К содержанию
РецензированоUZ2024

BOSHLANG'ICH SINF OʻQUVCHILARINI ERTAKLAR ORQALI NUTQINI SHAKLLANTIRISH.

Bahromova Maftuna · Ilmiy rahbar: Dilfuza Azimova (Termiz davlat pedagogika institute)

ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 2 · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada Boshlang'ich sinf oʻquvchilarining nutqini oʻstirishda tafakkurini rivojlantirishda ertaklarni oʻrni va ahamiyati haqida soʻz boradi. Kalit soʻzlar: Nutq, ertak, ogʻzaki nutq, tafakkur, ta'lim va tarbiya, nutqiy faoliyat, oʻqish, qayta hikoya qilish, jonlantirish. Hozirgi zamonda har tomonlama yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Inson har tomonlama yetuk , barkamol shuningdek, jamiyatda aktiv boʻlishi uchun nutq juda katta ahamiyatga ega. Bola nutqini oʻstirish, uni har tomonlama rivojlantirish uchun boshlang'ich sinfga qadam qoʻygandan uni nutqiga e'tibor berish, turli xil yondashuvlarni amalga oshirish zarur.Boshlangʻich sinf oʻquvchilarni nutqini oʻstirish tilni har tomonlama( talffuzi, lugʻat boyligi, bogʻlanishli nutqini, oʻqish va yozish) koʻnikmalarini shakllantirishda ertaklar muhim vosita hisoblanadi." Ertak"soʻzi lotin tilidan olingan boʻlib " gapiradi " degan ma'noni anglatadi.Ertaklar orqali oʻquvchilarning nafaqat nutqi balik, dunyoqarashi, tafakkuri ham rivojlanadi. Azal-azaldan boshlang'ich sinf oʻquvchilari uchun ertak oʻqitish bejiz emas. Ertaklar orqali oʻquvchilar faol ogʻzaki nutq rivojlanadi. Ertaklar bolalarni ezgulik, vatanparvarlik, rostgoʻylik, mehnatsevarlik, halollik, mardlik ruhida tarbiyalaydi. Yovuzlik ustidan yaxshilikni gʻalaba qozonishi bolalar qalbi va ongida ezgu fazilatlar shakllanishiga xizmat qiladi.Xalqimiz "Ertaklar— yaxshilikka yetaklar" deb bejizga aytishmagan. Ertaklar yordamida bolalarni ma'naviy olami boyiydi, ogʻzaki nutqi, diqqati, xotirasi, tafakkuri rivojlanadi. Boshlang'ich sinflarda ertaklar orqali bolalarni nutqini oʻstirish quydagicha amalga oshiriladi: Ertakni oʻquvchilarga bir necha marta oʻqib berish, soʻngra oʻqituvchi " yana bir marta oʻqib beraymi?" " mazmun mohiyatini tushundingmi?" kabi savollarni berish kerak.Keyin oʻquvchi shu ertakni mustaqil ravishda oʻqish orqali ertakni qayta hikoya qilib berishni soʻrash lozim. Oʻquvchilar oʻqigan ertagini qayta hikoya qilib berish orqali ularning ogʻzaki nutqi rivojlanadi.Ertakni eshitish davomida esa oʻquvchidan 71 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 4 diqqatli boʻlish talab qilinadi. Har bir ertakni oʻz gʻoyasi yunalishi mavjud.Masalan " Sholgʻom" ertagi oʻquvchilarni fikrlashga voqealarni ketma- ket aytishga undaydi."Boʻgʻirsoq" ertagida qiyin vaziyatlardan qanday qilib chiqib ketish haqida soʻz boradi. Har bir ertakni zamirida bir yaxshilik yotadi. Oʻquvchilardan oʻqigan ertaklarni mazmunini tushunish va unlarni qayta hikoya qildirish zarur. Hikoya qilib berganlaridan soʻng ularni mustaqil fikrlashga undash "Agar sen shu qahramonning oʻrnida boʻlganingda nima qilarding?", " Qaysi qahramon toʻgʻri yul tutdi?" , " Qaysi qahramonning oʻrnida boʻlishni hoxlaysan?" " Nega aynan shu qahramon" kabi savollarni berib, ularni erkin muloqotga chorlash ularni faolligini oshiradi. Ertakda keltirilgan yangi soʻz va iboralar, maqollar ustida ishlash oʻquvchilarning ertak mohiyatini, asl gʻoyasini tushunishi bogʻlanishli nutqini rivojlanishiga xizmat qiladi. " Sholgʻom" ertagida oʻquvchilarda voqealarning ketma- ketligini anglashga " kuch birlikda" degan gʻoyani ilgari soʻrilganini anglab yetadilar. Unda uchraydigan yangi soʻzlarni oʻzi bogʻlanib kelgan soʻzlar bilan anglash oʻquvchilarda lugʻat boyligini kengaytiradi.Ertak matni ustida ishlashda unday uchraydigan badiiy va tasviriy vositalar, mubolagʻalar, jonlantirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ertak mazmunini tahlil qilish bolalarda mustaqil xulosalar chiqarish savol- javob olib borish o'quvchilarda ogʻzaki nutqini ravon rivojlanishiga xizmat qiladi. Oʻqituvchi tomonida oʻqib berilgan ertakdan oʻquvchilar oʻzlari uchun toʻgʻri xulola chiqarishlarni uni tahlil va muhokama qilishlari, berilgan savollarga aniq va ravon javob berishlari orqali oʻquvchi shaxsida ogʻzaki nutq koʻnimasi shakllandi. Ertakni qismlarga boʻlib oʻqish qismlarga boʻlib tahlil qilish qahramonlarni taqqoslash yoki ertakni davom ettirish orqali nutq koʻnikmasini shakllantirish. Badiiy asar ustida ishlash boshlang'ich sinf oʻquvchilari ertaklar ustida ishlash orqali ogʻzaki nutqi rivojlanishiga soʻz boyligi oshishiga , yordam beradi.Ta'lim jarayonida ertaklarni oʻqitish orqali ogʻzaki nutqi balki, muloqot madaniyati ham shakllanadi.Ertak ustida ishlash bola nutqini yangi soʻz va iboralar bilan boyitadi. Foydalanilgan adabiyotlar. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni. // Barkamol avlod. O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: SHarq, 1997. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. // Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: SHarq, 1997. 72 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 4 Elov Z.S. O‘smirlik dаvridа shахs хulq-аtvоridа

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Boshlang'ich sinf oʻquvchilarining nutqini oʻstirishda tafakkurini rivojlantirishda ertaklarni oʻrni va ahamiyati haqida soʻz boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Boshlang'ich sinf oʻquvchilarining nutqini oʻstirishda tafakkurini rivojlantirishda ertaklarni oʻrni va ahamiyati haqida soʻz boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ertak, nutqiy faoliyat, qayta hikoya qilish, tafakkur, jonlantirish., oʻqish, ogʻzaki nutq, Nutq, ta'lim va tarbiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники