Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
MARKAZIY OSIYO TARIXIDA IKKINCHI RENESSANS DAVRINING VUJUDGA KELISHI: IJTIMOIY, SIYOSIY VA ILMIY SHART-SHAROITLAR
Urazov Sobir Saparbayevich · O‘R QK Akademiyasi O‘qituvchisi
Interpretation and researches · 1 · 2026
Аннотация
This article examines the emergence of the second renaissance in the history of Central Asia: social, political, and scientific conditions, and mentions the territory of Uzbekistan as one of the ancient centers of world civilization that made a worthy contribution to world civilization. Keywords: Central Asia, political and scientific conditions, center of civilization, spiritual and educational, renaissance, history, Renaissance. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoevning – Biz buyuk yurt farzadlarimiz deya fahrlanishga haqqimiz bor. Chunki har ikkala uyg‘onish davri bunyodkorlari bizning ajdodlarimizdir deb ta’kidlaydi. Haqiqatan ham Markaziy Osiyo mintaqasi, ya’ni O‘zbekiston hududi dunyoning qadimiy sivilizatsiya markazlaridan biri sifatida jahon tamadduniga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan makondir. Bunga insoniyat o‘z tarixiy taraqqiyotida bir necha marotaba guvohi bo‘lgan. Bizning zaminimizda yashagan ajdodlarimiz eramizdan oldingi ming yillikda hayot kechirishning o‘z tajribalarini muqaddas “Avesto” kitobiga bitishgan. Unda yozilgan ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy merosimizga qiziquvchilar hozirgacha mazkur asarga murojaat qilib kelishadi. 22 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 VIII-asrdan boshlab yurtimizga islom dinining kirib kelishi natijasida birinchidan inson hayotida ahloqning o‘rni juda muhim ekanligiga e’tibor qaratishga chorlagan bo‘lsa, ikkinchidan insonlar hayotidagi har qanday muammolarni yechimini topishda najot ilm ekanligiga urg‘u berish bilan izohlanadi. Xalqimizning axloq va ilm yo‘lidan borishi umuminsoniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shganligidan dalolat beradi. Shuningdek, IX-XII asrlar ya’ni I Renessansni shakllanishi va rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratdi. Renessans, ya’ni Uyg‘onish faqat Yevropaga xos hodisa emas. Dunyo madaniyatini yaxlit olib o‘rgangan olimlarning bildirgan fikrlariga ko‘ra, Osiyo markazida joylashgan Movarounnahr, Xuroson va Eronda Italiyaga qaraganda bir necha asr oldin, ayni IX-XII asrlarda ulkan madaniy ko‘tarilish sodir bo‘lgan, ilm- fan, falsafa, adabiyot kuchli rivojlanib, ilg‘or insonparvarlik g‘oyalari jamiyat fikrini band etgan, aqliy va ijodiy faollik gurkiragan. Ikkinchi Sharq Uyg‘onish davri - XIV-XV asrlarni qamrab olib, – Temuriylar Renessansi bilan bog‘liq. Bunda Amir Temur bunyod etgan ulug‘ saltanatning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Amir Temur asos solgan davlat XIV-XV asrlar Turon tarixining – oltin davri hisoblanadi. G‘arb olimlaridan biri A.Mes fikriga ko‘ra Uyg‘onish davrining alohida bosqichi – Musulmon – Renessansi deb qayd etiladi. N.I.Konrad esa – Sharq Uyg‘onishi ya’ni – Temuriylar Renessansi deb ta’kidlaydi. Shuningdek mashhur fransuz olimi Lyusen Keren ta’kidlaganidek, – yevropalik ijodkorlar Amir Temurni Sharq Renessansining bunyodkori sifatida qadrlaydilar. XIV asrda Sohibqiron Amir Temur bobokalonimiz asos solgan va uning munosib avlodlari davom ettirgan muhtasham saltanat, yurtimizda ikkinchi Uyg‘onish, ya’ni ikkinchi Renessans davrini boshlab bergan. Bu davrda Qozizoda Rumiy, Mirzo Ulug‘bek, G‘iyosiddin Koshiy, Ali Qushchi singari benazir olimlar, Lutfiy, Sakkokiy, Hofiz Xorazmiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo kabi mumtoz shoir va mutafakkirlar maydonga chiqdi. Sharafiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamir kabi tarixchilar, Mahmud Muzahhib, Kamoliddin Behzod singari musavvirlar, ko‘plab xattot va sozandalar, musiqashunos va me’morlarning shuhrati dunyoga yoyilgan. Turonzamin Renessansi ta’siri Xuroson va Hindiston, hattoki Yevropa mamlakatlariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Yevropa xalqlari Temuriylar Renessansini teran tahlil qilganlar. Amir Temur ilm-fan va madaniyat ravnaqiga keng imkoniyatlar yaratgan, din peshvolari, olimlar, san’atshunoslar, yozuvchilar, shoirlarga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatgan. Bu oliymaqom siyosat natijasida Sharq Uyg‘onish davrining ikkinchi bosqichiga asos solingan. Tarixdan malumki, Amir Temur o‘ziga bo‘ysundirgan 27 mamlakatning eng mohir kasb egalari bo‘lgan hunarmandlarni, olimu ulamolarni, shu yurtlar xazinalarida mavjud bo‘lgan barcha nodir ilmiy va diniy kitoblarni olib kelib, 23 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 5 (51) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 juda katta kutubxona tashkil etgan edi. Bu bebaho kitoblarni o‘qib-o‘rgangan farzand va nabiralari orasidan jahon fani va ilmiga ulkan hissalari qo‘shgan Mirzo Ulug‘beklar, Alisher Navoiylar, Xondamirlar, Behzodlar yetishib chiqdilar-ki, ular yurtimizda va jahonda e’tirof etib kelinayotgan II Renessansni paydo bo‘lishiga xizmat qildi. Bugungi kunda ham uyg‘onish davridan bizga meros bo‘lib qolgan ma’naviy qadriyatlardan tashqari moddiy qadriyatlarlarning ba’zilari ulkan me’moriy obida sifatida o‘tmishimiz buyukligidan dalolat beradi. Tarixiy shaharlar hisoblangan Samarqand, Buxoro, Urganch, Toshkent kabi shaharlar va ularda bunyod eti
Доказательный фрагмент
«This article examines the emergence of the second renaissance in the history of Central Asia: social, political, and scientific conditions, and mentions the territory of Uzbekistan as one of the ancient centers of wor…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the emergence of the second renaissance in the history of Central Asia: social, political, and scientific conditions, and mentions the territory of Uzbekistan as one of the ancient centers of wor… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Central Asia, political and scientific conditions, center of, renessans, uyg‘onish davri., sivilizatsiya markazi, tarix, siyosiy va ilmiy shart-sharoitlar, ma’naviy-ma’rifiy, markaziy osiyo
Смежные источники
Interpretation and researchesЗокиржонова Ф. Р., Туленова К. Ж2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025