Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языковScientific supervisor: B.M.Nematov, Student: K.A.Abdukhakimova2016
HARBIY KADRLARNI TAYYORLASHDA ILMIY-NAZARIY YONDASHUVLAR
Karimov Bobur Bagadirovich · O‘R QK Akademiyasi ilmiy tadqiqotchisi
Interpretation and researches · 1 · 2026
Аннотация
The article focuses on highlighting scientific and theoretical approaches to military personnel training, the role of military personnel, their political role in ensuring state security, and other aspects. Keywords: military personnel, scientific and theoretical approaches, security, process, qualification, personnel training, training. Bugungi kunda milliy armiyamizni professional jihatdan kuchli, ma’naviy- axloqiy fazilatlarga ega, vatanparvar, o‘z ona yurtiga nisbatan muhabbat va sadoqat sifatlariga ega Vatan himoyachilari ya’ni ofitserlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Mustaqillik yillarida harbiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy talablarga javob beradigan samarali tizimi yaratilib, bu milliy armiyamiz saflarini bugungi kun talablariga javob beradigan, puxta tayyorgarlikka ega, intellektual jihatdan yetuk, operativ hamda strategik fikrlay oladigan mutaxasislar bilan to‘ldirish uchun keng imkoniyatlar ochib bermoqda. Mamlakat mudofaasini ta’minlashda harbiy kadrlarning o‘rni haqida so‘z boshlaganimizda, avvalo harbiy kadrlarni tayyorlash siyosati tushunchasiga to‘xtalib o‘tishimiz kerak va undan kelib chiqqan holda harbiy kadrlar siyosati davlat xavfsizligini ta’minlashdagi siyosiy o‘rni va boshqa jihatlariga e’tiborni qaratish lozim. Ilmiy va ilmiy ommabop adabiyotlarda “harbiy kadr”, “ofitserlarni tayyorlash”, tushunchalariga oid turlicha sharhlar berib kelinmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri bu Qurolli Kuchlar tarkibiga yetuk, professional ofitserlarni yetkazib berishga bo‘lgan ehtiyojni o‘sib borishi bo‘lsa, ikkinchidan, rahbariyat 103 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 tomonidan ushbu yo‘nalishni rivojlantirishga bo‘lgan sa’yi-harakatlarni amalga oshirishga bo‘lgan tashabbuslarning ortib borishidir. Mazkur yo‘nalishda xorijlik tadqiqotchilar tomonidan harbiy kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish yuzasidan ko‘pgina ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Biroq, ularda asosan, Oliy o‘quv dargohlarida zahiradagi ofitserlarni tayyorlash jarayoni va ularni malakasini oshirish, ularni tarbiyalashda psixologiya va ijtimoiy fanlarning o‘rni va ishtiroki masalalari bilan cheklanib qolishgan. Ofitser kadrlarni tayyorlash tizimiga doir nazariy-metodologik asoslar, yondashuvlar hamda mazkur tizimni takomillashtirish masalalari bo‘yicha mahalliy va chet el olimlari tomonidan o‘rganilganlik darajasini aniqlash va yoritish maqsadida bir qator dissertatsiya, monografiyalar, maqolalar va xalqaro ilmiy konferensiyalarning materiallari tahlil qilindi. Xususan, Qurolli kuchlarda professional harbiy kadrlarni tayyorlash masalasi nazariy-amaliy ahamiyatga molik masalalar hisoblanib, G‘arb klassik nazariyotchi va amaliyotchi olimlaridan S. Xantington, K. Vuono, J. Stevenson, R. Rivkin bu masalaning harbiy amaliy jihatlarini, Rossiya Federatsiyasi olim va amaliyotchilaridan A. Bikov, A. Volkoviskiy, V. Gerasimov, A. Dobrovolskiy, S. Koninin, I. Mixalev, kabilar ushbu mavzu yuzasidan tadqiqot olib borishgan. Shu bilan birgalikda, hozirgi kunda fan va texnika taraqqiyoti harbiy amaliyotda ham qo‘llanilib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng, milliy armiyamiz yangidan barpo etildi, aynan shu davrdan boshlab bu masala olimlarimiz tomonidan o‘rganila boshlandi. Bunda “harbiy xizmatchining shaxsi”, “harbiy ta’lim-tarbiya”, “harbiy kasb ahloqi”, “harbiy kasbga tayyorlash” kabi muammolar o‘zbek faylasuf, psixolog, sotsiolog va pedagog olimlar tomonidan ham o‘rganila boshlandi. Mavzu doirasida qilingan ilmiy tadqiqot ishlarida ofitser kadrlarni tayyorlash tizimida mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha tadqiqotchilar tomonidan turli qarashlar mavjudligi aniqlandi. Xususan, ushbu mavzuni falsafiy jihatlarini olimlar S. Otamuratov, xuquqiy jihatlarini A. Tursunov, B. Orifjonov, pedagogik- psixologik D. Mesheryakov, A. Qambarov Sh. Zaxidov, A. Kuranboev, U. Temirova, sotsiologik va siyosiy tomonlarini S. Axrorov, F. Esaev va boshqalar tomonidan tadqiq etilgan [1]. Shuningdek, Sh.B. Zaxidov o‘z ilmiy tadqiqot ishida Qurolli Kuchlar tizimidagi oliy harbiy bilim yurtlarida harbiy ta’lim-tarbiya tizimida pedagogik-psixologik muammolar mavjudligi, bular: fuqarolarni harbiy xizmat uchun tanlash, kursantlarni harbiy xizmatga tayyorlash, qayta tayyorlash va boshqarish, har bir harbiy xizmatchi uchun o‘z ustidan ishlash, o‘z savodxonligini oshirish, kasbiy ahloq va talabnomalarga qat’iy rioya etish, shuningdek ayrim funksional va tashkiliy muammolar yuzasidan fikrlarni bildirgan. Masalan, darslarning noteng taqsimlanishi, 104 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 kursantlarga tushadigan yuklamalar og‘irligi, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘rtasidagi tafovutlar va malakali pedagoglarning kamligi va ulardagi vakantlarning ko‘pligi kabi muammolar ochib berilgan [2]. Undan tashqari, R.
Доказательный фрагмент
«The article focuses on highlighting scientific and theoretical approaches to military personnel training, the role of military personnel, their political role in ensuring state security, and other aspects.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article focuses on highlighting scientific and theoretical approaches to military personnel training, the role of military personnel, their political role in ensuring state security, and other aspects. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- military personnel, scientific and theoretical approaches, security, xavfsizlik, ilmiy-nazariy yondashuvlar, malaka, kadrlarni tayyorlash, mashg‘ulot., harbiy kadrlar, jarayon
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025