Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KALSIY VA MAGNIYNIY INSON ORGANIZMIGA FOYDALI TA’SIRLARI
Rasulov Abdusamat · Ahmadov Muso
ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 2 · 2024
Аннотация
This article provides important information about the importance of calcium and magnesium in the human body, ways to increase their levels, diseases caused by calcium and magnesium deficiency, the benefits of calcium and magnesium to the human body, and calcium and magnesium in consumed products. Keywords: calcium, magnesium, body function, biogenic elements, microelements, macroelements, cheese, eggnog, almonds, convulsions, memory loss. 130 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 4 Tabiatdagi tirik organizmlar tanasining tarkibiy qismiga Mendeleyev davriy jadvalidagi 70 ga yaqin elementlar kiradi, ular biogen elementlar deyiladi. Ular organizmdagi miqdoriga ko‘ra 2 guruhga bo‘linadi. 1- guruh: mikro (juda oz miqdordagi) elementlar, 2-guruh: makro(nisbatan ko‘proq miqdordagi) elementlar. Biogen elementlar organizm hayoti uchun juda muhim vazifalarni bajaradi. Makroelementlardan kalsiy (Ca), va magniy(Mg) bo‘lib, ularning odam organizmi uchun nechog‘lik ahamiyatga ega ekanligi bilan tanishamiz. Inson tanasida Ca suyaklarning normal rivojlanishi, xotiraning yaxshi bo‘lishligi, tirnoq va sochlarning baquvvat holda bo‘lishi, tomirlar qisqarishi va kengayishi, nerv impulslarining o‘tkazilishi, mushaklar qisqarishi, gormonlar sekretsiya (ajralishi) si, bolalarda o‘sish va rivojlanishini yaxshi bo‘lishligini ta‘minlaydi. Agar Ca yetishmasligining belgilaridan xabardor bo‘lsak uning tanamizga qanchalik darajada kerakligini bilib olamiz. Ca ni organizmda kamayishining belgilari: tirnoq va sochlar sinuvchan bo‘ladi, suyaklarda lat yeyish holati ko‘p kuzatiladi, xotira pasayadi, parishonxotir bo‘lishi, gallyutsinatsiyalar (ko‘zga har xil narsalarning ko‘rinishligi), tomirlar tortishishi, tez charchash, muddatidan avval soch oqarishi, umurtqa pog‘onasida: bo‘yin va beldagi og‘riqlar. Bolalarda kalsiy yetishmasligining belgilari: Bolalarda sut tishlarning chiqishi kechikadi, juda ko’p terlash, ayniqsa boshning tepa qismida, boshning yostiqqa ko‘p tegib turadigan qismidagi sohalarida soch to’kilishi, baland shovqinlar eshitganda bezovtalanish va yig’lash. Umurtqalarda patologik 106 qiyshiqliklar va egriliklar kelib chiqadi, suyaklar sinuvchanligining oshishi, tirnoqlarning ko’chib tushishi, og’iz burchagida yorilishlar anemiyalar bo’g’imlarning deformatsiyalari ko’zga tashlanadi, tez asabiylashadigan bo‘lib qoladi, qonning yaxshi ivimasligi, bolalarda sudirgi (talvasa) holatlari kuzatiladi. 131 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 4 Tibbiyot xodimlari fikriga ko’ra, inson kuniga 1 000 mg kalsiy qabul qilishi kerak, 60 yoshdan oshgan keksalar esa — kuniga 1 200 mg. Biroq bu moddani qabul qilish va o’zlashtirish bir xil ish emas. Kalsiy metabolizmi boshqa oziq moddalari ishtirokida sodir bo’ladi: oqsil va D vitamini. Ularsiz kalsiy yetishmovchiligidan aziyat chekishingiz mumkin. Shu holatlarni oldini olish uchun qanday yo‘l tutiladi? Birinchi navbatda organizmga Ca ning so‘rilishiga to‘sqinlik qiladigan omillarni yo‘q qilish, so‘ngra yetishmayotgan Ca ning o‘rnini to‘ldirish kerak, buning uchun: gazlangan ichimliklar ichishni to‘xtatish (ular suyaklardagi kalsiyni suyultiradi), qahvani meyoridan ortiqcha ichmaslik (u suyaklar faoliyatiga gazli suv kabi ta‘sir ko’rsatadi), ko‘proq harakat qilish (harakatsiz hayot tarzi suyak skeletining eng asosiy tarkibiy qismlarini yo’qotilishiga sababdir), yog’li ovqatlarni kamroq iste’mol qilish (ular kalsiyning so’rilishini sekinlashtiradi) tamaki mahsulotlarni chekishni to‘xtatish (suyak yemirilishiga olib keladi) kabi tavsiyalarga amal qilish kerak. Yuqoridagi tavsiyalarga amal qilgandandan so‘ng, kalsiyga boy bo‘lgan mahsulotlarni iste‘mol qilish lozim. Tarkibida nisbatan Ca ko‘p bo‘lgan mahsulotlarga quyidagilar kiradi: 1. Tuxum po’chog’i-bitta tuxum po’chog’ida 2 g kalsiy mavjud. U taxminan 5 g og’irlikda bo‗ladi va maydalangan holatda bir choy qoshig‗i sig‗imida bo‗ladi. Yarim choy qoshiq maydalangan tuxum po’chog’i dietik kalsiyning kunlik ehtiyojini qondiradi (ya'ni oziq-ovqat bilan qabul qilinuvchi miqdori). Solishtirish uchun: shuncha kalsiy qabul qilib olish uchun 1,2 kg tvorog yeyish kerak. Kukun tayyorlash uchun po’choqni yaxshilab yuving. So’ng ehtimoliy bakteriyalarni yo’q qilish uchun 5 daqiqa davomida uni qaynatib olib, quriting va qahva maydalagichda un holiga kelguncha maydalang. Kuniga yarim choy qoshig’i miqdorida qabul qiling, masalan tayyor ovqatga qo’shsa bo’ladi. 2. Parmezan va pishloqning boshqa turlari. 3. Kunjut- o’simliklar orasida kalsiyga boy tarkibi bilan mutloq yetakchi manba hisoblanadi. 4. Yog’dagi sardina. Konservalangan sardinalar qiltanoqlari bilan iste'mol qilinadi, shuning uchun ular kalsiyga boy: 100 g mahsulotda 382 mg. 5. Bodom. 6. Sarimsoq. 7. Petrushka. 8. Su
Доказательный фрагмент
«This article provides important information about the importance of calcium and magnesium in the human body, ways to increase their levels, diseases caused by calcium and magnesium deficiency, the benefits of calcium…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides important information about the importance of calcium and magnesium in the human body, ways to increase their levels, diseases caused by calcium and magnesium deficiency, the benefits of calcium… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- calcium, magnesium, body function, biogenic elements, microelements, magniy, organizm faoliyati, kalsiy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025