Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
O‘ZBEKISTONDA KICHIK SANOAT HUDUDLARINI TASHKIL ETISH VA RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY TAJRIBANING SAMARALI QO‘LLANISH YO‘LLARI
Ortiqov Avazbek Bahrom o‘g‘li · Djurabayeva Niginabonu Esomiddin qizi · UBSU Namangan filiali
Interpretation and researches · 1 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekistonda kichik sanoat hududlarini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud imkoniyatlar hamda xorijiy mamlakatlar – xususan, Janubiy Koreya, Turkiya, Xitoy va Germaniya kabi davlatlarning muvaffaqiyatli tajribalari tahlil qilinadi. Xorijiy amaliyot asosida kichik sanoat zonalarini barqaror rivojlantirish yo‘llari, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini takomillashtirish, biznes uchun qulay muhit yaratish va investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlari o‘rganiladi. Shu asosda O‘zbekistonda kichik саноат hududlarining iqtisodiy faollik, yangi ish o‘rinlari va eksport salohiyatini oshirishdagi o‘rni ochib beriladi. Shuningdek, sohaga oid xorijiy tajribalarni lokal sharoitga moslashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. Kalit so‘zlar: kichik sanoat zonalari, sanoat hududlari, xorijiy tajriba, infratuzilma, investitsiya muhit, mahalliylashtirish, sanoat siyosati, O‘zbekiston iqtisodiyoti, ishlab chiqarish klasterlari, eksport salohiyati 1. Kirish. Hozirgi davrda sanoat ishlab chiqarishining samaradorligini oshirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va sanoat tarmoqlarini diversifikatsiya qilish mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyotida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu nuqtai nazardan, industrial zonalar, kichik sanoat hududlari, texnoparklar va sanoat klasterlari global miqyosda keng tarqalgan bo‘lib, ular sanoat infratuzilmasini rivojlantirish, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, eksport salohiyatini oshirishda muhim vosita hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida ham iqtisodiy islohotlar jarayonida kichik sanoat zonalarini (KSZ) tashkil etish va rivojlantirish muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilanmoqda. Davlat rahbari tashabbusi bilan har bir hududda kichik sanoat zonalari barpo etilib, tadbirkorlarga imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Biroq, mavjud KSZlarning faoliyati, infratuzilmasi va investitsiyaviy jozibadorligi bo‘yicha xorijiy davlatlar, jumladan, Turkiya, Rossiya, Xitoy, Vyetnam, Fransiya ва AQSh тажрибалари билан qiyosiy tahlil qilish, ularning samarali jihatlaridan foydalanish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biridir. 163 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Ushbu maqolada kichik sanoat zonalarini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha xorijiy davlatlar тажрибаси ўрганилиб, уларнинг Ўзбекистон шароитидаги жорий имкониятлар билан уйғунлаштириш имкониятлари таҳлил этилади. 2. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Kichik sanoat zonalari (KSZ)ni tashkil etish va rivojlantirish masalalari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar so‘nggi yillarda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu yo‘nalishda olib borilgan ilmiy ishlar ham, amaliy siyosatlar ham ko‘plab davlatlar tajribasi asosida shakllanmoqda. Adabiyotlarni tahlil qilish shundan dalolat bermoqdaki, KSZ – bu faqatgina iqtisodiy faoliyat emas, balki hududiy rivojlanish, ish bilan bandlik, texnologik taraqqiyot va biznes muhitini yaxshilashning samarali vositasidir. O‘zbekiston sanoat siyosatini modernizatsiya qilish va mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash siyosati doirasida kichik sanoat zonalari (KSZ) tashkil etishga katta e’tibor qaratilayotgani barcha iqtisodiy-huquqiy manbalarda o‘z aksini topmoqda. Iqtisodchi olimlar M.Xayitov va J.Nazarov tadqiqotlarida [3] KSZlarni hududiy rivojlanish drayveri sifatida ko‘radi. Ularning ta’kidlashicha, ushbu hududlar kichik biznes uchun mustahkam infratuzilma va yer maydonlari taklif etish orqali tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishga xizmat qiladi. Sh.Qurbonovning ishida [5] KSZlarni tashkil etishda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, biznesni davlat tomonidan boshlang‘ich qo‘llab-quvvatlash dasturlari va xalqaro tajribaga mos ravishda soliq va moliyaviy imtiyozlar joriy etish lozimligi ta’kidlanadi. G.Toshmatova va N.Egamberdiyevalar o‘z tadqiqotlarida [2] mahalliy sanoat hududlarini universitetlar va ilmiy markazlar bilan integratsiya qilishni taklif etishadi. Bu “texnoparklar” orqali innovatsiyalarni sanoatga joriy qilishda muhim o‘rin tutadi. Iqtisodchi olimlar, jumladan, Sh.Abdullayev o‘z tadqiqotlarida [1] KSZlarni tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi, ularning kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun logistika va infratuzilma jihatdan qulay muhit yaratishdagi ahamiyatini ta’kidlaydi. Muallif sanoat korxonalarini yagona hududda joylashtirish va ularni xizmatlar bilan ta’minlash jarayonida “klaster effekt” yuzaga kelishi orqali raqobatbardoshlik oshishini ko‘rsatadi. M.Yusupov va J.Fayziyev esa o‘tkazgan tadqiqotlarida [4] Rossiya, Xitoy, Turkiya, Vyetnam, Fransiya kabi davlatlardagi kichik sanoat hududlarining shakllanishi va samarali boshqaruv modellari haqida ma’lumotlar keltiradi. Xususan, Vyetnamdagi “rag‘batlantirilgan zonalar” amaliyoti — xorijiy investorlarni jalb qilish, soliq va yer imtiyozlari berish orq
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada O‘zbekistonda kichik sanoat hududlarini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud imkoniyatlar hamda xorijiy mamlakatlar – xususan, Janubiy Koreya, Turkiya, Xitoy va…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada O‘zbekistonda kichik sanoat hududlarini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud imkoniyatlar hamda xorijiy mamlakatlar – xususan, Janubiy Koreya, Turkiya, Xitoy va… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sanoat hududlari, ishlab chiqarish klasterlari, O‘zbekiston iqtisodiyoti, investitsiya muhit, eksport salohiyati, kichik sanoat zonalari, xorijiy tajriba, sanoat siyosati, infratuzilma, mahalliylashtirish
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025