К содержанию
РецензированоEN2026

KORXONALARDA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH

Ochilov Shavkat Toshmamatovich

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This scientific article describes the current issues of accounting of intangible assets and its improvement in the conditions of organization of the accounting process based on international standards of financial reporting. Proposals and recommendations on improving the accounting of intangible assets in enterprises are given. Key words: intangible assets, valuation of intangible assets, input, write-off, depreciation calculation, cost, expenses, fiscal sustainability, tax base, financial statement information. Nomoddiy aktivlar hisobini takomillashtirish buxgalteriya hisobining muhim vazifalaridan hisoblanadi, chunki nomoddiy aktivlar zamonaviy korxonalarning qiymati va operatsion samaradorligida tobora muhim rol oʻynaydi. Soʻnggi yillarda korxonalar aktivlarining umumiy qiymatida nomoddiy aktivlar ulushini oshirish tendensiyasi kuzatilmoqda, bu ularni 1183 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 baholash, amortizatsiya qilish va hisobga olish masalalarini dolzarbligini ifodalaydi. Nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobini takomillashtirish ularning qiymatini va kompaniya uchun potensial iqtisodiy foydani aniqroq aks ettirish imkonini beradigan yangi usul va yondashuvlarni ishlab chiqishni oʻz ichiga oladi. Bu aktivlarning foydali xizmat muddatini aniqlash, amortizatsiya usulini tanlash va faol bozorda sotilmaydigan aktivlarni qayta baholash bilan bogʻliq vazifalardan iboratdir. Shuningdek, buxgalteriya hisobi standartlari xalqaro amaliyotga mos kelishini taʼminlash ham muhim, bu esa moliyaviy hisobotning shaffofligini va investorlar ishonchini oshirishga yordam beradi. Qonunchilik va buxgalteriya hisobi standartlaridagi oʻzgarishlar bilan kompaniyalar hisob siyosati va buxgalteriya hisobini tashkil etish tartiblarini MHXS talablariga moslashtirishi kerak. Bu oʻz navbatida nomoddiy aktivlar tasnifini qayta koʻrib chiqish, ularni tan olish va oʻlchash mezonlarini aniqlashtirish hamda moliyaviy hisobotlarda oshkor etilishini takomillashtirish kabi vazifalarni ham qamrab oladi. Ushbu chora- tadbirlarning barchasi korxonaning moliyaviy holati va rivojlanish istiqbollari haqida aniqroq va toʻliq tasavvurni shakllantirishga qaratilgan harakatlardir. Nomoddiy aktiv turlari asta sekinlik bilan koʻpayib borayotgani, hisob jarayoniga yangidan-yangi atamalar va tushunchalarning kirib kelishini taʼminlamoqda. Shu oʻrinda alohida taʼkidlash kerakki, bugungi zamonaviy hisob jarayonida korxona moliyaviy holati va raqobatbardoshligini baholashda nomoddiy aktivlarning ahamiyati bir necha oʻn barobar ortdi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Tez suratlarda shakllanayotgan mazkur holat esa korxona hisob tizimida mavjud nomoddiy aktivlar turlari toʻgʻrisida moliyaviy hisobotlarda foydalanuvchilar talabini qanoatlantiruvchi batafsil hisob maʼlumotlarining boʻlishini talab etadi. Jahon iqtisodiyotining oʻzaro integratsiyalashuvi va hisob jarayonlarining transformatsiyalash davrida dunyo mamlakatlarida yuritilayotgan buxgalteriya hisobi tizimi hamda qoʻllaniladigan iqtisodiy atamalarning bir xil maʼnoga ega boʻlishi birinchi galda hal etilishi talab etiladigan muammolardan biri sanaladi. Nomoddiy aktivlarni identifikatsiyalash, turlarga ajratib tasniflash, baholash, tan olish, amortizatsiyalash hamda hisobdan chiqarish jarayonlarini tashkil etish va yuritishda joriy paytda ham dunyo olimlari oʻrtasida bir qancha munozarali masalalar bor. Ilm fanning taraqqiy etishi, korxonaga iqtisodiy naf keltirishi mumkin boʻlgan nomoddiy aktivlar hamda intellektual mulk turlarining ortishi ularni identifikatsiyalash, baholash hamda buxgalteriyada hisobga olish boʻyicha bir qancha muammolarni yuzaga chiqarmoqda. Mamlakatimizda innovatsion taraqqiyot modelini ishlab chiqish, intellektual boyliklarni koʻpaytirish, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini jadallashtirish, ishlab chiqarish, taʼlim va fan integratsiyasini kengaytirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mamlakatni isloh etish va modernizatsiya qilish yoʻlidagi izchil 1184 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 harakatlarni kuchaytirish, ularni yangi, yanada yuqori bosqichga koʻtarish ustuvor vazifa qilib belgilangan. Bu vazifalarning ijrosini soʻzsiz taʼminlash pirovardida Vatanimiz taraqqiyotini yanada yuksaltirish va xalqimiz farovonligini oshirishga qaratilgan boʻlib, bunda hal qiluvchi omil sifatida intellektual nomoddiy aktivlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni jadallashtirish, zamonaviy moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish, ishlab chiqarish barqarorligini, raqobatbardoshligini taʼminlash va yuqori daromad olish hamda ichki imkoniyatlardan samarali foydalanish bugungi kundagi asosiy vazifalardan biri boʻlib hisoblanadi. Bu korxonalarda moddiy koʻrinishga ega boʻlmagan. Lekin kelajakda korxonaga iqtisodiy naf keltirishi mumkin boʻlgan aktivlarning yuzaga chiqishini ragʻbatlantiruvchi sharoitlardan biri hisoblanadi. Demak, korxonalarda p

Доказательный фрагмент

«This scientific article describes the current issues of accounting of intangible assets and its improvement in the conditions of organization of the accounting process based on international standards of financial rep…»

Образец извлечения

Демо-превью

This scientific article describes the current issues of accounting of intangible assets and its improvement in the conditions of organization of the accounting process based on international standards of financial rep… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
intangible assets, valuation of intangible assets, input, write-off, depreciation, nomoddiy aktivlarni baholash, moliyaviy hisobot maʼlumotlari., xarajatlar, fiskal barqarorlik, hisobdan chiqarish, nomoddiy aktivlar, soliq bazasi, kirim qilish, eskirish hisoblash, tannarx
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники