Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUHAMMAD YUSUF SHE’RLARIDA VATANPARVARLIK TUYG‘ULARINING UYG‘UNLIGI
TUYG‘ULARINING UYG‘UNLIGI · Meyliboyev G‘olib Botir o‘g‘li
ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 2 · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada biz o‘zbek xalqining sevimli shoiri, otashqalb farzandi, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning hayot faoliyati, ijodi hamda bizlar uchun yod bo‘lib ketgan samimiy va sodda she’rlaridagi vatanparvarlik tuyg‘ularining uyg‘unligi haqida fikr yuritamiz. Kalit so‘zlar: Vatanparvarlik, ona yurt, jamiyat, taraqqiyot, shoir, his-tuyg‘u, kelajak, kitob, ma’naviy ong, milliy yuksalish. Annotation: In this article, we will reflect on the life activity, creativity of Muhammad Yusuf, the favorite poet of the Uzbek people, the son of a firebrand, the national poet of Uzbekistan, and the harmony of patriotic feelings in his sincere and simple poems that have become a memory for us. . Keywords: Patriotism, motherland, society, development, poet, emotion, future, book, spiritual consciousness, national rise. Vatanparvarlik – bu kishilarning oʻz ona yurtiga muhabbati va sadoqatini ifodalaydigan tushuncha. Vatanparvarlik barcha kishilar, xalq, millatlar uchun umumiy boʻlgan, asrlar davomida sayqallanib kelgan umuminsoniy tuygʻu, maʼnaviy qadriyatlardan biri. Tarixiy jihatdan Vatanparvarlik kishilarning oʻz vatanlari taqdiri bilan bogʻliq ijtimoiy rivojlanish, xalqlarning oʻzlari yashayotgan hududning daxlsizligi va mustaqilligi yoʻlidagi kurashi jarayonida takomillashib kelgan his- tuygʻular jamlanmasi hamdir. Bu vatanning oʻtmishi va hoziri bilan faxrlanishda, uning manfaatlarini himoya qilishda namoyon boʻladi. Vatanni sevish iymondandir deb ham bejizga aytishmagan. Vatanparvar inson, o‘zi tug‘ilib o‘sgan joyni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylaydi, uning rivojlanishi uchun harakat qiladi, vatanini hech narsaga almashmaydi, vatan madhini doimo birinchi o‘ringa qo‘yadi, vatan uchun hattoki jonini ham fido qiladi. Bunday vatanparvar insonlar bizning yurtimizda juda ko‘p. Shuning uchun ham biz ushbu maqolamizda, vatanparvar inson, otashqalb shoir, sodda, samimiy va kamtorona she’rlari bilan xalqimizning ko‘nglidan joy olgan, xalqimizning sevimli farzandi, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf haqida gaplashamiz. 23 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 4 Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatgach, Respublika Rus tili va adabiyoti institutida o‘qib, uni 1978-yilda bitirdi. Shoir 1978- 1980 yillarda Kitobsevarlar respublika jamiyatida, 1980-1986 yillarda “Toshkent oqshomi” gazetasida, 1986-1992 yillarda G‘. G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, 1992-1995 yillarda “O‘zbekiston ovozi” gazetasida, O‘zbekiston Axborot agentligida ishladi, 1995-1996 yillarda Davlat va jamiyat qurilish akademiyasida o‘qidi. 1997 yildan boshlab O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishladi. Hammamizga ma’lumki, Muhammad Yusuf O‘zbekistondagi eng yosh xalq shoiri (1998-yil) hisoblanadi. Uning millat va yurt istiqloli sharafiga bitgan go‘zal she’rlari o‘zining samimiyligi, soddaligi, badiiy mukammalligi bilan millionlar qalbida aks sado berdi. Shoirning “Vatanim”, “Xalq bo‘l, elim”, “Dunyo”, “Inshoolloh”, “O‘zbekmomo”, “Iqror”, “Tilak” singari o‘nlab she’rlari chinakam she’riyat yurtni qanday kuylamog‘i lozimligini isbotlagan asarlar bo‘lib qoldi. Muhammad Yusufning vatanparvarlik tuyg‘ulari shoirning she’riyatida o‘ziga xos tarzda ifodalanadi. U vatanini sevishni, uni himoya qilishni, o‘z xalqining boy tarixini va madaniyatini yuksaltirishni she’riy obrazlar orqali keng yoritadi. She’rlarda milliy mustaqillik, xalqning erkinligi, vatanni himoya qilish va uning taraqqiyotiga hissa qo‘shish kabi mavzularni tilga oladi. Shoirimizning ko‘plab she’rlarida vatanparvarlik ruhi mavj urib turadi. Misol uchun hammamiz yoddan biladigan, musiqasini eshitsak jo‘r bo‘lib kuylaydigan “Vatanim” she’rini olsak. Men dunyoni nima qildim, О‘zing yorug‘ jahonim, О‘zim xoqon, О‘zim sulton, Sen taxti Sulaymonim, Yolg‘izim, Yagonam deymi, Topingan koshonam deymi, О‘zing mening ulug‘lardan 24 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 4 Ulug‘imsan, Vatanim… Shoirimizning ushbu she’ridagi, bu misralarda o‘zbek xalqining necha ming yilliki tarixi, o‘tmishi aytib o‘tilgan. О‘zim xoqon, О‘zim sulton, degan so‘zlar bizga Buxoro xonligi, Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonligi eslatadi, albatta. XVI-XIX asrlardagi ushbu davlatlarning yuksalishi, rivojlanishi, adabiyoti, san’at va madaniyati, olim-u fuzalolari hamda davlatlarning o‘zaro a’loqalarini, yuqoridagi jumlalar orqali anglab yetishimiz mumkin. Shodon kunim gul otgan sen, Chechak otgan izimga, Nolon kunim yupatgan sen, Yuzing bosib yuzimga. Singlim deymi, Onam deymi, Hamdardu hamxonam deymi, Oftobdan ham о‘zing mehri — Ilig‘imsan, Vatanim. Muhammad Yusufning “Vatanim” she’ridagi bu misrasida
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada biz o‘zbek xalqining sevimli shoiri, otashqalb farzandi, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning hayot faoliyati, ijodi hamda bizlar uchun yod bo‘lib ketgan samimiy va sodda she’rlaridagi vatanparvar…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada biz o‘zbek xalqining sevimli shoiri, otashqalb farzandi, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning hayot faoliyati, ijodi hamda bizlar uchun yod bo‘lib ketgan samimiy va sodda she’rlaridagi vatanparvar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Patriotism, motherland, society, development, poet, emotion, future, ona yurt, ma’naviy ong, kelajak, Vatanparvarlik, shoir, jamiyat, kitob, milliy yuksalish., his-tuyg‘u, taraqqiyot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025