К содержанию
РецензированоUZ2026

YANGI O‘ZBEKISTONDA OLIY TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Umarova Aziza Sabirovna

Современная наука и исследования · 2 · 86-90 · 2026

Аннотация

This article examines the issues of increasing the effectiveness of reforms being implemented in the higher education system, ensuring the financial stability of state higher education institutions, independently resolving issues of strengthening the material and technical base, expanding the possibility of attracting funds for research activities, and developing a competitive environment between higher education institutions. 1307 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Keywords: globalization and information flow, education, innovative processes, digital technology, pedagogical conditions, educational services, diversification, management system, higher education institution. Dunyoda ta’limning globallashuvi va axborotlar oqimining tezkor rivojlanishi jarayonlarida oliy ta’lim muassasalarining transformatsiyasi muhim yo‘nalishlardan biri sifatida qaralmoqda. YUNESKO ning oliy ta’lim kvalifikatsiyalarini tan olish to‘g‘risidagi Global konvensiyasida oliy ta’lim muassasalarida tayyorlanadigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularning innovatsion rivojlanishini ta’minlash oliy ta’lim muassasalaridagi transformatsion jarayonlar bilan uzviy bog‘liqligi alohida qayd etiladi. Bu o‘z navbatida oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi, ta’limdagi innovatsion jarayonlar hamda raqamli texnologiyalarga asoslangan transformatsion jarayonlarni taqazo etmoqda. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida oliy ta’lim muassasalarining innovatsion salohiyatini oshirish, ularni zamonaviy ta’lim kampusi sifatidagi ijtimoiy-madaniy mavqeini mustahkamlash, kreativ-ilmiy infrastrukturasini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Mazkur jarayonlarda ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalaridan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasalari transformatsiyasining tashkiliy pedagogik shart-sharoitlarini yaratish, raqamli texnologiyalarni tatbiq etishning samarali mexanizmlarini joriy etish, ta’lim xizmatlarini diversifikatsiyalash hamda sifat menejmenti tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda oliy ta’lim muassasalarini nufuzli xorijiy oliy ta’lim dargohlari bilan hamkorlikda transformatsiya qilish, raqamli ta’lim texnologiyalarini keng joriy etish asosida bilimlar transferini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida “Ilm-fan taraqqiyotiga ko‘maklashadigan zamonaviy axborot muhitini shakllantirish, oliy ta’lim muassasalarining innovatsion infratuzilmasini shakllantirish, ularning transformatsiyasini rivojlantirish” vazifalari belgilandi. Bu esa oliy ta’lim muassasalari transformatsiyasining tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarini yaratish va uning tashkiliy-boshqaruv, pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishni taqazo etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 7-fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi, 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘rsida”gi, 2020-yil 29-oktabrdagi PF-6097-son “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari 1308 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 to‘g‘risida”gi farmonlari, 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-son “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-oktabrdagi 655-son “Oliy ta’lim muassasalarini nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Transformatsiya (ingl. transformation) bu ma’lum bir ijtimoiy-madaniy birlashma yoki yaxlitlikning krizisga uchrashi natijasida uning tashqi ta’sirlar natijasida yangitdan paydo bo‘lishi va rivojlanishi sifatida tushuniladi. Ta’limdagi transformatsion jarayonlar esa, ta’lim jarayonlarini modernizatsiyalash, ilg‘or xorijiy tajribalar, innovatsion yondashuvlar vositasidagi yangilanish, o‘zgarish jarayonlari sifatida tushuniladi. Oliy ta’lim muassasasi transformatsiyasining ijtimoiy-pedagogik zaruratini asoslaydigan muhim komponentlardan biri ham ta’lim sifati va ta’lim sifatini boshqarish bilan bog‘liq jarayonlarning asosi ta’limdagi innovatsion jarayonlar sanaladi. Oliy ta’lim muassasasidagi innovatsion jarayonlar esa o‘z navbatida quyidagi yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi: 1. Ta’

Доказательный фрагмент

«This article examines the issues of increasing the effectiveness of reforms being implemented in the higher education system, ensuring the financial stability of state higher education institutions, independently reso…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the issues of increasing the effectiveness of reforms being implemented in the higher education system, ensuring the financial stability of state higher education institutions, independently reso… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
globalization and information flow, education, innovative processes, digital, diversifikatsiya, pedagogik shart-sharoitlar, raqamli texnologiya, ta’lim, menejmenti tizimi, globallashuvi va axborotlar oqimi, ta’lim xizmatlari, oliy ta’lim muassasasi., innovatsion jarayonlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники