К содержанию
РецензированоUZ2026

MUHANDISLIK QO‘SHINLARIDA ROBOT SAPYOR VA ROBOT TEXNIKALARNI ZAMONAVIY RIVOJLANISH YO‘NALISHI

Eshmuradov Z.M. · O‘R QK Akademiyasi katta o‘qituvchisi

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

The activity and importance of scientific research and design- experimental work on the creation of robot sappers and robotic (complex) systems in all leading countries of the world and the expansion of their production to achieve the advantage of reducing personnel losses when used in armed conflicts are revealed. Keywords: fire training, fire, communication, simulator, robot-sapper, weapons, robotics, readiness, accuracy, combat weapons, troops, tactical action, military terms. Hozirgi vaqtda yetakchi chet el davlatlari armiyalarida harbiy qurol-aslahalarni va maxsus texnikalarni robotlashtirish ko‘rib chiqilmoqda bu birgina qurolli kurashish vositalarning rivojlanish yo‘nalishini eng muhim asosiy prinsiplari hisoblanadi. Masofadan boshqariladigan robot sapyor har qanday shubhali qurilmalar yoki qutilarni tekshirish va yo‘q qilish uchun foydalaniladi. Robot oldida 4 ta kamera va tutqich bilan jihozlangan. 2000 yilda robotlar Bosniyada ishlatilgan, 11 sentabrdan keyin vayronalarni tozalashda, 2015 yilda Afg‘oniston va Iroqda qo‘llanilgan (1- rasm). Talon seriyasidagi harbiy robotlar 300 000 dan ortiq jangovar vazifalarni 93 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 bajarishda ishtirok etgan. Ushbu robotning 4000 ortiq turli modellari ishlab chiqarilgan. 1-rasm. TALON robot-sapyori va uning asosiy ishchi jihozlari. Asosiy TALON robotning uzunligi 86 sm, balandligi 42 sm, og‘irligi 52 dan 71 kg gacha, 44 kg gacha foydali yuk ko‘tara oladi va 680 kg gacha og‘irlikdagi yukni tortish imkoniga ega. Robotning elektr quvvati bajarayotgan ishiga qarab 2,8 soatdan 4,5 soatgacha, hatto kutish rejimida 7 kungacha qayta quvvatlanmasdan elektr toki bilan ta’minlaydi. Elektr ta’minoti 8,3 km/s tezlikka erishish imkonini beradi. Robot 450 dan oshmaydigan zinalardan yuqoriga ko‘tarila oladi. Robotni kabel orqali boshqarish masofasi 300 m, radio orqali 500-800 m gacha, ishga kengaytirilgan radiomachta bilan 1000 gacha. Manipulyator to‘liq cho‘zilganda 11 kg gacha og‘irlikdagi yuklarni ko‘tarish imkoniga ega [3]. “Skorpion” robot-sapyor joylarda portlash xavfi bo‘lgan predmetlarni qidirish, bosganda harakatga keluvchi minalar va sim tortqi (rastyajka) bilan o‘rnatilgan minalarni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan. Ushbu robot sapyorlarni hayoti uchun xavflarni kamaytirish imkonini beradi. “Skorpion” yengil sinfdagi robototexnik kompleks turiga mansub bo‘lib, ushbu robot Suriyada qo‘llanilgan “Skarabey” robotining kamchiliklarini hisobga olib ishlab chiqilgan. Skorpion to‘rt g‘ildirakli platforma bazasida yaratilgan (2-rasm). “Skorpion” joylarda muhandislik razvedkasini olib borish bilan birga, bosganda va tortilish natijasida ishga tushuvchi piyodalarga qarshi minalar va qo‘lbola portlovchi qurilmalarni trallash, 25 kg gacha og‘irlikdagi portlatish zaryadlarini vazifani bajarish joyiga yetkazib berish, harbiy xizmatchilar borishi qiyin bo‘lgan joylarda video va audio ma’lumotlarni yig‘ish vazifalarini ham bajaradi [4]. 94 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 2-rasm. Rossiyalik sapyorlarning Palmirda joylarni portlash xavfi bo‘lgan predmetlardan tozalash jarayoni Ushbu robot Rossiya Federatsisi Mudofaa vazirligi qurollanishiga 2020 yilda qabul qilingan. Ishlab chiqaruvchi AO «SET-1» kompaniyasi. “Skorpion” to‘rt g‘ildirakli platforma bazasida ishlab chiqilgan bo‘lib og‘irligi 20 kg ni tashkil etadi. Robot o‘ziga o‘rnatilgan akkumulator batareyalari bilan avtomon ishlash vaqti 4 soatdan iborat. Maksimal harakatlanish tezligi – 3,3 m/s, boshqaruv uzoqligi 1000 m. Robotning afzalliklari yuqori harakatchanligi, shahar sharoitida imoratlarda va o‘rtacha kesishgan joylarda harakatlanishda manyovrchanligi, shuningdek zinapoyalardan yuqoriga ko‘tarila olishi. Ushbu robotni boshqarish va ma’lumotlarni uzatish yagona raqamli radio kanali orqali amalga oshiriladi, boshqaruvga bo‘ladigan bosimni cheklaydi. Bundan tashqari radiojimlik rejimida yoki radiosignallar bostirilgan vaziyatlarda simli boshqarish ham ko‘zda tutilgan. Ridiosignallar tarqalgan qiyin sharoitlarda robotni ishonchli boshqaruvchi va tasvirlarni qabul qilish 250 m gacha yetadi. Robotning balandligi 15 sm.ni tashkil etadi va bu esa dushman payqashini kamaytiradi, elektr dvigateli esa shovqinni kamaytiradi. Dunyoning barcha yetakchi davlatlari jangovar robotlarni va robotlashtirilgan (komplekslarni) majmualarni yaratish bo‘yicha va ularni ishlab chiqarishini kengaytirib harbiy qurolli to‘qnashuvlarda qo‘llashda shaxsiy tarkibga talofat yetishini kamaytirish ustunligiga erishish uchun ilmiy-tadqiqotli va konstruktorli- tajriba ishlarini faol o‘tkazmoqda. Jangovar harakatlarda muhandislik ta’minoti vazifalarini bajarishini hal qilish uchun chet el armiyalarining yerdagi harbiy qurol-aslaha va maxsus texnikalarini (HQAMT) robotlashtirilishi quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilmoqda: Birinchidan. U

Доказательный фрагмент

«The activity and importance of scientific research and design- experimental work on the creation of robot sappers and robotic (complex) systems in all leading countries of the world and the expansion of their producti…»

Образец извлечения

Демо-превью

The activity and importance of scientific research and design- experimental work on the creation of robot sappers and robotic (complex) systems in all leading countries of the world and the expansion of their producti… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
fire training, fire, communication, simulator, robot-sapper, weapons, robot sapyor, kommunikatsiya, qurol-aslaha, robot-texnika, trenajyor, shaylik, jangovar qurol, aniqlik, o‘t ochish, otish tayyorgarligi, taktik harakat, harbiy atamalar., qo‘shin
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники