Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYACHILARIDA PEDAGOGIK KOMPETENTLIK OSHIRISHDA PEDAGOGIK TEXNIKANING AHAMIYATI
Kamolova Mohidil Komil qizi
Современная наука и исследования · 2 · 86-90 · 2026
Аннотация
This article examines the importance and necessity of pedagogical techniques in improving pedagogical competence of preschool educators. Keywords: pedagogical techniques, preschool education, professional educator, competence and pedagogical skills, personal abilities, creative approach. Maktabgacha ta’lim sifati – ertangi kunimizni hal qiladigan masala. Shavkat Mirziyoyev Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabda o‘qishga maqsadli va tizimli tayyorlash, bolalarning shaxsiy qobiliyatlari va iste’dodlarini rivojlantirish, bolalarni milliy, umuminsoniy va madaniy qadriyatlar bilan tanishtirish, bolani intellektual rivojlantirish, bolalarda yuqori ma’naviy va odob axloq asoslarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘ligini mustahkamlash kabi maqsadlar ko‘zga tutiladi. 1301 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisining kasbiy mahorati va kompetentligi o‘qitishdan maqsad: –maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisining kompetensiyasi va pedagogik mahorati bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish; – zamonaviy tarbiyachi imiji va uning faoliyatiga kreativ yondashuv to‘g‘risida bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish; – maktabgacha ta’lim muassasalarida mashg‘ulotlarni innovatsion texnologiyalar asosida samarali tashkil etish yo‘llarini o‘rgatish; – rivojlangan mamlakatlardagi ta’lim tizimi bo‘yicha bilimlarini rivojlantirish. Kompetentlik - deganda ko‘pincha shaxsning faoliyat yuritishga umumiy qobiliyati va uning kasbiy tayyorgarligida namoyon bo‘luvchi bilim va tajribalarga asoslangan integrallashgan sifatlar nazarda tutiladi. Demak, kompetensiya va kompetentlik tushunchalari bilim, malaka va ko‘nikma tushunchalaridan kengroq, chunki ular shaxsning yo‘naltirilganligi, muammolarni his qila olishi, sinchkovlikni namoyon qila olishi, egiluvchan fikrlashga ega bo‘lishi kabi sifatlarni o‘z ichiga oladi. Tarbiyachi-pedagogning kompetentligi komponentlari Bilimlilik, tashkilotchilik, pedagogik mahoratlilik, o‘ziga ishonch uyg‘ota olish, izlanuvchanlik, adolatlilik, fidoyilik, rahbarlik, tashabbuskorlik, kreativlik, kommunikativlilik, yuksak jarayonlarni loyihalashtirish, yuqori imij, aktyorlik, ma’naviyatlilik, nazoratni o‘z ijodkorlik, pedagogik, notiqlik mahorati, vaqtida o‘rnatish, o‘z texnologiyadan xabardorlik, innovatsion qaror qabul hissiyotlarini jilovlay olish, pedagogik kvalimertiyani qilishda boshqaruvchanlik, pedagogik deontologiya bilish, g‘oyaviy-siyosiy variativlilik, qonun doirasida (kasbiy odob-axloq), yetuklik, talabchanlik, ishlash, mantiqiy fikrlash, mehnatni ilmiy asosda tashkil dunyoqarashning kengligi, jamoani ergashtira olish, sabr- etish, istiqbolli, innovatsion mehnatga ijodiy munosabat, toqatlilik, nufuzli va ishonchli fikrlash, androgogik g‘oyalilik, bir so‘zlilik, natijani oldindan ko‘rish, ma’lumot, vatanparvarlik, yangiliklarni tez qabul qilish mas’uliyatlilik, qat’iyatlilik prinsipiallik, yetakchilik qobiliyati, sadoqatlilik, kasbiy refleksiya Tarbiyachi-pedagogning kasbiy kompetentlikka ega bo‘lishida o‘zini tahlil qila olishi ham ahamiyatli sanaladi. O‘zini o‘zi tahlil qilish pedagog tomonidan kasbiy faoliyatda tashkil etayotgan o‘z amaliy harakatlari mohiyatining o‘rganilishidir. 1302 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 O‘zini o‘zi tahlil qilish orqali pedagog o‘zini o‘zi obyektiv baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Pedagoglarning kasbiy kompetentlik sifatlariga ega bo‘lishida ularning o‘z-o‘zini baholash malakalariga egaligi ham muhimdir. Pedagogik texnika – pedagogning nafaqat ta’lim-tarbiya jarayonida, balki butun kasbiy faoliyatida zarur bo‘lgan umumiy pedagogik bilim va malakalari majmuidir. Pedagogik texnikaning muhim jihatlari–bu avvalo pedagogning mahoratini belgilovchi kasbiy ko‘nikmalari hisoblanadi, ya’ni uning savodli va ifodali so‘zlay olishi, o‘z fikr-mulohazasini va bilimini tushunarli tilda ta’sirchan bayon qilishi, his-tuyg‘usini jilovlay olishi, o‘zining shaxsiy xususiyatlariga xos mimik va pantomimik qobiliyatlarga ega bo‘lishi, aniq imo-ishora, ma’noli qarash, rag‘batlantiruvchi yoki istehzoli tabassum, so‘zning cheksiz qudrati orqali bolalar ongiga va tafakkuriga ta’sir o‘tkazishi, hozirjavoblik, psixologik bilimlarga ega bo‘lishi kabilardir. Pedagogning pedagogik texnikasi qanday ko‘nikma va malakalardan iborat ekanligi, pedagogik texnika vositasida pedagog ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni zamonaviy talablar asosida qanday tashkil qilishi, ta’lim oluvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishida qanday ahamiyatga ega ekanligi kabi muammolar hozirgi kungacha dunyo olimlarining diqqatini o‘ziga jalb etib kelmoqda. Hozirgi kunda pedagogik texnika tushunchasi ikkita guruhga bo‘lib o‘rganiladi. Birinchi guruh komponentlari pedagogning shaxsiy-axloqiy fazilatlari va xulqi bilan bog‘liq bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘z-o‘zini boshqarish malakalarida ( refleksiya) namoyon bo‘ladi: • ta’lim-tarbiya jarayonida o‘z xatti-harakatlarini boshqarishi
Доказательный фрагмент
«This article examines the importance and necessity of pedagogical techniques in improving pedagogical competence of preschool educators.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the importance and necessity of pedagogical techniques in improving pedagogical competence of preschool educators. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- pedagogical techniques, preschool education, professional educator, zanovaiy tarbiyachi, pedagogik texnika, kreativ yondashuv., shaxsiy qobiliyat, maktabagcha ta’lim, kompetensiyasi va pedagogik mahorati
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026