Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ERTAKLARNING JANRIY BELGILARI VA MOTIVLAR TIZIMI
Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna · Azimova Nilufar Dilshod qizi (Buxoro davlat pedagogika instituti, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti,)
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Uzbek folklore is a powerful spiritual treasure formed during the development of the artistic potential of our ancestors over the centuries. During the development of thought, the mythological views of our ancestors Zucco turned into an artistic aesthetic phenomenon, and as a result of the poetic expression of reality through words, folklore traditions consisting of various genres were formed. In this article, the genre features of fairy tales and the system of motifs are observed. Key words: fairy tale, hero, goodness, humanity, patriotism, plot, image, reading, exaggeration, motive, genre symbols. 1149 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Kirish. Qadimiy epik an’analarni o‘zida mujassam etgan ertaklar xalqimizning mifologik tasavvurlari, e’tiqodiy qarashlari, turmush tarzi va ma’naviyatini o‘zida mujassamlashtirganligini uchun yosh avlodga kuchli badiiy estetik ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega. O‘zbek folklorshunosligida ertak janrini o‘rganish borasida muayyan yutuqlarga erishilgan bo‘lishiga qaramay hozirgi ma’naviy – ma’rifiy ehtiyoj folklorshunoslardan ertaklarni yanada chuqurroq va keng qamrovda o‘rganishni taqozo etmoqda. Shu ma’noda biz mazkur bitiruv malakaviy ishimizda o‘zbek ertaklaridagi shart – sinov motivlarini tadqiq qilishga urindik. Bu esa ishimizning dolzarbligini belgilaydi. Har bir yaratilgan asar muayyan shakl, muayyan mazmun va g‘oyaning ifodasi sifatida ma’naviy mulkka aylanish, madaniy merosdan munosib o‘rin olish uchun harakatlanadi. Xalq og‘zaki ijodi millat ma’naviy xazinasining asosiy va muhim tarkibiy qismidir. Zamonaviy ilm-fanda biror muammoni hal qilish uchun bir necha fanlar doirasida ish ko‘rish talab darajasiga yetdi. Bunday vaziyatda yozma va og‘zaki adabiyot, mifologik va ilohiyotga doir ilmlarning tutashishi ham tabiiy. Ertaklar syujetini yuzaga keltirgan yoki ertak syujetining bir halqasiga aylangan motivlar, xususan, shart-sinov motivi genezisi, mazkur motiv ko‘rinishlari klassifikatsiyasini yaratishda ham shu yo‘nalishda ish ko‘rilishi zarur. Asosiy qism. Ertak sujeti murakkab, turli xil an’anaviy motivlar tizimidan tashkil topgan. Uning asosida qabilaviy e’tiqod, magiya, tabu bilan bog‘liq urf-odatlar; animizm, totemizm, fetishizm kabi e’tiqodiy qarashlar feodal jamoa, matriarxat, feodal-patriarxal munosabat, qonun- qoidalarga aloqador voqea va hodisalar yotadi. Qizig‘i shundaki, ertak asosini tashkil etgan real tarixiy haqiqat fantastika, xayoliy va hayotiy uydirmalarga ko‘milib, unga singib, noaniqlikni kasb etgan. Ertak bu jihati bilan naql, latifa, loflarga tenglashadi. Real hodisa og‘zaki nasrning afsona, rivoyat, demonik hikoyalarida nisbatan aniq ko‘rinadi va sezilib turadi. Sehrli ertaklarning bahodirlik tipida pahlavon, qahramonning zo‘r kuch-qudrati hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Sujet voqealarida faol harakat qilgan qahramon ezgulik ramzi sifatida ideallashtirilgan. U elatni himoya qiluvchi uning jangovar timsoli, har bir harakati, g‘ayrioddiy kuchi bo‘rttirilgan. Bahodirlik ertaklari («Pahlavon Rustam», «Qahramon», «Qiron og‘a») ning mifologik e’tiqod, qadimiy marosimlarni o‘zida jamlab, ming yillar davomida saqlab kelgan namunalari ziddiyatli jamiyatning dastlabki bosqichlarida yuzaga kelgan. Fantastika voqealarni boshqaradi, muvaffaqiyatli yakuniga olib keladi, ayni paytda sujet yo‘nalishida dinamik harakatni ta’minlab, obrazlar tizimini belgilaydi. Shuning uchun ham syujetni xayoliy uydirmalar asosiga qurilgani sehrli ertak voqealari, hayotiy uydirmalar asos bo‘lganini maishiy ertak hodisalari tashkil etadi. Har ikki xil syujet g‘oyaviy-estetik funksiyani ado etuvchi xossalari bilan o‘zaro farqlanadilar. Biroh ularni hayot haqiqatidan uzilgan hodisa 1150 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 deb bo‘lmaydi. Aksincha, har ikki sujet ibtidoiy dunyoqarash, urf-odat, turli xil marosim bilan bog‘liq holda keladi. Bu uyg‘unlik badiiy obrazlarda aks ettirilganligi bilan ajralib turadi. Binobarin, har ikki xil tipdagi uydirma obrazlar mazkur tip ertaklarning o‘ziga xos belgilovchi vositalaridandir. Uydirmaning genetik asoslari, funksional jihatlarini belgilash ertak sujeti, uning o‘ziga xos tasvir vositalarini aniqlash imkonini beradi. Buning uchun, eng avvalo, uning spetsifikasi, tarixi hamda tashkil topgan manbalarni yoritish, poetik transformatsiyasi jarayonida yuz bergan o‘zgarishlarni belgilash zarur. Uydirma reallik chegarasida yoki uning tashqarisida bo‘lishi mumkin. Boshqacha aytganda, uydirmani haqiqatga yaqin formasi voqea va hodisalarni hayotga mos, tabiiy holda, real ifodalaydi. Uydirmaning haqiqatdan uzoq formasi esa hodisalarni haqiqatga zid, g‘ayritabiiy ko‘lamda tasvirlaydi va fantastikani yuzaga keltiradi. Tilsim esa fantastika turlaridan biri. Tilsim arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, haqiqatdan uzoq hodisani anglatadi, nutqda u xayoliy uydirma ataladi. Tilsim o‘zbek folklori, xususan, sehrli ertaklar joni va qonidir. Ilmiy tushunchaga ko‘ra, sehr-jodu notabiiy kuchining g‘ayrioddiy hosilasini ifodalaydi.
Доказательный фрагмент
«Uzbek folklore is a powerful spiritual treasure formed during the development of the artistic potential of our ancestors over the centuries.»
Образец извлечения
Демо-превьюUzbek folklore is a powerful spiritual treasure formed during the development of the artistic potential of our ancestors over the centuries. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- fairy tale, hero, goodness, humanity, patriotism, plot, image, reading, janriy belgilar., qahramon, ertak, motiv, mubolag‘a, syujet, mutolaa, vatanparvarlik, insonparvarlik, obraz, ezgulik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026