Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUALLIFLIK HUQUQLARINI JAMOAVIY BOSHQARISH TIZIMINING AMALIY MUAMMOLARI VA TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
Arasheva Moxigul
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article analyzes the current state of the system of collective management of copyright, the main problems encountered in its practical operation, and ways to overcome them. Based on world experience, models of effective operation of collective management organizations for copyright are studied. Legal, institutional, and economic obstacles existing in the conditions of Uzbekistan, as well as shortcomings in adequately protecting the interests of authors and rightholders, are revealed. The article also provides proposals and recommendations for improving the regulatory framework for the introduction of digital technologies, increasing transparency, and more effective management of copyright. Keywords: intellectual property, collective management organization, legislative framework, legal protection, digital technologies, licensing, copyright fees. Hozirgi zamon raqamli texnologiyalar va ommaviy axborot vositalari jadal rivojlanayotgan davrda mualliflik huquqlarini himoya qilish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ijod mahsulidan adolatli tarzda foydalanish, muallifning mehnatini qadrlash va unga tegishli daromadni ta’minlash mualliflik huquqi tizimining asosiy vazifalaridandir. Shu maqsadda ko‘plab mamlakatlarda mualliflik va turdosh huquqlarni jamoaviy boshqarish tizimi shakllantirilgan bo‘lib, u mualliflar huquqlarini keng ko‘lamda amalga oshirishga xizmat qilmoqda. Biroq, jamoaviy boshqaruv tashkilotlari faoliyati nafaqat yutuqlar, balki qator amaliy muammolar bilan ham to‘qnash kelmoqda. Huquqlarni boshqarishdagi shaffoflik, mualliflar bilan aloqalarning yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagani, to‘lovlarni taqsimlashdagi murakkabliklar va monitoring mexanizm-larining zaifligi ushbu sohaning takomillashtirilishini talab qilmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston sharoitida bu muammolar o‘ziga xos jihatlarga ega bo‘lib, ularni chuqur o‘rganish va hal etish yo‘llarini ishlab chiqish muhim vazifadir. Mazkur maqolada mualliflik huquqlarini jamoaviy boshqarish tizimining amaliy holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tahlil qilinadi. Shuningdek, xalqaro tajribalar asosida ushbu sohani rivojlantirishning istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Mazkur mavzuni yoritishdan asosiy maqsad — mualliflik huquqlarini jamoaviy boshqarish tizimining huquqiy va tashkiliy asoslarini chuqur tahlil qilish, mavjud amaliy muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Shuningdek, xalqaro tajribani o‘rganish asosida O‘zbekiston sharoitida jamoaviy boshqaruv tizimini takomillashtirishning istiqbolli yo‘llarini ko‘rsatish, mualliflik huquqlarining real himoyasini ta’minlovchi samarali mexanizmlarni tavsiya qilish maqsad qilingan. 1356 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Mualliflik huquqlarini jamoaviy boshqarish tizimi — bu mualliflar va turdosh huquq egalarining asarlaridan foydalanish jarayonini tartibga solish, ularga iqtisodiy manfaatlar yetkazish va huquqlarining buzilishidan himoya qilishni ko‘zda tutuvchi tashkiliy-huquqiy mexanizmdir. Bunday tizim, odatda, mualliflar bilan shartnomaga ega bo‘lgan jamoaviy boshqaruvchi tashkilotlar (JBT) orqali amalga oshiriladi. Ushbu tashkilotlar asarlar litsenziyasini beradi, ulardan tushgan daromadni yig‘ib, mualliflarga taqsimlaydi. Bugungi kunda O‘zbekiston hamda ayrim boshqa davlatlar tajribasida mualliflik huquqlarini jamoaviy boshqarish tizimida quyidagi asosiy muammolar mavjud: Shaffoflikning yetishmasligi: JBTlar tomonidan yig‘ilgan mablag‘larning qanday taqsimlanayotgani haqida mualliflar yetarli ma’lumotga ega emaslar. Bu esa ularning ishonchini kamaytiradi. Monitoring tizimining zaifligi: Asarlardan foydalanishni nazorat qiluvchi mexanizmlar yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan. Ayniqsa, internetda asarlarning noqonuniy nusxalanishi holatlari tez- tez uchraydi. Huquqiy savodxonlikning past darajada bo‘lishi: Ko‘plab mualliflar o‘z huquqlari va ularni qanday himoya qilish mumkinligi haqida yetarli bilimga ega emaslar. Tashkilotlararo hamkorlikning sustligi: Davlat organlari, sud tizimi va JBTlar o‘rtasidagi hamkorlik hali yetarlicha samarali yo‘lga qo‘yilmagan. Raqamli muhitga moslashuvdagi muammolar: Raqamli platformalarda (YouTube, Spotify, ijtimoiy tarmoqlar) asarlardan foydalanish bo‘yicha jamoaviy boshqaruv tizimi hanuzgacha to‘liq shakllanmagan. Yuqoridagi muammolarni bartaraf etish uchun quyidagi taklif va chora-tadbirlarni ilgari surish mumkin: Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish: Mualliflik huquqlarini jamoaviy boshqarishga oid qonunchilikka zamonaviy raqamli texnologiyalarni qamrab oluvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish zarur. Axborot tizimlarini joriy etish: Monitoring va hisobdorlikni oshirish maqsadida raqamli axborot tizimlari (masalan, onlayn litsenziyalash platformalari)ni joriy etish muhim. Mualliflar bilan bevosita ishlashni kuchaytirish: Huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha treninglar, seminarlar tashkil etish va mualliflarga ularning huquqlari haqida doimi
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the current state of the system of collective management of copyright, the main problems encountered in its practical operation, and ways to overcome them.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the current state of the system of collective management of copyright, the main problems encountered in its practical operation, and ways to overcome them. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- intellectual property, collective management organization, legislative, mualliflik to‘lovlari., raqamli texnologiyalar, kollektiv boshqaruv tashkiloti, intellektual mulk, huquqiy himoya, qonunchilik bazasi, litsenziyalash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026