Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DАSTLАBKI O‘RGАTISH BOSQICHIDА GАNDBOLCHILАRNI HUJUM TEXNIK USULLАRGА O‘RGАTISH USULLАRI VА ULАRNI NАZORАT QILISH YO‘LLАRI
QILISH YO‘LLАRI · To‘laganov Shuxrat Furqatjonovich · Maxmusayev Zuxriddin Muxitdinovich · Jurayev Jamshid Odil o‘g‘li
Современная наука и исследования · 4 · 255-257 · 2025
Аннотация
This article analyzes the methods of teaching and controlling offensive techniques in handball players at the initial training stage. 1 00 1 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ The study examined the effective use of theoretical, practical, and tactical exercises in teaching offensive skills, as well as the impact of training aimed at improving passing accuracy, dribbling speed, and the effectiveness of attacking actions. Keywords: initial training, attack techniques, passing accuracy, training methodology, physical preparation, skill development. Dolzarbligi. Gandbol – jamoaviy sport turi bo‘lib, u tezlik, aniqlik va taktik fikrlashni talab qiladi. Hujum texnikasi muvaffaqiyati o‘yin uchun muhim hisoblanadi. Shu bois, dastlabki o‘rgatish bosqichida gandbolchilarni hujum texnik usullarga o‘rgatish va ularni nazorat qilish usullari samarali shaklda tashkil etilishi lozim. Gandbol o‘yini gandbolchidan kattagina jismoniy va texnik tayoyrgarlikni, butun o‘yin davomida aniqlik bilan harakat qilishlarini talab etmoqda, chunki jismoniy tayoyrgarlikni maʼromida bo‘lmasligi maydonda barcha haraktlarning samarasiz tugallanishiga, jamoaning mufavvaqiyatsiz o‘yiniga olib keladi. Sport mahoratining dastlabki bosqichida, yaʼni yosh sportchilarda shunday ko‘ngilsiz oqibatlar ro‘y bermsasligi uchun mashg‘ulotlarni to‘g‘ri yo‘naltirish, jismoniy, texnik va taktik tayyorgarlikka oid mashqlarni samarali qo‘llash tavsiya etiladi. Oydan-oyga, yildan-yilga mashg‘ulot yuklamalarining hajmi va shiddati «zinapoya» sifatida emas, balki «to‘lqinsimon» shaklda orttirib borilishi maqsadga muvofiqdir. Binobarin, har bir murabbiy, ayniqsa jamoa murabbiylari, o‘z kasbiy-pedagogik faoliyatini ilmiy asosda tashkil qilishi yosh sportchilarni tayyorlash muammosining prinsipial jihatlaridan biridir. Tadqiqotning maqsadi. Gandbolchilarni dastlabki tayyorgarlik bosqichida hujum texnikasini samarali o‘rgatish metodikasini ishlab chiqish va nazorat qilish usullarini takomillashtirish. Tadqiqot vazifalari: 1. Hujum texnikasi asosiy elementlarini o‘rganish. 2. Hujum texnikasini o‘rgatishda samarali metodlarni ishlab chiqish. 3. Hujum harakatlarini nazorat qilish va baholash usullarini aniqlash. 4. Tajriba natijalarini tahlil qilish va metodik tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqot quyidagi usullar asosida olib borildi: 1. Nazariy tayyorgarlik. Gandbolchilarga hujum texnik usullari to‘g‘risida nazariy maʼlumotlar beriladi. Bu jarayonda videomateriallar va sxemalardan foydalanish samarali bo‘ladi. 1 00 2 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 2. Amaliy mashg’ulotlar. - Hujumda yurish va yugurish kombinatsiyalari; - Uzatish va qabul qilish mashqlari; - To‘p bilan harakat qilish va himoyachini aldash; - Darvozaga zarba berish texnikalari 3. Jamoaviy va yakka tartibdagi mashqlar. Gandbolchilar individual ravishda va jamoa tarkibida hujum usullarini rivojlantirish uchun maxsus mashqlar bajaradilar. Tadqiqotning natijalari va ularning muhokamasi. Tadqiqot davomida gandbolchilarning hujum texnikasi bo‘yicha rivojlanish darajasi baholandi. Hujum texnikasini o‘rgatish usullari: • Bosqichma-bosqich o‘rgatish metodi (o‘quvchilarni harakatlarga o‘rgatishda soddadan murakkabga o‘tish). • Imitatsion mashqlar (real o‘yin vaziyatlarini yaratish). • Taktik o‘yinlar (jamoaviy hamkorlikni rivojlantirish). • Jismoniy tayyorgarlikka moslashtirilgan mashqlar (tezkorlik, kuch, chidamlilikni oshirish). Hujum texnikasini nazorat qilish va baholash: 1. Baholash mezonlari: - To’pni uzatish aniqligi (%). - To’pni qabul qilish va nazorat qilish darajasi. - To’pni yerga urib yurish (sekundlarda). - Hujum samaradorligi (gol urish foizi). 2. Nazorat qilish usullari: - Video tahlil orqali baholash. - Test sinovlari. - Murabbiy tomonidan baholash. Mashg‘ulotlar soni va hujum texnikasini o‘zlashtirish darajasi To‘p uzatish aniqligi To‘pni yerga urib Hujum samaradorligi Mashg‘ulotlar soni (%) yurish (sek) (%) 0 ta boshlang‘ich 45% 8,2 30% 10 ta 60% 7,5 45% 20 ta 75% 6,8 60% 30 ta 85% 6,2 75% 1 00 3 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ - Mashg‘ulotlar soni oshgan sari hujum texnikasi rivojlanmoqda. - To‘p uzatish aniqligi va dribling tezligi yaxshilanmoqda. - Hujum samaradorligi 30% dan 75% gacha oshdi. Xulosa. Gandbolchilarni hujum texnik usullarga o‘rgatishda nazariy, amaliy va taktik mashqlar muhim o‘rin tutadi. Mashg‘ulotlarning muntazam va intensiv tashkil etilishi hujum texnikasining yuqori darajada rivojlanishiga olib keladi. Nazorat jarayonida video tahlil va baholash tizimlari muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, dastlabki o‘rgatish bosqichida samarali mashg‘ulot usullarini qo‘llash va natijalarni muntazam baholab borish lozim.
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the methods of teaching and controlling offensive techniques in handball players at the initial training stage.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the methods of teaching and controlling offensive techniques in handball players at the initial training stage. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- initial training, attack techniques, passing accuracy, training methodology, to‘p uzatish aniqligi, hujum texnikasi, ko‘nikmalarni rivojlantirish., jismoniy tayyorgarlik, mashg‘ulot metodikasi, dastlabki tayyorgarlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026