К содержанию
РецензированоUZ2026

BARQAROR RIVOJLANISHNING MILLIY MAQSADLARIGA ERISHISHDA YASHIL BANDLIKNI ROLINI OSHIRISHNING ISTIQBOLLI YO‘LLARI

Sotvoldiyev Nurmuhammad Ne’matjonovich

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada barqaror rivojlanishning milliy maqsadlariga erishishda yashil bandlikning o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonida ekologik toza, samarali va ijtimoiy jihatdan adolatli ish o‘rinlarini yaratish muhim omil hisoblanadi. Maqolada O‘zbekistonda yashil bandlik imkoniyatlari, mavjud muammolar va istiqbolli yechimlar xususida so‘z boradi. Shuningdek, ta’lim, infratuzilma, moliyalashtirish va jamoatchilikni xabardor qilish orqali yashil ish o‘rinlarini kengaytirishga qaratilgan amaliy takliflar ilgari surilgan. Xalqaro tajribaga asoslangan holda milliy strategiyani yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: Barqaror rivojlanish, yashil bandlik, yashil iqtisodiyot, ekologik ish o‘rinlari, qayta tiklanadigan energiya, ijtimoiy barqarorlik, mehnat bozori, ta’lim, ekologik siyosat. 1. Kirish. So‘nggi yillarda jahonda ekologik barqarorlik, iqlim o‘zgarishi, energiya manbalarining tugallanishi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari global muammolar sifatida kun tartibida turibdi. Bu esa mamlakatlarni an’anaviy iqtisodiy modellardan voz kechib, barqaror rivojlanishga, ya’ni iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy adolat va atrof-muhitni muhofaza qilishni uyg‘unlashtirgan yangi yo‘nalishga o‘tishga undamoqda. Shu nuqtai nazardan qaralganda, “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish va unda “yashil bandlik”ni keng rivojlantirish nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy va ekologik barqarorlikni ham ta’minlashga xizmat qiladi. “Yashil bandlik” - bu faqatgina yangi ish o‘rinlari yaratish emas, balki atrof- muhitga zarar yetkazmaydigan, resurslardan tejamli foydalanadigan, ekologik mas’uliyatli ish faoliyat turlarini joriy etishni anglatadi. Bunday ish o‘rinlari orqali aholining ekologik ongi yuksaladi, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda inson kapitali faol ishtirok etadi, ayni paytda mehnat bozorida yangi ehtiyojlar va kasblar shakllanadi. O‘zbekiston ham “Yashil iqtisodiyot” konsepsiyasini qo‘llab-quvvatlab, qayta tiklanadigan energiya manbalarini keng joriy etish, chiqindilarni qayta ishlash, ekologik turizm va biologik resurslarni asrab-avaylash sohalarida qator islohotlarni amalga oshirmoqda. Ammo yashil iqtisodiyotning real samarasini ko‘rish uchun yashil bandlikka alohida e’tibor qaratish zarur. Bu, o‘z navbatida, yangi mutaxassislar 169 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 tayyorlash, infratuzilmani moslashtirish, moliyaviy rag‘batlar yaratish va aholi xabardorligini oshirish kabi muhim vazifalarni yuklatadi. 2. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Yashil bandlik masalasi xalqaro va milliy darajada keng o‘rganilayotgan sohalardan biriga aylanib bormoqda. Ilmiy adabiyotlarda bu tushuncha odatiy mehnat munosabatlaridan farq qilib, atrof-muhitni muhofaza qilishga xizmat qiluvchi, ekotexnologiyalarga asoslangan ish o‘rinlari sifatida izohlanadi. Ayniqsa, global iqlim o‘zgarishi sharoitida yashil iqtisodiyot va yashil bandlikning o‘zaro bog‘liqligi haqidagi tadqiqotlar ortib bormoqda. Jahon mehnat tashkiloti (ILO) tomonidan tayyorlangan “Greening with Jobs” hisobotida [4] yashil bandlikning mehnat bozoriga ta’siri, yangi ish o‘rinlari va kasblar transformatsiyasi, shuningdek, siyosatchi va ish beruvchilar uchun tavsiyalar keltirib o‘tilgan. Unda ta’kidlanishicha, agar mamlakatlar yashil siyosatni izchil amalga oshirsa, 2030 yilga qadar kamida 24 million yangi ish o‘rni yaratilishi mumkin. Bu esa har bir mamlakat uchun katta imkoniyatdir. IRENA (International Renewable Energy Agency)ning 2023 yilgi hisobotida [5] qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida ish o‘rinlari soni 13,7 millionga yetgani, bunda quyosh energetikasi yetakchi tarmoq ekani qayd etilgan. Mutaxassislar ta’kidlashicha, yashil energetika - yashil bandlik rivojining asosiy drayveri hisoblanadi. Ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlar uchun mazkur yo‘nalishdagi investitsiyalar aholining ish bilan bandligini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Milliy darajada esa O‘zbekistondagi bir qator olimlar va tadqiqotchilar tomonidan yashil iqtisodiyot, barqaror rivojlanish va mehnat bozori masalalari o‘rganilmoqda. Jumladan, iqtisod fanlari doktori B.Jo‘rayev o‘z tadqiqotlarida “yashil transformatsiya”ning milliy mehnat bozoridagi ahamiyati va istiqbolli imkoniyatlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tadi. [3] Uning fikricha, yashil bandlik nafaqat ekologik samaradorlik, balki ijtimoiy barqarorlik va yangi turdagi kasblarni yaratishda ham muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, G.Toshmatova va Sh.Niyozov [6] kabi mualliflar o‘z tadqiqotlarida yashil iqtisodiyotni amalga oshirishda kadrlar salohiyati, innovatsion bilimlar va malaka oshirish tizimini takomillashtirish zarurligini ta’kidlaydilar. Ularning maqolalarida ta’lim tizimi bilan mehnat bozori o‘rtasidagi hamkorlikning kuchaytirilishi, yashil kasblarga talabning oshishi va zamonaviy o‘quv dasturlariga ehtiyoj bo‘yicha fikrlar keltirilgan. Huquqiy-meyoriy asoslarga to‘xtalar ekanmiz, O‘zbek

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada barqaror rivojlanishning milliy maqsadlariga erishishda yashil bandlikning o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada barqaror rivojlanishning milliy maqsadlariga erishishda yashil bandlikning o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijtimoiy barqarorlik, ekologik siyosat., ta’lim, ekologik ish o‘rinlari, mehnat bozori, yashil iqtisodiyot, qayta tiklanadigan energiya, Barqaror rivojlanish, yashil bandlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники