К содержанию
РецензированоUZ2026

GAZETANING VUJUDGA KELISHI VA TARAQQIYOTI, BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI

Srojeva Gulbahor Vahobovna

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

The modern form of the newspaper is closely related to the invention of the printing press. The creation of the technology of printing books using movable type in Europe by Johann Gutenberg in 1445 marked a turning point in the entire history of information dissemination. Now it became possible to prepare information in large numbers, quickly and much cheaper. With the advent of printing houses, information products became a means of reaching the general public. Keywords: Italy, Johann Gutenberg, Julius Caesar "Acta Diurna""Relation" Insoniyat tarixida axborot almashinuvi doimo muhim rol o‘ynagan. Aloqa va ma’lumot tarqatish vositalari taraqqiyoti jamiyatning madaniy, siyosiy va ijtimoiy rivojlanishida muhim bosqich bo‘lib xizmat qilgan. Ayniqsa, matbuot — gazeta va jurnallar — axborotni ommaga 1241 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 yetkazish vositasi sifatida alohida o‘rin tutadi. Gazetaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi insoniyatning axborotga bo‘lgan ehtiyoji, texnologik taraqqiyot va ijtimoiy tuzumlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Gazeta so‘zining o‘zi ilk bor Italiyada paydo bo‘lgan. XVII asr boshlarida Venetsiyada axborot varaqalari bir tiyinlik tanga — "gazeta" evaziga sotilgan. Bu nom keyinchalik butun bosma nashrlar uchun umumiy atama sifatida qabul qilindi. Biroq bosma axborot tarqatish ancha oldin, qadimiy davrlarda ham mavjud edi. Miloddan avvalgi II asrda Xitoyda Xan sulolasi hukmronligi davrida imperator farmonlari va saroy xabarlari aholi orasida yozma shaklda tarqatilgan. Bu "Dibao" deb atalgan xabarlar, rasmiy mansabdor shaxslar tomonidan olib kelinib, ma'lum bir joylarda o‘qib eshittirilgan. Qadimgi Rimda ham shunga o‘xshash holat kuzatilgan. Miloddan avvalgi 59-yilda Yuliy Tsezar "Acta Diurna" ("Kunlik ishlari") deb nomlangan axborot varaqalarini chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Bu hujjatlar forumlarda ilib qo‘yilgan bo‘lib, ular orqali aholiga siyosiy voqealar, qonunlar, jinoyatlar va boshqa ijtimoiy muhim voqealar haqida xabar berilgan. Biroq bu shakldagi axborot vositalari faqatgina ma’lum guruh vakillariga tushunarli bo‘lgan va ular keng ommani qamrab olmagan. Gazetaning zamonaviy shakli matbaa ixtirosi bilan chambarchas bog‘liq. 1445-yilda Iogan Gutenberg tomonidan Yevropada harakatlanuvchi harflar yordamida bosma usulda kitob chop etish texnologiyasining yaratilishi butun axborot tarqatish tarixida tub burilish yasadi. Endi ma’lumotlarni ko‘p nusxada, tez va ancha arzon tarzda tayyorlash imkoni tug‘ildi. Bosmaxonalarning paydo bo‘lishi bilan axborot mahsulotlari keng omma uchun yetib boradigan vositaga aylandi. Bir necha asr o‘tib, XVII asrda Yevropada birinchi bosma gazetalar paydo bo‘ldi. 1605- yilda Strasburgda "Relation" deb nomlangan birinchi gazeta chop etildi. Bu nashrda siyosiy voqealar, urushlar, diplomatik aloqalar haqida xabarlar berilar edi. Keyinchalik 1631-yilda Fransiyada Teofrast Renaudo tomonidan nashr etilgan "La Gazette" gazetasi matbuot tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu gazeta qirol sudiga yaqin bo‘lgan shaxslar tomonidan boshqarilgan va rasmiy axborotni tarqatishga xizmat qilgan. Renaudo faoliyati bilan zamonaviy jurnalistika asoslarini yaratgan deb hisoblanadi. XVII-XVIII asrlarda matbuot tez sur’atlarda rivojlandi. Angliya, Germaniya, Niderlandiya kabi mamlakatlarda gazetalarning soni oshib bordi. Bu jarayon sanoat inqilobi, savdo-sotiqning kengayishi va siyosiy faollik bilan bog‘liq edi. Ayniqsa, Angliyada matbuot erkinligi uchun kurash ijtimoiy hayotda gazetalarning ahamiyatini kuchaytirdi. 1695-yilda senzura bekor qilinishi bilan gazeta va jurnallar o‘z faoliyatini erkin amalga oshira boshladi. XIX asrda esa matbuot butunlay yangi bosqichga ko‘tarildi. Sanoat inqilobi tufayli bosma 1242 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 texnologiyalar takomillashdi, qog‘oz ishlab chiqarish arzonlashdi va gazetalarning narxi ommabop bo‘ldi. Shuningdek, temiryo‘llarning rivojlanishi axborotni mamlakat bo‘ylab tez tarqatish imkonini yaratdi. Bu davrda jurnalistika kasb sifatida shakllandi, muxbirlar, muharrirlar faoliyati ommaviy tus oldi. Shuningdek, reklama asosida moliyalashtirilgan gazetalar paydo bo‘ldi, bu esa ularni iqtisodiy jihatdan barqaror qildi. XX asrda radio, televideniye va internetning paydo bo‘lishi bilan matbuot yangi raqobatchilar bilan yuzma-yuz keldi. Shunga qaramay, gazeta va jurnallar axborot manbai sifatida o‘z ahamiyatini saqlab qoldi. Tahliliy materiallar, rasmiy xabarlar va ijtimoiy mavzular bo‘yicha chuqur maqolalar matbuotning ustunligi bo‘lib qoldi. Bundan tashqari, demokratik jamiyatlarda matbuot “to‘rtinchi hokimiyat” sifatida qaralib, hokimiyatning ochiqligi va hisobdorligini ta’minlashda muhim rol o‘ynadi. Bugungi kunda gazeta tushunchasi raqamli shaklga ham ko‘chgan. Ko‘pgina an’anaviy nashrlar o‘z faoliyatini internetga olib o‘tdi. Onlayn nashrlar real vaqt rejimida yangiliklar tarqatmoqda, multimedia elementlari, videolar va interaktiv kontent bilan boyitilgan. Ijtimoiy tarmoqlar orqali esa

Доказательный фрагмент

«The modern form of the newspaper is closely related to the invention of the printing press.»

Образец извлечения

Демо-превью

The modern form of the newspaper is closely related to the invention of the printing press. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Italy, Johann Gutenberg, Julius Caesar "Acta Diurna""Relation", Yuliy Tsezar, Iogan Gutenberg, Italiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники