Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NABI JALOLIDDIN HIKOYALARIDA MILLIY IFODA TALQINI
Inobat Bazarbayeva (Qoraqalpoq davlat universiteti, magistrant)
ИКРО журнал · 15 · 2025
Аннотация
This article analyzes the problem of national customs, traditions and values inherent in the Uzbek mentality using a number of stories by the writer Nabi Jalalidd, who is actively working in the current literary process. The author discusses issues such as the content of the writer's stories, their thematic diversity, the writer's artistic skill, and the epic expression of the glorification ofhuman feelings. Keywords:national values, tradition,value, story, image, themeand idea, style, artisticskill. Аннотация: В данной статье на примере цикла рассказов Наби Джалолидди, активного творца современного литературного процесса, анализируется проблема национальных обычаев, традиций и ценностей, характерных для узбекского менталитета. Рассказы автора содержательны, тематически разнообразны, художественное мастерство писателя, эпическоевыражениечеловеческихэмоций. Ключевые слова:национальные ценности,традиция,ценность,сюжет,образ,тема иидея, стиль,художественноемастерство. Hozirgi o’zbek adabiyotida hikoyalari bilan samarali ijod qilayotgan yosh iste’dodlardan biri – Nabi Jaloliddindir. Adib asarlari tematikasi alohida e’tiborga molik masaladir. Har bitta asarida ijodkor qalbidagi nozik kechinmalarini mohirlik bilan bir ipga teradi.Asarlari qatoridan joy olgan mehr-muhabbat, sadoqat, burch va mas’uliyat kabi insoniy fazilatlar benihoya go’zal qalamga olingan. Hikoyalarida murojaat etgan turli mavzular orasidan milliy qadriyatlarga alohida to’xtalib o’tsak. Uning “Ota”, “Tuproq”, “Vatan” kabi hikoyalari vatanparvarlik, oilaparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat kabi tuyg’ularga yo’g’rilgandir. Qadriyat allaqanday hodisa, voqea yoki narsaning o’ziga xos xususiyati yoki xossasi emas, balki uning mohiyati, o’z navbatida borlikning u yoki bu obyektining yashashi, mavjud bo’lib turishi uchun tom ma‘nodagi zaruriy shartidir. Shuning uchun ham qadriyatlarda zamonning ruhi, imkoniyatlari, o’sha zamonda yashagan odamlarning orzu - umidlari, istaklari, talab va ehtiyojlari o’z ifodasini topadi. Ma’naviyatning negizini milliy qadriyatlar tashkil etadi.Qadriyat har bir davr va har bir millat uchun alohida bir hodisadir. Shu sababli ham har bitta millatning o’ziga xos bo’lgan milliyligi, urf-odatlari, an’ana va qadriyatlari bir biridan farq qiladi. O’zbek milliy qadriyatlari zamirida insonparvarlik g’oyalari yotadi. Uzoq tarix davomida, o’zbeklarning o’zaro munosabatlarida, kundalik turmush tarzida o’zaro hamkorlik va hamdardlik, vafodorlik va o’zaro hurmat, biri - www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 biriga suyanish va yaxshi qo’shnichilik, bolajonlik va ota - onaga hurmat, mehr - oqibat va sadoqat har tomonlama e‘zozlanib kelinadi. Anashunday qadriyatlarning yuksak namunasi adibning “Ota” hikoyasida o’z ifodasini topgan. Asarda azaliy qadriyatlarimizdan biri - muqaddas oila haqida, jamiyatning tirgagi va bo’g’ini bo’lmish oilani saqlash, o’zaro hurmat, mehr – oqibat kabi tuyg’ularning sintez holda kelishini kuzatamiz. Hikoyada tasvirlangan ota timsoli ijodkor tomonidan alohida e’tiborga olingan. Adib ota obraziga sayqal berar ekan uning har bitta nozik detalini ham ko’zdan qochirmasdan tasvirlaydi. Butun jamiyatimizga namuna bo’lishga arzirli bo’lgan ota timsolini yaratadi. Otaning 7 o’g’il 1 qizi bor. “To’ng’ich o’g’li manashu xo’jalikda rais, ota kasbini qilib, yer bilan oshno tutindi. Ikkinchi o’g’il katta odam – vazir, Toshkentda yashaydi. Keyingi ikki o’g’li – muallim. ( Ulardan biri maktab direktori.) Undan keyingisi gazetada ishlaydi – jurnalist. Kenjasi bo’lsa, g’irt bekorchi, otasi olib bergan mashinada ko’cha kezgani - kezgan. Shu bahona chol – kampirning xizmatini ham qiladi. Otasi uni juda unaqa tergayvermaydi – kenjatoyda, mayli, esi kirguncha yayravolsin, deydi. Aslida eng erkasi bitta- yu bitta qizi – Gulira’no, ya’ni cholning “ Chaman qizi”. Uni turmushga berishgan, o’zidan tinchib o’tiribdi...” [1.]. Har bitta farzandiga diniy bilimlar bilan bir qatorda dunyoviy bilimlardan ham benasib qilmagani, savodli, el – yurt koriga yaraydigan qobiliyatli farzandlarni tarbiyalagani yaqqol namoyon bo’ladi. Farzandlari jamiyatda o’z o’rniga ega ekanligining asosi va poydevori sifatida yozuvchi oilani, oiladagi sog’lom muhitnisababchi ko’rsatadi. “ Bolajonlarim, o’zbekning birligi, kuchi oilada. Eng avvalo oilaga suyaning, ishonish mumkin. Bu millatimizzi eng katta fazilati.” [ 1 ].. Otaning farzandlariga bergan o’gitlari fikrimiz dalili. Fitratning quyidagi gaplari fikrimizni yana bir karra mustahkamlaydi: “ Har bir millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog‘liq. Tinchlik va totuvlik esa shu millat oilalarining intizomiga tayanadi. Qayerda oila munosabati kuchli intizom va tartibga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va tartibli bo‘ladi ” [ 2. 5 – b.]. Barcha bolalari qaysi lavozimda ishlashidan qat’iy nazar otalarini juda qattiq hurmat
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the problem of national customs, traditions and values inherent in the Uzbek mentality using a number of stories by the writer Nabi Jalalidd, who is actively working in the current literary process.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the problem of national customs, traditions and values inherent in the Uzbek mentality using a number of stories by the writer Nabi Jalalidd, who is actively working in the current literary process. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- national values, tradition, value, story, image, themeand idea, style, artisticskill, uslub, mavzu va g’oya, an’ana, hikoya, badiiy mahorat., obraz, milliy qadriyatlar, qadriyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025