Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ISLOM DININING MADANIYAT VA ILM-FAN RIVOJIGA TA’SIRI
Samadova Rahimabegim Abdusaidovna · Djurayev Husen Xayrulloyevich
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article scientifically analyzes the positive aspects of Islam in the fields of culture and science. Keywords: Islam, culture, man, science, art, knowledge, society, religion, education, Quran, progress, development, spirituality. ВЛИЯНИЕ ИСЛАМА НА РАЗВИТИЕ КУЛЬТУРЫ И НАУКИ Аннотация. В статье научно анализируются положительные аспекты ислама в области культуры и науки. Ключевые слова: ислам, культура, человек, наука, искусство, знание, общество, религия, образование, Коран, прогресс, развитие, духовность. Islom madaniyati insoniyat tarixida o‘ziga xos o‘rin tutadi va u dunyo miqyosida nafaqat diniy qarashlar, balki jamiyatning barcha sohalariga, jumladan ta'lim, ilm-fan, iqtisod va san'atga chuqur ta'sirini ko‘rsatgan. Islomning dastlabki asrlarida paydo bo‘lgan ilmiy va madaniy yutuqlar nafaqat musulmon dunyosida, balki, butun dunyoda rivojlanishga turtki bo‘lgan. Ushbu maqolada Islom madaniyatining jamiyat, ta'lim, ilm-fan, iqtisod va san'at sohalariga bo‘lgan ta'siri tahlil etiladi. Islom yer yuzida eng keng tarqalgan dinlardan biri bo’lib, u nafaqat musulmon, balki jahon ilm-fani va madaniyatining tarkib topishida ham muhim rol o’ynaydi. Islom barcha davrlarda insonlarni ilmga undagan, chunki, insonning shaxsiyatini ilmdan boshqa narsa to`g`ri yo`lga sololmaydi va taraqqiyotga erishtira olmaydi. Islom dinichalik ilmni ulug`lagan falsafa, din yoki tuzum yo`q. Qur’onda “ilm” so‘zi 765 marotaba takrorlangani hamda har bir shaxsga ilm talab etishning farz etilgani ham buning yorqin dalilidir[1]. 1335 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Fransiyalik olim Jolivet Kostelot o'zining “Tarix qonuni” kitobida bunday yozadi: “Islom yoyilishi zamon talabi edi. Shu bois musulmonlar taraqqiyoti juda tezlab ketdi. Natijada aqlni lol qoldiruvchi Islom madaniyati yuzaga keldi. Fathlar bilan birga Islom madaniyati hamma joyga yoyildi. Islom madaniyati san'at, adabiyot va ilm-fanda aks etdi. Shu bilan falsafa, falakiyot ilmi, kimyo, tibbiyot va ruhiy ilmlar mash'ali bir qancha asr musulmonlar qo'lida qoldi. Ular ixtirochilarga aylandilar. Shunchaki ixtirochilar emas, balki ilm asoslarini juda o'tkir va o'ta qobiliyat bilan qo'lga kiritgan ixtirochilar edi. Darhaqiqat, X asrdan to XIV asrgacha taraqqiyotiga sabab bo'lgani va Yevropada o'rta asrlarda sust harakat qilgan ilmiy-falsafiy fikrlarni Islom madaniyatidan olgani uchun Yevropa Islom madaniyatidan qarzdordir. Islom madaniyati, musulmonlarning ilmi, odob-axloqi, san'ati oldida Yevropa qoloq va johil ko'rinardi. Ilm va madaniyat bayrog'ini musulmon olimlari ko'targan, hatto Yevropada ham Islom madaniyatidan o'zga madaniyat bo'lmagan to'rt asr mobaynida musulmonlar fikridan foydalanganini Yevropa tan oladi”. Musulmon olimlarining insoniyat ilm-fan va madaniyatiga qo'shgan hissalari beqiyosdir. Islom ummatidan yetishib chiqib, nafaqat diniy ilmda balki tabiiy fanlarda ham shuhrat qozongan olimlarning hayot faoliyatlariga, qoldirgan benazir ilmiy va madaniy meroslariga nazar solib, o'rgangan kishi buni yaqqol sezmay iloji yo'q. Tarixchilarning yozilishlaricha birinchi dargohda ko'pchilik yaratish ustidagi Yevropada emas, balki 3-hijriy asrda Marokka mamlakatida tashkil topgan. U madrasa “Jome'atul Qarvin” nomi bilan butun dunyoga mashhur bo`lgan. Ilm dargohida musulmonlar bilan birga g'arb mamlakatlaridan ham talabalar kelib dunyoviy bilimlardan olishgan. Musulmon olamida Abbosiylar sulolasi o’zining madaniy, ilmiy va falsafiy yutuqlari bilan ajralib turadigan davrni boshlab berdilar va bu davr butun qit’alarda asrlar davomida aks- sado berdi. ilmiy yutuqlarining eng yuqori choʻqqisi, ayniqsa, Abbosiylar davrida IX asrdan XI asrgacha boʻlgan “Oltin fan asri”da ochildi. VIII—IX asrlarda Bagʻdod va Damashq shaharlari yirik ilmiy markazlarga aylandi. Bag`dodda xalifa Horun ar-Rashid davrida maxsus “Tarjimonlar maktabi” yaratilib, Buyuk antik davr mutafakkirlari Aflotun, Aristotel va boshqalarning falsafiy risolalari, shuningdek, matematika, astronomiya va tibbiyotga oid ko‘p hajmli asarlar arab tiliga tarjima qilingan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi Yevropada yo‘qolgan deb hisoblangan va keyinchalik arab tiliga saqlanib qolgan tarjimalar tufayligina yana Yevropa ilm-faniga qaytgan. Turli fanlarni, jumladan, matematika, astronomiya, tibbiyot va falsafada gullab- yashnatgan musulmon olimlari insoniyatning ilm-fan tarixida o‘chmas iz bo’lib qoldi. 12- asrgacha yevropaliklar hatto “nol” raqamini bilishmagan. Ta’kidlash joizki, aynan algebra va algoritmlarni ishlab chiqishga ulkan hissa qo‘shgan mashxur alloma Al-Xorazmiy buni kashf qilgan. 1336 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Beruniy dunyo ilm-fanida birinchilardan bo’lib dengizlar nazariyasi va Yerning sharsimon globusini yaratish yuzasidan o’ziga xos yangi g’oyalarni taklif etdi, Yer radiusini hisoblab chiqdi, vakuum, ya'ni bo’shliq holatini izohlab berdi, Kolumb sayohatidan 500 yil oldin Tinch va Atlantika okeanlari ortida qit'a mavjudligi haqidagi qarashni ilgari surdi, mineral
Доказательный фрагмент
«This article scientifically analyzes the positive aspects of Islam in the fields of culture and science.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article scientifically analyzes the positive aspects of Islam in the fields of culture and science. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Islam, culture, man, science, art, knowledge, society, religion, education, din, ta’lim, ma’naviyat., Islom, jamiyat, Qur’on, inson, fan, madaniyat, san’at, ilm, taraqqiyot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025