К содержанию
РецензированоUZ2019

SURXONDARYO SUR QORAKO‘L QO‘YLARINING “QUMSIMON” ZAVOD TIPI

R.V. Xudoyberdiyev (Mustaqil tadqiqotchi, Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti) · D.Yu. Abduzoirova (Rangli qorako‘l qo‘ylari seleksiyasi bo‘limi mudiri, q.x.f.f.d (PhD), K.I.X.,) · O‘.X. Aripov (Genitika va genofond bo‘limi mudiri, q.x.f.d, professor Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti)

Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 3 · 2019

Аннотация

Maqolada Surxondaryo sur qorako‘l qo‘ylarining “qumsimon” zavod tipiga mansub qo‘y va qo‘zilarning o‘ziga xosligi, yangiligi, farqlanishi, turdoshligi kabi bir qancha ko‘rsatkichlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: Surxondaryo suri, “qumsimon” zavod tipi, dag‘al jun, teri tipi, ipaksimonlik. Annotation. The article provides information on several indicators of Surkhandarya sur Karakul Sheep, such as the specificity, novelty, differentiation, homogeneity of sheep and lambs of the “Sandy” plant type. Keywords: Surkhandarya suri, “Sandy” factory type, coarse wool, skin type, silximony. Mamlakatimizning cho‘l hududlarida urchitiladigan qorako‘l qo‘ylaridan olinadigan mahsulotlar juda xilma xildir. Qorako‘l qo‘ylarining asosiy mahsuloti bo‘lgan qorako‘l terilari o‘zining naqshinkorligi, rangbarangliklarining turli-tumanligi va jozibadorligi bilan ajralib turadi. Tarmoqda yetishtirilayotgan qorako‘l terilariga tashqi va ichki bozorda talab katta, ammo so‘nggi yillarda qorako‘l terilarni ishlab chiqarish hajmining kamayishi kuzatilmoqda. O‘zbekiston qorako‘l qo‘ylari yaratilgan zamin hisoblanadi. Shu sababli bu zot bizning milliy boyligimizdir. Bugungi kunda qorako‘lchilikni rivojlantirish, sohaning dunyo miqyosidagi ahamiyatini yanada oshirish dolzarb masalalardan biriga aylangan. Buni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmoni hamda 2020-yil 2-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida Pillachilik va qorako‘lchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6059-sonli Farmonlarini qabul qilinishi misolida ham ko‘rishimiz mumkin. [1] ta’kidlashicha, qorako‘l qo‘zilarining teri gul o‘lchami ularning konstitutsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan muhim seleksion belgisidir. [2] fikriga ko‘ra, sur rangli qorako‘l qo‘zilar teri gul o‘lchamlari bo‘g‘ozlikning rivojlanishi, qo‘zilar konstitutsiyasi, tug‘ilgandagi tirik vazni, ota-onalarining gul o‘lchamlari orasida bevosita bog‘liqligi, rang qanchalik to‘q bo‘lsa uning gul o‘lchami shuncha kichrayishi yoki aksincha bo‘lishi kuzatilgan. Bu belgi yuqori seleksiya-naslchilik ishida nafaqat qimmatli va chiroyli rangbaranglikdagi, shu bilan birga bir xil tipdagi maqsadga muvofiq gul o‘lchamiga ega bo‘lgan terili qo‘zilar olish imkoniyati mavjudligini ko‘rsatadi. Bugungi kunda yanada xaridorgir terilarni ko‘paytirish maqsadida Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Qumsimon rangbaranglikdagi sur qorako‘l qo‘ylarining “Surxondaryo” zavod tipi” yaratilmoqda. Ayni kunlarda ushbu zavod tipi bilan bog‘liq rasmiylashtirish ishlari so‘nggi bosqichda. Bu zavod tipining 91 mahsuldorlik yo‘nalishi – dag‘al junli; hayvon teri (mo‘yna) tipiga, po‘stinbop yo‘nalishga to‘g‘ri keladi. Dumining oxiri ingichkalashgan, S-simon shaklda. Dumi uzun, dum asosida yostiqchasimon yog‘ to‘planishiga ega. Junning asosiy rangi sur, “qumsimon”, jun tuzilishi- kokilchali. Jun bilan qoplanishi-zich. Ter-yog‘ miqdori-o‘rta. Qo‘chqorlar mustahkam konstitutsiyali, burama shoxli, qo‘ylarning tana tuzilishi mustahkam, shoxsiz. Qo‘ylar va qo‘chqorlar o‘rta tirik vazn va rivojlanish ko‘rsatkichlariga ega. Quloqlari osilgan, tana shakli-dumaloq, bel kengligi-o‘rtacha. Konstitutsiyasi–mustahkam. Sovliqlarning serpushtligi va sutdorligi-o‘rtacha. Qo‘zilarda gullar yarim doira qalam gul shakliga ega, jun qoplami sifatining yaxshiligi bilan xarakterlanadi. Qo‘zilarning jun tola qoplami kuchli pigmentlangan, kalta va o‘rta uzunlikda, quyuq, yarim yaltiroq va ipaksimon, yarim doirali “qumsimon” rangbarangligi. Terisi juda zich, yupqa, sathi 1200-1450 sm2. Qorako‘l terilari orasida Surxondaryo sur terilari alohida ajralib turadi. Ipaksimonligi, yaltiroqligi, ranglarining jozibadorligi bilan hammada qiziqish uyg‘ota olganligi sababli talab yuqori va narxi ham boshqa terilarga nisbatan qimmat. Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani “Bobotog‘ suri qorako‘lchilik” MChJ xo‘jaligida olib borilgan 20 yillik mashaqqatli seleksiya ishlari natijasida zavod tipi yangi ekologik sharoitda Surxondaryo sur qorako‘l qo‘ylarini bir necha marotaba maqsadli tanlash va ularni gomogen juftlash va ularda qimmatli irsiy xususiyatlarni mustahkamlash natijasida yaratilgan. Zavod tipiga mansub qo‘ylar barqaror irsiy salohiyaga ega, maqsadga muvofiq gul tipiga ega qo‘zilar 65-70%, qimmatli rangdagi qo‘zilar chiqimi 85-90% ni tashkil etadi. Seleksiyalanuvchi tipga mansub qo‘zilar chiqimi 82,0-86,0% gacha yetadi. Tog‘ oldi yarim cho‘l hududida ilk bor o‘rta va yirik sathli yuqori sifatli, yarim doira qalamgul tipli Surxondaryo suriga mansub qorako‘l mahsuloti beruvchi Surxondaryo sur qorako‘l qo‘ylari olingan. Patent uchun talabbnoma berish davriga nasl materiali boshqa shaxslarga urchitish yoki foydalanish uchun berilmagan va sotilmagan. Ushbu zavod tipidagi qo‘ylar faqat “Bobotog‘ suri qorako‘lchilik” MChJ xo‘jaligida

Доказательный фрагмент

«Maqolada Surxondaryo sur qorako‘l qo‘ylarining “qumsimon” zavod tipiga mansub qo‘y va qo‘zilarning o‘ziga xosligi, yangiligi, farqlanishi, turdoshligi kabi bir qancha ko‘rsatkichlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada Surxondaryo sur qorako‘l qo‘ylarining “qumsimon” zavod tipiga mansub qo‘y va qo‘zilarning o‘ziga xosligi, yangiligi, farqlanishi, turdoshligi kabi bir qancha ko‘rsatkichlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Surkhandarya suri, “Sandy” factory type, coarse wool, skin type, silximony, “qumsimon” zavod tipi, ipaksimonlik., dag‘al jun, Surxondaryo suri, teri tipi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники