К содержанию
РецензированоUZ2025

O’ZBEK XALQ PAREMALARDA AKS ETGAN XALQ MADANIYATI

NEW RENAISSANCE · Ziyoyeva Marjona Anvar qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

This article analyzes the folk culture reflectedin Uzbekfolk proverbs. It discusses the intrinsic connection between language and people. Additionally, the presented ideas are illustrated through examples from folk oral literature. Keys words: etnolinguistics, ethnos, proverb, saying, ethnic culture, paremia, paremiology. KIRISH. Parema- xalq og’zaki ijodining mahsuli bo’lib, ixcham va soda, qisqa va mazmundor, mantiqiy umumlashma sifatida paydo bo’lgan. Muayyan tilda mavjud bo’lgan maqol va matallar paremalar tizimini tashkil etadi. Paremalarda xalqning milliyligi va uning madaniyati, urf-odat va qadryatlari, diniy e’tiqodlari namoyon bo`ladi. ASOSIY QISM. Etnolingvistika- tilshunoslikning til vat il egasi bo’lgan xalq orasidagi bog`liqlikni hamda munosabatlarni, til rivoji, vazifaviy xususiyatlariga lisoniy, etnik omillarning birgalikdagi ta’sirini o`rganuvchi sohasi. A.Hojiyev ``Tilshunoslik terminlarining izohli lug`ati`` kitobida etnolingvistika haqida shunday ta’rif beradi.. ``Etnoligvistika- makrolingvistikaning til bilan xalq o`rtasidagi munosabatlarni, tilning faoliyati va taraqqiyotida lingvistik va etnik omillarning o’zaro ta’sirini o’rganuvchi bo’limi...".[2] Etnolingvistika tilning etnik jihati va etnosning lingvistik xususiyatlarini ifodalash, ichki va millatlararo aloqalardagi etnolingvistik jarayonlar, etnik jarayonlarning shakllanishi va faoliyatida tilning o’rni, til va an’anaviy madaniyat, tafakkurning etnik o’ziga xosligi, dunyo tillarining etnolingvistik tasnifini ifodalaydi. Etnolingvistika, ayniqsa, yozuvga ega bo’lmagan xalqlarning etnografiyasini o’rganishda, ularning tillardagi etnik xususiyatlar bilan bog’liq lisoniy materiallarni to’plash va tadqiq qilishda qo’l keladi. U, asosan, ikki yo’nalishda ish ko’radi: - xalqning etnolisoniy xususiyatini tavsifiy asosda o’rganish; - xalqning etnolisoniy xususiyatini tavsiyaviy asosda o’rganish. 263 NEW RENAISSANCE 2025 APRIL INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 4 Bunda birinchi maqsadni shartli ravishda tashqi va ikkinchisini ichki maqsad deyish mumkin.[4] Til jamiyat madaniyati va tarixining muhim qismi bo’lib, u xaqlning qadryatlarini va turmush-tarzini aks ettiradi. Etnoligvistika esa til va madaniyat o`rtasidagi o`zaro bog`liqlikni o’rganib paremalar tizimidagi til birliklarini tahlil qiladi. Paremalarning etnoligvistik xususiyatlari: 1.Maqollar va matallarda xaqlning qadriyatlari, urf- odatlari, diniy e’tiqodlari aks etadi. Masalan. ``Amri padar- arshdan a’lo"[3] Arsh- diniy aqidalarga ko`ra, Allohning taxti, Falakning eng yuaori qismidagi saroy. Maqolda otaning so`zi, amri, buyrug`I ana shu arshdan ham ulug` deb ko`rsatiladi va farzandlarga otaning aytganini bajo keltirish lozimligi uqtiriladi. ``Qizniki qiyin bilan bitar, o`g`ilniki o`yin bilan bitar.`` Ushbu maqolda xalqimiz turmushida hukm surib kelayotgan urf-odatlar, rasm-rusumlar, tartib- qoidalarga binoan, qiz uzatish- o`g`il uylantirishga nisbatan ancha mushkul va ko`p mablag` talab qiladi. 2.Turli tillardagi maqollarni taqqoslash orqali xalqlarning dunyoqarashi farqlari o`rganiladi. Masalan, ``Ko`pdan qut ketmas.`` Ushbu maqol o`zbek tilida jamoatchilik qadryati, birdamlikni ulug`lash kuzatiladi, ingliz tilidagi ``Too my cooks spoil the broth`` esa individualizmga urg`u beradi.[5] 3.Har bir tilga xos obrazlar paremalarda yaqqol aks etadi. Masalan, bizning faqatgina o`zbek tilimizga xos bo`lgan ``qaynona`` va ``kelin`` obrazlari maqollarda ko`plab uchraydi.[5]``Kelin bo`ldim qaynonamga yoqmadim, qaynona bo`ldim kelinimga yoqmadim.`` yoki ``Qaynonaga tosh otsang tosh olasan, qaynonaga osh otsang odh olasan`` kabi maqollarni misol qilishimiz mumkin. Ushbu maqolda quda-andachilik, qaynona kelin munosabatlari yoritilgan. 4. Paremalarda diniy va e`tiqodiy omillar, ya’ni bunda etnolingvistik jihatdan tahlil qilganda ko`plab paremalar islomiy aqdryatlarga asoslanganligini ko’rish mumkin. Masalan, ``Zakotli mol o`tda kuymas, suvda cho`kmas``. Zakot- musulmonlardan har yili olinadigan diniy soliq bo`lib, islim shariatiga ko`ra, uni to`lash farz, ya’ni majburiyatdir. Islomiy aqidalarga binoan o’z ehtiyojlaridan tashqari bir yilgacha sarf bo`lmay kelgan 83gramm oltin yoki 200gramm kumush miqdoridagi pulga yoki shu miqdoridagi savdo puliga ega bo`lgan kishi badavlatdir. Bu kishi esa ortiqcha boyligini qirqadan bir qismini zakot niyatida berishi bu farz hisoblangan. Paremalarning etnolingvistik tahlili ularning linvistik, balki madaniy, ijtimoiy va tarixiy jihatlarini ham ochib beradi. 264 NEW RENAISSANCE 2025 APRIL INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 4

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the folk culture reflectedin Uzbekfolk proverbs.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the folk culture reflectedin Uzbekfolk proverbs. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
etnolingvistika, maqol, matal, etnos, parema, paremiologiya., etnik madaniyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники