К содержанию
РецензированоUZ2026

TARBIYANING UMUMIY METODLARI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · TARBIYANING UMUMIY METODLARI (in-academy.uz/index.php/yo) · Samiddinova Dilrabo Saydullo qizi (in-academy.uz/index.php/yo) · Yusupova Gulhayo Ziyodullo qizi (in-academy.uz/index.php/yo) · Mahmud Qoshgʻariy. (Andijon davlat chet tillari instituti talabasi)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Maqolada tarbiyaning umumiy metodlari, uning turlari, amaliyotda qoʻlash va ta’sir mexanizmlari toʻgʻrisida tushunchalar berilgan. Hamda zamonaviy pedogogik yondashuvlarda metodlarning oʻrni va samaradorligi tahlil qilingan. Kalit soʻzlar: Tarbiya metodi, pedagogik jarayon, motivatsiya, ijtimoiy ta’sir, kongnitiv, imitasiya, emotsional aloqalar, innovatsion texnologiyalar, kolabarativ ta’lim, onlayn resurslar. “Ogʻul ata sözini tutsa, erdemlik bolur; tutmasa, ersiz bolur”. Mahmud Qoshgʻariy. Ulugʻ mutafakkir bu soʻzlari bilan tarbiyaning eng muhim usullaridan biri - ota-ona nasihatiga quloq solish ekanini ta’kidlaydi. Avvalo metod tushunchasiga toʻxtaladigan boʻlsak, metod - bu maqsadga erishish yoʻli. Tarbiyaning umumiy metodlari ilm - fan tilida tushuntirilsa tarbiyachining tarbiyalanuvchilarning ongi, tuygʻulari, irodasi va xatti - harakatlariga ongli ravishda ta’sir koʻrsatishdir. Shu bilan birga ular pedagogik jarayonning ajralmas qismi boʻlib, tarbiyaning maqsadlari va mazmuniga bevosita bogʻliq. Shaxsiy namuna orqali tarbiya: “Kishining soʻzi — oʻzining yuzidir”. Bu orqali tarbiyachi (ota-ona, ustoz) oʻz soʻzlari va amallari bilan oʻrnak boʻlishi kerakligi koʻrsatiladi. Og‘zaki nasihat bilan tarbiya: “Yaxshı soʻz — koʻngul achası”. Yaxshi soʻz bilan bolada ijobiy tuyg‘ular uyg‘otish mumkin. Tarbiyada ilmga asoslanish: “Bilgili er koʻrklu bolur, biligsiz er koʻr bolur”. Bu fikr orqali bilimda tarbiyaning muhimligi asoslanadi. Tarbiya metodlarining mohiyati Tarbiya metodlari - bu pedagogik jarayonda oʻquvchi oʻzligini shakllantirish, unga ma’naviy - madaniy, ijtimoiy, estetik va boshqa qadriyatlarni singdirish usullaridir. Albatta, har bir metod tarbiyachining maqsadga erishishdagi pedagogik vositasi hisoblanadi. Tarbiyaning asosiy metodlari: guruhlari Pedagogikada tarbiya metodlari odatda uchta asosiy guruhga boʻlinadi: 1. Ongga ta’sir etuvchi metodlar: Nasihat, suhbat, munozara, izoh, tushuntirish va namuna koʻrsatish. Ushbu metodlar oʻquvchilarga kerakli boʻlgan metodlardan biri boʻlib, oʻquvchilarda axloqiy me'yorlar, qarashlar va hayotiy pozitsiyalarni shakllantiradi. Natijada oʻquvchilar hayot faoliyatidagi qiyinchiliklarni ossonlik bilan yengib oʻta oladilar. 2. Faoliyatni tashkil etish va xulq tajribasini shakllantirish metodlari: Topshiriq berish, mashq, jamoa fikridan foydalanish, pedagogik talab. Bu metodlar orqali oʻquvchilarda ijobiy odatlar shakllantiriladi. Masalan: mehnatkashlik, hurmat, jamoaviy ish. 3. Xatti - harakatni ragʻbatlantirish va jazolash metodlari: Ragʻbat, ishonch bildirish, maqullash, tanbeh, uyaltirish. Bu metodda oʻquvchining ijobiy harakatlari ya’ni yaxshi odatlari 88 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo qoʻllab - quvvatlanib, ragʻbstlantiriladi. Salbiy holatlar esa ya’ni yomon odatlar jazolar orqali yoʻq qilinadi yoki oldi olinadi. Tarbiya metodlarini tanlashda e'tiborga olinishi kerak boʻlgan omillar mavjud. Bular qaysilar? Tarbiya maqsadi va shart - sharoitlari. Oʻquvchilarning yosh va individual xususiyatlari. Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari. Jamoaning rivojlaninsh darajasi. Tarbiya metodlarini amalda qoʻllashda quyidagi yondashuvlar va usullarni ishlatish mumkin: Izohli metodlar. Tushuntirish: Farzandning xatti-harakatlarini tushuntirish va nima uchun shu tarzda harakat qilish kerakligini izohlash. Misol uchun, bolaga bilim olishning ahamiyatini yoki yaxshilik qilishning foydasini tushuntirish. Muloqot orqali oʻrgatish: Har bir xatti-harakatning sabab va oqibatlarini bolaga tushuntirish. Bu jarayon davomida savollar berib, ularni mustaqil fikrlashga undash. Namuna koʻrsatish. Oʻz xatti-harakatlari bilan koʻrsatish: Farzandga oʻzini qanday tutish kerakligini koʻrsatish. Misol uchun, agar ota-ona tartibli va mas'uliyatli boʻlsa, farzand ham shu tarzda oʻrganadi. Sabr va mehnatni namoyish qilish: Ota-onaning mehnat qilishdagi sabr-toqati, stressni boshqarish usullari farzandda bu koʻnikmalarni rivojlantiradi. Motivatsion metodlar. Rag‘batlantirish: Yaxshi natijalarga erishgan bolani maqtash va mukofotlash. Bu farzandni yanada yaxshiroq natijalarga erishishga undaydi. Jazo va ta’lim: Salbiy xatti-harakatlarni tuzatish uchun nojoʻya natijalarni koʻrsatish. Masalan, notoʻg‘ri xatti-harakatlar uchun kichik jazolar qoʻllash (lekin ularni salbiy tarzda emas, balki tarbiyaviy maqsadlarda). Ijtimoiy ta’sir. Jamoa va oilaviy faoliyatlar: Farzandning ijtimoiy munosabatlarini rivojlantirish uchun oila va jamiyatda faol boʻlish. Farzandni guruh faoliyatlariga, ijtimoiy tadbirlarga jalb qilish, doʻstlari va oila a’zolari bilan koʻproq vaqt oʻtkazish. Odamlarga hurmat koʻrsatish: Farzandga boshqalarni hurmat qilishni oʻrgatish, bir- biriga yordam berishni oʻrganish. Kognitiv metodlar. Muammolarni hal qilish: Farzandga muammolarni hal qilishda yordam berish, fikrlashga undash. Masalan, uning oldida turli muammolarni qoʻymoq va ularga yechim topish yoʻlini oʻrgatish. Tanqidiy fikrlash: Farzandga har bir vaziyatni tanqidiy oʻrganish va tahlil qilishn

Доказательный фрагмент

«Maqolada tarbiyaning umumiy metodlari, uning turlari, amaliyotda qoʻlash va ta’sir mexanizmlari toʻgʻrisida tushunchalar berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada tarbiyaning umumiy metodlari, uning turlari, amaliyotda qoʻlash va ta’sir mexanizmlari toʻgʻrisida tushunchalar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Tarbiya metodi, emotsional aloqalar, kolabarativ ta’lim, imitasiya, motivatsiya, kongnitiv, ijtimoiy ta’sir, pedagogik jarayon, onlayn resurslar., innovatsion texnologiyalar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники