Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YURAK ISHEMIK KASALLIKLARINI OPERATIV DAVOLASHNING ZAMONAVIY USULLARI
ZAMONAVIY USULLARI · Qoraboyeva Marjona Panji qizi · Geldiyev Behruz Bahodirovich
ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 2 · 2024
Аннотация
Ischemic heart disease is a dangerous condition that can occur suddenly. This disease manifests as pain behind the sternum even at rest, and a lack of oxygen in the heart muscle plays a key role in its development. The main causes of ischemic heart disease include: atherosclerosis of the coronary arteries, narrowing of their lumen due to the active accumulation of fat and cholesterol plaques in the coronary vessels, diabetes mellitus, and high blood cholesterol levels. Acute onset of ischemic heart disease requires urgent surgical treatment, because complete blockage of large coronary vessels and the death of numerous cardiomyocytes can lead to myocardial infarction and result in death. Keywords: Ischemic heart disease, atherosclerosis, diabetes mellitus, infarction, coronary vessels, cholesterol, stress, surgery, death. Kirish. Yurakning ishemik kasalligi — yurak-tomir sistemasining keng tarqalgan kasalligi; miokard ishemiyasi va koronar qon aylanishining buzilishi bilan kechadi. Yurakning ishemik kasalligiga, asosan, koronar (toj) tomir arteriyalari aterosklerozi natijasida yurak muskullarida qon aylanishining yetishmay qolishi va shu tufayli yurakning qonga yolchimasligi sabab boʻladi. Yurakning ishemik kasalligiga stenogkardiya (dastlabki, muqim, nomuqim), miokard infarkti, infarktdan keying kardioskleroz, aritmik tur va yurak yetishmovchiligi kiradi. Yurakning ishemik kasalligi muntazam rivojlanib boruvchi ogʻir yurak xastaligi hisoblanadi. Yosh ulgʻaygan sari kasallik uchrashi koʻpayadi. Klinikasi. Yurak ishemik kasallik klinik jihatdan bir xilda kechmay, dam zoʻrayib, dam bosilib turadi. Koʻpincha yurakning ishemik kasalligi zimdan kechib, 201 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 4 bemor oʻzining shunday xavfli kasallikka chalinganini bilmay, shifokorga murojaat qilmay yuradi. Odatda, yurakning ishemik kasalligining dastlabki klinik belgilaridan biri — zoʻriqish stenokardiyasi xuruji boʻlib, jismoniy ish bajarilganda roʻy beradi. Keyinchalik kasallik uzoq davom etishi, hatto yillab choʻzilishi mumkin. Koʻpincha zoʻriqish stenokardiyasiga bir muncha vaqtdan keyin tinch holatda ham kuzatiladigan tinch holat stenokardiyasi hurujlari qoʻshilishi mumkin. Kelib chiqishi va rivojlanishi. Kishilarning yoshi, kasallikka irsiy moyillik, gipertoniya kasalligi, qandli diabet, semirib ketish, ichkilikka ruju qilish, kashandalik, kamharakat (gipodinamiya), jismoniy hamda ruhiy zoʻriqish va boshqalar sabab boʻladi. Kashandalar oʻrtasida yurakning ishemik kasalligining nisbatan koʻp uchrashi kuzatilgan.Kasallikning rivojlanishida, ayniqsa, xolesterinning roli katta. Qonda xolesterin miqdorining oshib ketishi aterosklerozga sabab boʻladi va bu yurakning ishemik kasalligi rivojlanish xavfini oshiradi. Turlari. Yurak ishemik kasallikning xavfli omilini bartaraf etsa boʻladigan va bartaraf etib boʻlmaydigan xillari bor. Masalan koʻkrak qisishi (stenokardiya), miokard infarkti, insultni bartaraf etib boʻlmaydi; agar odam bu kasalliklar bilan bir marta ogʻrib oʻtgan boʻlsa, yurakning ishemik kasalligi rivojlanish xavfi koʻproq boʻladi. Yurak ishemik kasalilgining dastlabki bosqichi stenokardiya boʻlsa, miokard infarkti uning eng ogʻir shaklidir. Stenokardiya bilan bemor uzoq vaqt yashashi mumkin, ammo dastlabki davrida (birinchiuch kun) 20—30% bemorda miokard infarkti kuzatiladi. Miokard infarktining klinik belgilari, odatda, stenokardiya belgilariga oʻxshash boʻlib, faqat ogʻriq uzoqroq va kuchliroq davom etadi. Bunda dastlabki soatlarda yoq oʻlim roʻy berishi yoki keyinchalik ham jiddiy asoratlar kuzatilishi mumkin. Infarktdan keying kardioskleroz, yurak aritmiyasi, yurak yetishmovchiligi aslida yurakning ishemik kasalligining asoratlari boʻlib, yurak tomir sistemasi kasalliklaridan boʻladigan nogironlik va oʻlimning asosiy sabablaridir. 202 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 4 Yurakning ishemik kasalligiga gumon qilinganda darhol bemorni kasalxonagayotqizish zarur. Kasallikning klinik belgilari. Kasallik tarixi, bemor shikoyatlari, perkussiya, auskultatsiya, umumiy koʻruv, elektrokardiografiya, yurak muskullariga xosfermentlar va struktura elementlari (kreatinin fosfokinaza izofermentlari, mioglobin va boshqalar) hamda qon tahlili, exokardiografiya va boshqalar tekshiruv natijalariga qarab diagnoz qoʻyiladi.Uni davolash terapevtik va jarrohlik usulida olib boriladi. Yurakning ishemik kasalligida parhezga rioya qilish muhim ahamiyatga ega. Ovqatning umumiy miqdori va kaloriyasini cheklab, vaznni meʼyorida saqlashga harakat qilish, badan tarbiya bilan shugʻullanish, mehnat va dam olishni uygʻunlashtirish, vrach koʻrsatmalariga bekamukoʻst amal qilish lozim. Chekishni tashlash shart. Yurakning ishemik kasalligining oldini olish uchun g
Доказательный фрагмент
«Ischemic heart disease is a dangerous condition that can occur suddenly.»
Образец извлечения
Демо-превьюIschemic heart disease is a dangerous condition that can occur suddenly. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ischemic heart disease, atherosclerosis, diabetes mellitus, infarction, infarkt, o’lim., ateroskleroz, stress, jarrohlik, qandli diabet, koronar tomirlar, Yurak ishemik kasalligi, xolesterin
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025