Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MANG’ITLAR SULOLASI DAVRIDA AMIRLIKDAGI IQTISODIY AHVOL VA MULKIY MUNOSABATLAR
MULKIY MUNOSABATLAR · Ahmadov Ostonjon Asror o‘g‘li · Elova Dilnoza Davlatovna
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article scientifically analyzes the issue of economic life and property relations in the Bukhara Emirate during the Mangid dynasty. Keywords: Mangids, Bukhara Emirate, trade, property relations, land ownership, economic life, livestock. ЭКОНОМИЧЕСКОЕ ПОЛОЖЕНИЕ И ГРАЖДАНСКИЕ ОТНОШЕНИЯ В ЭМИРАТЕ ВО ВРЕМЯ ДИНАСТИИ МАНГИДОВ Аннотация. В статье научно анализируется вопрос экономической жизни и имущественных отношений в Бухарском эмирате в период правления династии Мангидов. Ключевые слова: Мангиды, Бухарский эмират, торговля, имущественные отношения, землевладение, хозяйственная жизнь, скот. Amirlikdagi iqtisodiy ahvol va mulkiy munosabatlar o’rganilganda shunga amin bo’ldikki, iqtisodiy hayotda Buxoro amirligi axolisining katta qismi dehqonchilik bilan shug’ullangan. Yerning ko’p qismi davlatning qo’l ostida bo’lib, u «amloki podshohi» yoki «mulki sultoni» deb atalgan. Yerning 2-qismi odamlarning xususiy mulki hisoblanib, uning talay qismi boylarning qo’l ostida edi. Bunday yerlar «mulk yerlari» deb yurgizilgan. Yerning 3-qismi masjid, madrasa va mozorlarni moddiy jihatdan ta’minlash maqsadida vaqf nomi bilan berilgan. Davlat yerlarining ma’lum qismi amirlar tomonidan xizmat ko’rsatgan nufuzli kishilarga umr bo’yi foydalanish uchun in’om qilingan. Bu xildagi yerlar «suyurg’ol» yoki «tanho» nomi bilan atalgan. 1385 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Dehqonlar paxtachilik, ipakchilik, kanopchilik, polizchilik, sabzavotchilik, bog’dorchilik va chorvachilik bilan shug’ullanganlar. Minglab kishilarni qamrab olgan hunarmandchilik keng qo’lamda rivojlangan. Uning mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarning muhim buyumlari sifatida juda qadrlangan. Buxoro, Samarqand. Xujand va Toshkent yirik xunarmandchilik markazlari sifatida shuhrat qozongan. D.N.Logofetning ma’lumotlariga qaraganda, Buxoro amirligining „Qashkadaryo vohasi, Surxondaryo vohasi, Yakka-bog’, Kitob, Chiroqchi, Qarshi, Shahrisabz, G’uzor, Termiz tumanlarida paxta katta mikdorda yetishtirilgan[1]. Ayniqsa, Rossiya bilan O’rta Osiyo xonliklari o’rtasida aloqaning uzaro yaxshilanishi tufayli, XVI asrdan boshlab XIX asr ikkinchi yarmiga kadar Buxoro amirligida paxta yetishtirishga katta e’tibor berila boshlandi. Xalkaro may-donda va jaxrn bozorida paxta narxining ancha oshishi aynan paxta yetishtirishning ko’payishiga sabab bo’lgan edi. A. Kostenkoning ma’lumotlariga qaraganda, O’rta Osiyo xonliklari ichida Buxoro paxtasi alohida diqqatga sazovor bo’lib, u ancha qimmat turgan. P.I.Demezonning yozishicha, Buxoroda sholi yetishtirishga katta e’tibor berishgan. Eng yaxshi guruch Miyonqol hududlarida va Samarkand atroflarida yetishtirilgan. Buxoro shaxrining o’ziga, odatda, Shaxrisabz va Xisordan ko’plab guruch olib kelingan. Buxoroda bug’doy (gandum), juxori, oq jo’xori, makkajo’xori, kunjut, arpa javdar, tariq, mosh, nuxat, loviya kabi poliz ekinlari ko’plab yetishtirilgan. Qishda (1834 yili) Buxoroda bug’doyning bir botmoni 12—14 tanga miqdorida, kunjutning bir botmoni 18—19 tanga, arpa javdarning bir botmoni 10,5 tanga, no’xatning bir botmoni 20 tanga miqdorida sotilgan[2]. Qarshi va Miyonkol hududlarida juda ko’p tamaki yetishtirilgan. Qarshi tamakisi eng yaxshi sifatli tamaki hisoblangan. Shuningdeq Buxoroda juda katta mikdorda uzum yetishtirilardi. Uzumning husayni, sohibi, toifi, ishburxoni, siyohi, kishmish navlari ko’p. Mayiz qilishga e’tibor juda katta bo’lgan, soyada quritilgan kishmish— soyaki deyilgan. Oftobda kuritilgani esa oftobi deyilgan. Bundan tashqari Buxoroda bog’ yaratishga katta e’tibor berilgan. O’rik, bodom, gilos, olcha, yovvoyi gilos, tog’ olchasi, pista, shaftoli, nok olxuri, olma, yong’oq, behi, anor hamda tutlarning katta-katta bog’lari mavjud bo’lib, ulardan ko’plab hosil olingan. Buxoroda ipakchilik rivojlanishiga katta e’tibor qaratilganligi tufayli ipak savdosi ancha katta ahamiyatga molik bo’lgan. Ipakchilik rivojlanishining asosiy manbai bu — tut daraxtlarining yetarli miqdorda bo’lishidir. Tut daraxti O’rta Osiyoda keng tarqalgan daraxt turlaridan xisoblanadi. Ayniqsa, Buxoro voxasi, Zarafshon vodiysi, Karmana, Miyonkolda, umuman suv ko’p bo’lgan barcha hududlarda tut daraxtlari nihoyatda ko’p o’stirilgan. P.I.Demezon ma’lumotlariga qaraganda, „Buxoro atrofi va Karmanada yetishtirilgan ipak eng yaxshi xisoblangan[3]. 1386 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Buxoroda ipak xom ashyosi, ya’ni pillasining bir pudi 13—14 tilla, ipakdan yigirilgan ipning bir pudi esa 30—32 tilla turgan. Toza ipak va yarim ipakdan turli xil matolar tayyorlangan. Jumladan atlas, beqasam, adras va hokazolar. Buxoroda ko’k, yashil, sariq va eng ko’p miqdorda qizil rangli matolar tayyorlashga e’tibor juda katta bo’lgan[4]. P.I.Demezonning ma’lumotlarida Buxorodagi paxtachilik masalasiga tuxtalib, shunday fikrlar bildirilgan. „Paxta Buxoro atroflarida, Miyonkolda, Karmanada va Samarkandda muvaffaqiyatli yetishtiriladi va u ancha yaxshi sifatli hisoblanadi. Qarshi va Chorjuy paxtalari sifat jixatdan past his
Доказательный фрагмент
«This article scientifically analyzes the issue of economic life and property relations in the Bukhara Emirate during the Mangid dynasty.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article scientifically analyzes the issue of economic life and property relations in the Bukhara Emirate during the Mangid dynasty. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Mangids, Bukhara Emirate, trade, property relations, land ownership, mulkiy munosabat, iqtisodiy hayot, Mang’itlar, yer egaligi, suyurg’ol., Buxoro amirligi, savdo-sotiq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026