Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
12–14 YOSHLI SUZUVCHILARNING FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI ASOSIDA MAXSUS JISMONIY VA TEXNIK TAYYORGARLIKNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
Adamboyev Sulaymon Farhod o‘g‘li · ИХ ФИЗИОЛОГИЧЕСКИХ ОСОБЕННОСТЕЙ
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article analyzes the physiological characteristics of 12-14-year-old swimmers and presents methods for improving their special physical and technical training. The research results indicate that growth rates and biological development at this age are highly individual, necessitating a personalized approach to training loads. The article provides scientifically grounded recommendations aimed at enhancing the effectiveness of physical and technical preparation. Keywords: Young swimmers, physiological characteristics, special training, technical movements, physical development, coordination, endurance, explosive strength, sports training, reaction speed, training load, growth phase, motor activity, biological approach, swimming technique. Kirish Qismi: Bugungi kunda sportning turli yo‘nalishlarida, xususan, suzish bo‘yicha yutuqlarga erishishda sportchilarning yosh bosqichidagi tayyorgarlik darajasi muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, 12–14 yosh oralig‘ida suzish bilan shug‘ullanayotgan sportchilar organizmida yuzaga keladigan fiziologik va psixologik o‘zgarishlar ularning jismoniy faolligiga, texnik harakatlarni o‘zlashtirishiga va musobaqalarda ishtirok etish samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu yosh davrida organizmda o‘sish sur’atlarining tezlashuvi, mushak va suyak tizimining shakllanishi, shuningdek, markaziy asab tizimining faollashuvi sport mashg‘ulotlarining mazmuni va uslubiga individual yondashishni talab etadi. Aynan shu yoshda sportchilarda texnik, jismoniy va koordinatsion qobiliyatlarni shakllantirish uchun eng optimal poydevor yaratiladi. Ilmiy manbalarda ham ushbu bosqichdagi sportchilar uchun yuklamaning mos darajada tanlanishi, fiziologik xususiyatlarning hisobga olinishi va motivatsion omillarning e’tiborga olinishi yuqori natijalarga erishishda asosiy omillardan biri sifatida e’tirof etiladi. Shu sababli, 12–14 yoshli suzuvchilarning fiziologik rivojlanish darajasini o‘rganish va unga mos ravishda maxsus jismoniy va texnik tayyorgarlikni shakllantirish ilmiy va amaliy jihatdan dolzarb masalalardan biridir. Ushbu maqola aynan shu muammoni yoritishga, hamda ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan. Asosiy Qism (12–14 yoshli suzuvchilarning fiziologik xususiyatlari asosida) 1. O‘sish va somatik rivojlanish. 12–14 yoshdagi suzuvchilarning jismoniy rivojlanishi fiziologik jihatdan muhim bosqichga to‘g‘ri keladi. Bu davrda bolalar organizmida tezlashtirilgan o‘sish jarayoni – ya’ni o‘sish spurti boshlanadi. O‘g‘il bolalarda u odatda 13–14 yoshda, qiz bolalarda esa 11–13 yoshda kuzatiladi. 1374 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Suyak to‘qimalari bu yoshda intensiv o‘sadi, biroq yetarli mustahkamlikka ega bo‘lmagani sababli, ayniqsa suzish sportida suzish tezligi, energiya sarfi va uzluksiz davom etadigan yuklamalarda jarohatlanish xavfi ortadi. Shu bois bu bosqichda mashg‘ulotlar ehtiyotkorlik bilan, fiziologik imkoniyatlarga mos holda tashkil etilishi lozim. Muskul massasining hajmi ortadi, lekin portlovchi kuch, muvozanat va koordinatsiya kabi murakkab jismoniy qobiliyatlar hali to‘liq shakllanmagan bo‘ladi. Suzish sporti uchun texnik tayyorgarlikni asta-sekinlik bilan olib borish, murakkab harakatlarga tayyorlash muhim hisoblanadi. 2. Mushak kuchi va chidamlilik. Suzish sportida mushak kuchi va chidamlilik asosiy harakat faoliyatlarini belgilovchi omillardandir. 12–14 yoshdagi suzuvchilarda mushaklar massasining tana og‘irligiga nisbatan ulushi hali past bo‘lishiga qaramasdan, bu ko‘rsatkich yil sayin ortib boradi. Statik kuchga qaraganda dinamik kuch tezroq rivojlanadi, bu esa suzishdagi tezkor zarbalar, suvda harakatlanish va chidamlilik uchun juda muhimdir. Mashg‘ulotlarda chidamlilikni rivojlantirish bilan birga yurak-qon tomir tizimi holatiga ham e’tibor berish zarur, chunki bu yoshda u hali mukammal darajada moslashmagan bo‘ladi. Mashg‘ulotlar aerob (kislorodli) va anaerob (kislorodsiz) imkoniyatlarga mos tarzda rejalashtirilsa, sportchilarning umumiy jismoniy holati sezilarli darajada yaxshilanadi. 3. Koordinatsiya va tezkorlikKoordinatsiya suzish sportida texnik va taktik harakatlarni aniq va samarali bajarishning asosi hisoblanadi. 12–14 yoshda harakatni boshqarish, muvozanatni saqlash, fazoviy orientatsiya, reaksiya tezligi kabi qobiliyatlar faol rivojlanadi. Bu yosh davri koordinatsion qobiliyatlarni shakllantirish uchun eng qulay bosqich hisoblanadi. Suzuvchilar uchun bu jarayonda harakatlar ketma-ketligini tushunish, o‘z vaqtida bajarish va tez o‘zgaruvchan holatlarga moslasha olish muhimdir. Shu sababli mashg‘ulotlarda texnik elementlar bilan bir qatorda, tezkorlik va harakatni boshqarish qobiliyatlariga alohida e’tibor qaratilishi lozim. 4. Psixofiziologik xususiyatlarSuzish sportida yosh sportchilarning ruhiy-irodaviy tayyorgarligi ularning texnikasi va musobaqaviy ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. 12–14 yoshda sportchilarda o‘ziga ishonch endigina shakllanadi, va bu davrda ular ko‘p hollarda murabbiyning fikr
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the physiological characteristics of 12-14-year-old swimmers and presents methods for improving their special physical and technical training.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the physiological characteristics of 12-14-year-old swimmers and presents methods for improving their special physical and technical training. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Young swimmers, physiological characteristics, special training, technical, chidamlilik, Yosh suzuvchilar, koordinatsiya, portlovchi kuch, biologik yondashuv, suzish texnikasi., maxsus tayyorgarlik, fiziologik xususiyatlar, texnik harakatlar, reaksiyaviy tezlik, o‘sish bosqichi, jismoniy rivojlanish, sport mashg‘ulotlari, harakat faolligi, mashg‘ulot yuklamasi
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025