К содержанию
РецензированоUZ2026

O'QUVCHILARDA KASB-HUNARGA BO’LGAN QIZIQISHLARINI SHAKLLANTIRISHNI PSIXOLOGIK ASOSLARI

SHAKLLANTIRISHNI PSIXOLOGIK ASOSLARI · Abduraxmatov Sardor Saidovich

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This article presents views on the process of instilling in students a desire and interest in the profession, their formation and development in cooperation with parents. Keywords: interest, inclination, ability, professional activity, professional maturity. O'quvchilarda kasb-hunarga mayl va qiziqish uyg'otish, ularni shakllantirish hamda o'stirish ota-onalar bilan hamkorlikda olib borilsa kutilgan natijalarga erishish mumkin. Shaxsning mutaxassis sifatida shakllanish jarayoni xususida mualliflik qarashlari keltirilgan. Ilgari ishlab chiqilgan shaxsning mutaxassis sifatida shakllanishi yosh xususiyati va ish stajiga bog’liq degan qarashlardan farqli ravishda muallif tomonidan shaxsning kasbiy mahorati bu parametrlarning funksiyasi hisoblanmasligi, aksincha individning kasbiy shakllanishining qaysi bosqichida ekanligiga qarab aniqlanishini ko’rsatib bergan. Kasbiy faoliyatni turli darajada o’zlashtirgan mutaxassislar haqidagi tasavvurlar,qolaversa, kasbiy shakllanish mezonlarining tavsifi keltirib o’tilgan. Malakali kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz ravishda rivojlantirish ehtiyoji va turli ishlab chiqarish sohalarida ko’p yillik ish staji bilan faoliyat yuritayotgan shaxsning o’z imkoniyatlarini to’liq amalga oshirmasligi shaxsni har tomonlama kasbiy faoliyatda o’zini namoyon qilishi muammosini yuzaga keltirdi. 1352 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Bu muammolarni hal qilmasdan turib kelgusi kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatli sifatli ta’limni va rejalashtirishni amalga oshirish mumkin emas. Bu muammoning amaliy ahamiyati uni turli fan doiralar qatorida psixologiya doirasida ham o’rganishni muhimligini ko’rsatib berdi. Kasbiy shakllanish jarayonini o’rganishdagi qiyinchiliklar qobiliyatlar va kasbiy qobiliyatlarning ishni bajarishning muayyan bir usuliga asoslangan normativ faoliyatga yo’naltirilganligidadir. Shuning uchun ham kasbiy yetuklik darajasi ajratib ko’rsatilmaydi, balki faqatgina yosh xususiyati va mutaxassis sifatida yuritilayotgan vaqt inobatga olinadi. Shaxsning kasbiy shakllanishi masalasi ko’pgina mualliflar tomonidan tadqiq qilingan. Bu inson taraqqiyotida tez-tez uchraydigan jarayondir. Ko’pincha mutaxassis shaxsining to’la tahlil qilish tushib qoladi, shaxsning kasbiy shakllanish bosqichi esa hayot yo’li bosqichi bilan muvofiq tarzda ko’rib chiqiladi. i Shuning uchun vaqt doirasida qat’iy chegaralanib qoladi. Ijtimoiy sohalarda faoliyat yurituvchi shaxsning kasbiy shakllanishini o’rganishda insonning imkoniyatlarini to’liq ochib beruvchi sub’ekt va ijtimoiy muhit orasidagi turli ijtimoiy aloqalar tipiga ahamiyat berish muhimdir. Har bir ijtimoiy aloqalarning yana odamovilik va muloqotchanlik kabi kichik tiplarga bo’linishi biz uchun muhim ahamiyatga egadir. Birinchi tipda sub’ekt o’zini topgan, o’zida va faoliyatida o’zini o’zgartirishni xohlamasligi bilan tavsiflanadi. Ikkinchi tip esa sub’ektning o’zini o’zi qidirishi bilan izohlanadi. Bu o’tish, oraliq holat hisoblanadi. Individ (yoki jamiyat) bir shaklni tark etib jamiyatning boshqa yuqori darajasiga erishadi. Garmonik aloqalar uchun sub’ekt yaxlit shaxs sifatida namoyon bo’ladi, u sub’ekt predmet tartibi - rolli niqob sharti bilan belgilanadi. Bu yerda inson—taraqqiyotning absolyut harakati holatida bo’ladi. Kasbiy maorif o'quvchilarga mahalliy sharoitlarning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini hisobga olib, u yoki bu kasb egalariga, mutaxassislarga bo'lgan ehtiyojlarni, turli kasblardagi professional mehnatning mazmunini, kasbning insonga qo'yadigan talablarini, mehnat sharoitlarini moddiy va ma’naviy rag'batlantirish sharoitlarini, kasbni egallash mumkin bo'lgan o'quv muassasalari turlarini ma’lum qilish, ya’ni bunda o'quvchilar turli kasblar va ixtisosliklarning xarakteri va o'ziga xosliklari bilan tanishadilar. Kasbiy konsultatsiya- individual xarakterga ega bo'lib, ayrim o'quvchilarga ular egallamoqchi bo'lgan kasbning xususiyatlari va o'z imkoniyatlarini to'g'ri anglashga ko'maklashishininazardatutadi. Kasbiy diagnostika- o'quvchilarda kasb tanlash sub’ekti shaxsini uning ma’lum shaxs xususiyatlari tanlayotgan kasb talablariga mosligi nazarda tutiladi. Kasbiy tanlash (saralash)- muayyan kasbni muvaffaqiyatli ravishda egallab, o'z oldiga qo'ygan fuqarolik (xususiy) burchini yuqori saviyada ado eta biladigan shaxslarni ajrata olishdan iborat jarayondir. Kasbiy bilimlar, shakllangan ma’lum ko'nikmalar, malakalarga asoslangan holda tekshirish me’zonlariga suyanib, omilkorlik bilan oqilona saralash o'tkaziladi. 1353 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Kasbiy yo'nalganlik inson shaxsi yo'nalganligining bir ko'rinishi hisoblanib, bu holat uning chuqur shaxs tuzulmalarigacha kirib boradi. Kasbiy yo'nalganlik insonning individual- psixologik va individual-tipologik xususiyatlarigacha, uning qadriyatlar tizimiga, steriotiplariga, qobiliyatlari va qiziqishlariga borib taqaladi. Bu maktabda, oliygohda, atrofdagilarning aytib berishlari va o‘zining mustaqil o‘rganishlari bilan shakllanib boradi.

Доказательный фрагмент

«This article presents views on the process of instilling in students a desire and interest in the profession, their formation and development in cooperation with parents.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article presents views on the process of instilling in students a desire and interest in the profession, their formation and development in cooperation with parents. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
interest, inclination, ability, professional activity, professional maturity, kasbiy etuklik., kasbiy faoliyat, mayil, qiziqish, qobiliyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники