini pedagogikaning tarbiya nazariyasi va amaliyoti tarmog‘i o‘z ichiga oladi. Ta’lim-tarbiyani tashkil etish, uyushtirish va uni boshqarish singari tashkiliy pedagogik ishlar qonuniyati pedagogikaning maktabshunoslik sohasi tomonidan ishlab chiqiladi. Pedagogika hamisha muayyan yoshdagi, ma’lum ayotiy va aqliy tajribaga ega bo‘lgan kishilar bilan ish ko‘radi. Shuning uchun ham pedagogikaning qonuniyatlarini belgilashda ta’lim-tarbiya oluvchining yosh xususiyatlarini hisobga olish hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Ayrim o‘quv fanlarini o‘qitish qonuniyatlari va usullarini o‘rgatuvchi metodika fanlari ham pedagogikaning sohalari hisoblanadi. Bularga nisbatan didaktika umumiy metodika hisoblanadi va har bir alohida predmeti metodikasi xususiy didaktika sanaladi. Ammo bu xil chegaralanish anchagina shartlidir. Chunonchi, adabiyot o‘qitish metodikasi didaktikaga nisbatan xususiy didaktika hisoblanadi, ayni vaqtda, u mumtoz adabiyot tarixini o‘rganish metodikasi, chet el adabiyotini o‘rganish metodikasi, xalq og‘zaki ijodini o‘rganish metodikasiga nisbatan umumiy metodika vazifa-sini bajaradi. Xususiy metodikalar umumiy didaktikaga tayangan va uning nazariy umumlashmalariga asoslangan holdagina rivojlana oladi. Ayni vaqtda, har bir aniq fanga tatbiq etilgan didaktik qonuniyatlar o‘sha o‘quv predmetini o‘qitish tajribasidagi o‘ziga xoslik bilan boyitiladi, umumiy jihatlarni konkretlashtiradi, har bir o‘ziga xoslikda o‘qitishning universal jihatlarini namoyon etadi. Zamonaviy o‘qituvchining mazmuni va faoliyatini o‘rganish bilan bog‘liq holda uning “repertuar” rolini kengaytirish masalasi e’tiborga loyiqdir. O‘qituvchining mehnat xatti- harakati modeli kasbiy faoliyatning motivatsion, maqsadli va bajaruvchi bloklarini o‘z ichiga oladi. O‘qituvchining kasbiy faoliyatining ijro bloki tartibga solish va mehnat ko‘nikmalari bilan bir qatorda o‘qituvchining o‘quv jarayonining barcha sub’ektlari bilan o‘zaro munosabatini ta’minlaydigan kasbiy rollarni o‘z ichiga oladi. Bularga tahlilchi, g‘oya ishlab chiqaruvchi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada, zamonaviy pedagog bolalar bilan birgalikda kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy hamda maʼnaviy maʼrifiy tarbiyasi bilan shugullanishni koʻzda tutadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada, zamonaviy pedagog bolalar bilan birgalikda kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy hamda maʼnaviy maʼrifiy tarbiyasi bilan shugullanishni koʻzda tutadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijtimoiy-siyosiy, dunyoqarash, bo‘lajak o‘qituvchi., Pedagogika, takomillashish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024