К содержанию
РецензированоEN2026

FUTBOLCHILARNING IRODAVIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH ORQALI MUSOBAQA OLDI HAVOTIRINI KAMAYTIRISH

Soliyev Sanjarbek Shuhratjon o‘g‘li · ПРЕДСОРЕВНОВАТЕЛЬНОГО СТРЕССА

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This article analyzes the importance of developing volitional qualities in football players and their role in reducing pre-competition stress. It demonstrates that the development of volitional qualities, enhancement of psychological preparation, and the use of stress management techniques contribute to achieving high results in competitions. Practical recommendations and methods are presented to improve football players' psychological state, and scientific approaches are developed for this process. 1360 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Keywords: sports psychology, psychological stress, volitional football, periodization of sports training, high sports skills, football players, stress management, psychological preparation. Kirish: Hayotimizda har bir inson o‘z maqsadlariga erishish uchun turli qiyinchiliklarga duch keladi. Bunday vaziyatlarda insonning irodasi va psixologik mustahkamligi katta ahamiyat kasb etadi. Irodali inson turli sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tadi va eng yuqori natijalarga erishadi. Sportchilarda ham irodaviy sifatlar va psixologik mustahkamlikning o‘rni katta, ayniqsa yuqori darajadagi sportda. Futbol kabi jismoniy va psixologik kuchlarni talab qiladigan sport turlarida, sportchilarning irodaviy sifatlarga ega bo‘lishi, ularning musobaqa oldi havotirlarini kamaytirish va raqobatga tayyor bo‘lishlariga yordam beradi. Futbol sporti, ayniqsa oliy sport mahoratiga ega bo‘lgan futbolchilar uchun psixologik tayyorgarlikning muhim jihatlarini o‘z ichiga oladi. Psixologik zo‘riqishlar va stresslar, futbolchilarning o‘yin natijalariga ta'sir qiladi, shuning uchun irodaviy sifatlarni rivojlantirish sportchilarning psixologik tayyorgarligi uchun zarur bo‘ladi. Bu maqola, futbolchilarning irodaviy sifatlarini rivojlantirish va musobaqa oldi havotirlarini kamaytirishga qaratilgan metod va yondashuvlarni o‘rganadi. Mavzumizning Dolzarbligi: Sport, ayniqsa futbol kabi jismoniy va psixologik jihatdan murakkab sport turlari, zamonaviy sharoitda katta e'tibor talab qilmoqda. Futbolchilarning psixologik holati, jismoniy tayyorgarlikdan keyingi eng muhim omilga aylanmoqda. Irodaviy sifatlar, sportchining raqobatbardosh ruhini, o‘zini tuta olishini va o‘yinda yuqori natijalarga erishishiga bevosita ta'sir qiladi. Musobaqalar oldidan futbolchilarda yuzaga keladigan psixologik zo‘riqishlar, ularning o‘yinlarga tayyorligini pasaytiradi. Shu bois, irodaviy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan psixologik tayyorgarlik, zamonaviy futbolning ajralmas qismi bo‘lib qolmoqda. Bu mavzu, ayniqsa, yuqori darajadagi futbolchilarga, ya'ni oliy sport mahoratiga ega bo‘lgan sportchilarga qo‘llanilishi zarur bo‘lgan metodlarni ishlab chiqishda dolzarbdir. Mavzumizning Ilmiy Yangiligi: Maqolaning ilmiy yangiligi irodaviy futbol metodikasini joriy etish va uning futbolchilarning psixologik holatiga ta'sirini tahlil qilishda yotadi. Irodaviy futbol, o‘zining o‘ziga xos metodlari va o‘yin qoidalari bilan, futbolchilarda psixologik holatni yaxshilash va irodaviy sifatlarni rivojlantirishda samarali vosita bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, maqolada futbolchilarning psixologik zo‘riqishlarga qarshi kurashish va musobaqa oldi tayyorgarlikni optimallashtirish uchun yangi metodlar taklif qilinadi. Bu metodlar, sportchilarning psixologik tayyorgarligini rivojlantirishga yordam beradi va musobaqa natijalarini oshiradi. 1361 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Mavzumizning Maqsadi: Maqoladagi asosiy maqsad — futbolchilarda irodaviy sifatlarni rivojlantirish orqali ularning musobaqa oldi havotirlarini kamaytirish va psixologik tayyorgarliklarini oshirishdir. Bu maqsadga erishish uchun sportchilarni psixologik jihatdan tayyorlash va irodaviy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan metodlar va yondashuvlar ishlab chiqiladi. Maqola, futbolchilarni musobaqaga tayyorlash jarayonida psixologik zo‘riqishlarni kamaytirishga yordam beradigan amaliy yondashuvlarni taqdim etadi. Mavzumizning Vazifalari: Futbolchilarning psixologik tayyorgarligini oshirish: Irodaviy sifatlarni rivojlantirish va musobaqa oldi havotirlarini kamaytirishga qaratilgan psixologik metodlarni o‘rganish. Psixologik zo‘riqishlarni boshqarish: Futbolchilarda musobaqa oldi vaqti yoki mashg‘ulotlar jarayonida yuzaga keladigan stresslarni boshqarish va ularni kamaytirish. Irodaviy futbol metodikasini ishlab chiqish: Irodaviy futbolning psixologik ta'sirini o‘rganish va futbolchilarning irodaviy sifatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodlarni ishlab chiqish. Psixologik tayyorgarlik jarayonini optimallashtirish: Musobaqa oldi vaqti va sportchilarning ruhiy holatini yaxshilashga qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqish. Mavzumizning amaliy tafsiyalar: Irodaviy futbolni jismoniy va psixologik tayyorgarlik bilan birgalikda qo‘llash: Futbolchilarga irodaviy futbolni o‘ynashda jismoniy va psixologik tayyorgarlikni optimallashtirishni o‘rgatish. Sportchilarga psixologik nazorat va stressni boshqarishni o‘rgatish: Musobaqa oldidan psi

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the importance of developing volitional qualities in football players and their role in reducing pre-competition stress.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the importance of developing volitional qualities in football players and their role in reducing pre-competition stress. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sports psychology, psychological stress, volitional football, periodization of, sport mashg‘ulotlarini davriylashtirish, psixologik zo‘riqishlar, oliy sport mahorati, irodaviy futbol, stressni boshqarish, sport psixologiyasi, psixologik tayyorgarlik., futbolchilar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники