Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TOVUSH NUQSONLARINI BARTARAF ETISHDA DIOLOGIK NUTQNING AHAMIYATI
Madina Uktamovna Shukurova · TOVUSHNUQSONLARINI BARTARAF ETISHDADIOLOGIK NUTQNING
ИКРО журнал · 15 · 2025
Аннотация
Bolajonlarni diologik nutqga o’rgatishdagi o’ziga xos xususiyatlarni shakllantirishning o’ziga xosvazifasi vamaqsadi. Kalit so’zlar: dialog, polilog, talaffuz, grammatik kо‘nikma, monologik nutq, dialogik nutq, jonlanish kompleksi,emotsional vaziyat, ijobiy munosabat,nutqiy qobiliyat Dialogik nutq ikki va undan ortiq kishilar o‘rtasida amalga oshiriladi. Nutqning bu ko‘rinishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega, bu nutq keng jumlalami talab etmaydi. Shuning uchun dialogik nutq tarkibida to‘liqsiz gaplar juda ko‘p bo‘ladi. Bunday nutq tarkibida so‘roq va undov gaplar ham uchraydi. Dialogik nutqning mazmuni va vazifalari Dialog - suhbat bolaning kattalar va o‘z tengdoshlari bilan muloqotining asosiy shakli hisoblanadi. Bolalar bog‘chasida o‘qitish ikki shaklda amalga oshiriladi: a) erkin nutqiy muloqoti b) maxsus mashg‘ulotlarda Dialog ko'proq erkin nutqiy muloqotda paydo bo‘ladi va u bolalar lug‘atini boyitishning: talaffuzga-oid grammatik ко‘nikmalarini tabiiy ravishda rivojlantirish, ravon nutq ko‘nikmalariga ega bo‘lish bazasi hisoblanadi. Dialog maxsus mashg‘ulotlarda o‘qitiladi (oyiga 1-2 ta mashg‘ulot); Bolalar bog‘chasida bo‘lib turgan vaqti mobaynida bola erkin muloqotda pedagog va boshqa bolalar bilan muloqotga kirishadi. Uyda esa kattalar bola bilan turli mavzularda dialogga kirishishlari lozim. Dialogik nutqni (yoki og‘zaki nutqni) o‘rgatish odatda suhbat shaklida, ya’ni kattalar bilan bola o‘rtasida hamda bolalarning o‘zlari o‘rtasida fikr almashish shaklida ro‘y beradi. Dialogik nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlarning ahamiyati. Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlar luhbat metodi (suhbat) va imitatsiya metodi asosida o‘tkaziladi. Mazkur metodlar ko‘pincha quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi: Tayyorgarlik suhbati (so‘zlashish)usullari; Teatrlashtirish usullari (imitatsiya, qaytaaytib berish). Tayyorlangan suhbatning quyidagi vazifalari mavjud: To‘g‘ridan-to‘g‘ri - bolalarni suhbatlashishga, ya’ni suhbatdoshi so‘zlarini bo‘lmasdan tinglash, luqma tashlash uchun qulay paytni kutgani holda o‘zini tutib turish, suhbatdoshi uchun tushunarli qilib so‘zlash; Yo‘ldosh - talaffuz va grammatik ko‘nikmalami mashq qilish, ma’lum so‘zlar ma’nosini aniqlashtirish. Suhbat jarayonida tarbiyachi savollar, topishmoqlar, badiiy so‘z kabi turli usullardan foydalanadi. Bu usullaming barchasi suhbat paytida bilimlami o‘zlashtirish jarayonini yo‘naltirish, nutqiy muloqotni ta’minlash, bolalar fikrlarini, ulaming diqqat-e’tiborlarini, xotiralarini, emotsiyalarini faollashtirishga yordam beradi. Bolaning kattalar bilan dialogining dastlabki belgilari «jonlanish kompleksi», ya’ni bolaning kattalarga nisbatan emotsional-ijobiy munosabati ko‘rinishida paydo bo‘ladi. 2-2,5 oydan boshlab kichkintoy dialogga kirishishni faol talab qila boshlaydi. Dialogning birinchi shakli - emotsionai-erkin (vaziyat-shaxs) shakldir. Bu boshqa odamga bo‘lgan qiziqish, unga nisbatan emotsional munosabat bilan tavsiflanadi. Dialogning bunday shakli bola hayotining birinchi yarim yilligiga xos holatdir. Dialogning yanada rivojlangan ikkinchi shakli - ya’ni emotsional vositali (vaziyatli-amaliy) shakli bola hayotining ikkinchi yarim yilligida ro‘y beradi. Bu dialog predmetlar orqali vositali dialogga aylantiriladi. Ushbu yoshda bolaning qiziqishlari atrofdagi olamga yo‘naltirilgandir. Unda yangi taassurotllarga e’tiyoj yorqin paydo bo'ladi. Bu yoshdagi rivojlantirish vazifalari quyidagilardan iborat: Bolalar muassasalarida, oilada bolaga g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan kattalarga nisbatan emotsional bog‘liqlik va ishonch hissini tarbiyalash. Unga nisbatan ijobiy diqqat-e’tiborga bo‘lgan ehtiyojni www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 qondirish. Kichkintoyning uni o‘rab turgan atrof-olamga va uning o‘ziga nisbatan qiziqishni rivojlantirishga ko‘maklashish. Ilk yoshdagi ijtimoiy rivojlanish vaziyati va uning genetik vazifasi. Bola hayotining birinchi yili oxiriga kelib erishgan natijalari yangi ijtimoiy rivojlanish vaziyatini qurishni talab qiladi. Bu bolaning katta odam bilan birgalikdagi faoliyatiga oid vaziyatdir. Ushbu birgalikdagi faoliyat mazmuni - predmetlardan foydalanishning jamoatchilik tomonidan ishlab chiqilgan usullarini o‘zlashtirishdan iborat (bola qoshiq bilan ovqatlanishni, stakandan ichishni, rasm chizishni, stulchaga o‘tirish va hokazolami o‘rganadi). Dialog jadal rivojlanishda davom etadi, zero, kattalar bilan bevosita muloqotsiz predmetli faoliyat mumkin emas. Predmetli faoliyat bilan bog‘liq dialog faqat emotsionalligicha qolmaydi, u nutqiy dialogga aylanadi. Shunday qilib, ilk yoshdagi bosh vazifa narsalardan foydalanishning insoniy usullarini o‘zlashtirish va nutqni rivojlantirishdan, iborat bo‘ladi. , Bola narsalar bilan harakat qilar ekan, hayotining ikkinchi yiliga kelib, ulaming jismoniy (hajmi, shakli, rangi) va dinamik xususiyatlarini, masofayiy mun
Доказательный фрагмент
«Bolajonlarni diologik nutqga o’rgatishdagi o’ziga xos xususiyatlarni shakllantirishning o’ziga xosvazifasi vamaqsadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюBolajonlarni diologik nutqga o’rgatishdagi o’ziga xos xususiyatlarni shakllantirishning o’ziga xosvazifasi vamaqsadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- dialog, ijobiy munosabat, grammatik kо‘nikma, talaffuz, jonlanish kompleksi, monologik nutq, polilog, dialogik nutq, nutqiy qobiliyat, emotsional vaziyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025