К содержанию
РецензированоUZ2019

BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIK BOSQICHIDA VOLEYBOLCHILARNI TANLASH VA SARALASH YO‘LLARI

Xudoyberdiyev Abdulaziz Baxriddinovich

Современная наука и исследования · 2 · 2019

Аннотация

Further improvement of motor activity through the game of voleyball, which is one of the most important tools for educating girls and developing high moral and physical qualities of adolescents. Key words: Young voleyball players, strength, endurance, special sports suits, special developmental exercises, training equipment. Dolzarbligi. Mamlakatimizda sport turlari ichida voleybol sport turini rivojlantirish masalalariga har doim davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilib kelingan. Voleybolni rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan va hayotga tatbiq etilgan qator qaror va farmonlar sport turini taraqqiy etishga zamin yaratib keldi. Natijada, terma jamoamiz hamda klublarimizning bir muncha saviyasini ortishiga va xalqaro miqyosdagi maqomini oshirishga erishildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2019 yil 4 dekabr kunidagi “O‘zbekistonda voleybolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5887-sonli Farmonini e’lon qilinishi va uni hayotga faol targ‘ib etish zamirida, yaqin yillar ichida o‘zbek voleybolini yanada yangi rivojlanish bosqichiga olib chiqish kabi 1262 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 asosiy vazifalardan birini hal etish nazarda tutilgan (1). Bunga erishish esa, “O‘zbekistonda voleybolni 2030 yilgacha rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish konsepsiyasi” asosida amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Konsepsiya doirasida bir qator vazifalarni hal etish bilan birga, voleybolchilarni musobaqa faoliyati jarayonining samaradorligini keskin yaxshilash masalasi borasidagi vazifalar ham alohida o‘z o‘rniga ega. Voleybolchilarning musobaqa faoliyati jarayoni xususiyatlari, doimiy tarzdagi vaziyatlarni o‘zgarishi, organizmga ta’sir etadigan yuklamalarning turli ko‘rinishlarda bo‘lishi, ish bajarishni dam olish bilan doimiy almashinib borishi bilan tavsiflanadi. Bunda voleybolchi tomonidan amalga oshirilishi kerak bo‘ladigan texnik-taktik harakatlar ham turli ko‘rinishlarda va turli nisbatlarda amalga oshirilib boriladi. Bitta o‘yinda kuzatilgan texnik-taktik harakat parametrlarini aks ettiradigan ko‘rsatkichlar, misol uchun, ularning hajmi yoki samaradorlik ko‘rsatkichlari, ikkinchi uchrashuvda boshqacha ko‘rinishni hosil qilishi mumkin. Bir uchrashuvning ko‘rsatkichlari ikkinchi uchrashuvning ko‘rsatkichlariga ko‘p hollarda to‘g‘ri kelmaydi. Bu holat voleybolni yana bir bor boshqa sport turlaridan tubdan farq qilishi, nostandart vaziyatlarga boy sport turi ekanligini izohlaydi. O‘z navbatida, bu omillar voleybolchining jismoniy va funksional imkoniyatiga nisbatan talablar yuqori ekanligini bildirib, bu holat, ayniqsa, bugungi kunda tobora katta ahamiyat kasb etib borayotganligini ta’kidlash o‘rinli. Mahalliy olimlarimizning ta’kidlashicha, zamonaviy voleybolning xususiyatlaridan kelib chiqib, o‘quv-mashg‘ulotlarning tuzilmasini o‘zgartirish hamda voleybolchilar tayyorgarligiga nisbatan talablarni oshirish lozimligi ko‘rsatib o‘tiladi (3). Tanlov deb muayyan soha yoki faoliyatda yuksak natijalarga erisha olish imkoniyatlari mavjud kishilarni saralab olish jarayoniga aytiladi. “Sport tanlovi” - bu muayyan sport turi bo‘yicha muntazam o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlari, shu jumladan musobaqalar bilan bog‘liq bo‘lgan aynan shu shu jarayonlarda yukori natijalarga erisha oladigan istiqbolli bolalarni izlab topishga imkon yaratadigan ko‘p yillik pedagogik jarayonidir. Tanlovni maqsadga mos tashkil qilish, bolalardagi nasliy va xayot davomida o‘zlashtirgan harakat qobiliyatchlari, ruhiy xislatlari hamda funksional imkoniyatlarni ob’ektiv baholash, voleybolga bo‘lgan iste’dod va bo‘lajak mahorat belgilarini aniq bashoratlash uchun turli me’yoriy test (mashqlar) majmuasidan foydalanish odat tusiga kirgan. Sport tanlovi ko‘p yillik sport tayyorgarligi bilan uzviy bog‘lik bo‘lib, sport malakalarini o‘zlashtirishning dastlabki bosqichigacha boshlab eng yuqori bosqichida, ya’ni milliy terma jamoalari faoliyatida ham amalga oshiriladi. “Tanlov” tushunchasi o‘z ichiga “munosiblik”, ya’ni insonni bir sohaga (ma’lum faoliyatga) iste’dodi bo‘yicha yarashi yoki yaramasligi 1263 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 masalasini kiritadi. Bu degan so‘z inson nafakat o‘z imkoniyatlari (qaddi-qomati, jismoniy sifatlari, ruhiy xususiyatlari va h.) bilan muayyan faoliyatga (kasbga, ishga, sportga va h.) mos kelishi kerak, balki aynan shu faoliyat mazkur inson mijoziga munosib bo‘lishi maqsadga muvofiqdir (emotsiya, aktivatsiya, motivatsiya masalalari). “Tanlov” atamasi o‘z tarkibiga yana sportga oid “chamalov” tushunchasini kiritadi. Sport tanlovi – ko‘p yillik pedagogik jarayondir. Ko‘p yillik sport tayyorgarligi tizimi o‘z moxiyati va maqsadiga binoan ko‘p yillik sport tanlovini o‘z ichiga oladi va mazkur jarayonni 4 bosqichda amalga oshirishi taqozo etadi: Chamalash – bog‘chalarda, maktablarda va sport maktablarining boshlang‘ich guruhlarida amalga oshirilishi mumkin. To‘g‘ri chamalash murabbiyning iste’dod

Доказательный фрагмент

«Further improvement of motor activity through the game of voleyball, which is one of the most important tools for educating girls and developing high moral and physical qualities of adolescents.»

Образец извлечения

Демо-превью

Further improvement of motor activity through the game of voleyball, which is one of the most important tools for educating girls and developing high moral and physical qualities of adolescents. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Young voleyball players, strength, endurance, special sports suits, special, chidamlilik, Yosh voleybolchilar, maxsus sport kostyumlari, simulyatorlar., maxsus rivojlantiruvchi mashqlar, kuch
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники