Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языковScientific supervisor: B.M.Nematov, Student: K.A.Abdukhakimova2016
Дидактические возможности использования принципа кооперации в процессе обучения
Sherzod SHAROPOV · March -/© in Science LLC. (Bukhara State Pedagogical Institute)
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 3 · 106-114 · 2025
Аннотация
Ключевые слова: Обучение английскому языку начинается с кооперация, формирования навыков устной речи, поскольку усвоение дидактика, языка основывается на различных речевых структурах и сотрудничество, паттернах. В связи с этим важно, чтобы упражнения были интенсивность, грация, ориентированы на многократное повторение языкового метод, материала, способствуя его закреплению и автоматизации. лингвистика, упражнение, принцип. Taniqli uslubshunos E.I. Passovning aytishicha, ingliz tilini o‘qitishda amalda qo‘llanilayotgan kommunikativ va kooperativ yondashish intensiv o‘qitishning bir ko‘rinishi bo‘lib, intensiv metod bilan o‘qitishning quyidagi ikki xarakterli xususiyatini ko‘rsatish mumkin: – qisqa vaqt ichida ma’lum o‘quv materiali asosida xorijiy nutq faoliyatini amalga oshirish; – shaxsning barcha psixologik rezervlaridan maksimal darajada foydalanish, ya’ni talabalarning faolligini oshirish. Intensiv o‘qitish metodi dastlab XX asrning boshlarida “to‘g‘ri” metod asosida shakllandi. Tilshunos N.I. Gez aytishicha, “ushbu metod xorijiy intensiv o‘qitishga o‘tishga qulay imkoniyat, asos yaratib berdi”, chunki bu metodning ba’zi bir prinsipial tomonlari mavjud. INTENSIV O‘QITISH METODI Og‘zaki nutqqa bo‘lgan qiziqish Dialog ko‘rinishdagi nutq Situatsiyalar tanlash Talabalarning darsdagi faolligini oshirish Hozirgi zamonaviy intensiv metodlarning u yoki bunisiga asos qilib olingan yangi metod o‘zidan oldin o‘tgan metodning yaxshi tomonlarini saqlab qoladi. So‘ngi yillarda audiolingvual, audiovizual, gipnopediya, relaksopediya, suggestopediya, ritmopediya kabi yangi bir yo‘nalishni bildiruvchi so‘zlar tez-tez metodik adabiyotlarda uchraydi, aytish joizki, olingan metodlardan audiolingual va audiovizual metodlar intensiv o‘qitish amaliyotida qo‘llana olmaydi, bunga ularning prinsipial tomoni, ya’ni ona tilini ishlatishga suyanmaslik, til imitasiyasi, ya’ni taqlid qilish orqali o‘rganish, yod olish va ijodiy mashqlarning yo‘qligi xalaqit beradi. [1,139]. 107 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701 Ma’lumki, chet tili mashq va topshiriqlar yordamida o‘rganiladi, shuning uchun ham an’anaviy ta’limni samarali tashkil etish uchun taklif etilgan texnologiyalarda mashqlar tizimi yaxshi samara berganligini ko‘rish mumkin. Bunda har bir kishi bilan alohida alohida ish olib boriladi. Biroq, kooperatsiya tamoyilida esa guruh bilan ishlash orqali ta’lim sifatiga erishiladi. Ingliz tilini o‘qitishda mashq va topshiriqlarning o‘rni D. Nunan, J. Uillis, J. Richards va T. Rodjers, V.A. Buxbinder, A.N. Shukin, I.L. Bim, V.I. Andriyanova, V.A. Brilova, J.J. Jalolov, M. Djusupov, S. Saidaliyev va E. Lagaylar kabilar tomonidan ilmiy tadqiq etilgan [2,214]. Gricening hamkorlik prinsipi pragmatikada asosiy tushuncha sifatida qaraladi, ammo uning asosiy talqini doimo muammoli bo‘lib kelgan. “Kooperativ” so‘zining ishlatilishi umumiy, leksik va Gricening texnik tushunchalari o‘rtasida bir nechta chalkashliklar mavjud. “Kooperativ prinsip” termini turli manbalarda falsafadan tilshunoslikka o‘tgan deya ta’riflanadi [3,225]. “Hamkorlik tamoyili” termini kengroq mushohada qilish uchun Gricening asarlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, uning qo‘lyozmalaridagi kontekstlardan qanday ta’riflanganini anglash mumkin. Gricening izlanishlarida hamkorlik tushunchasi muhim emasdek ko‘rinadi ammo u inson omili markaz bo‘lgan tildagi tizimlilik, ratsionallik g‘oyalari bilan bog‘liq. Ushbu terminni mulohaza va tahlil qilib bahs yuritishimiz mumkinki, Gricening texnik termini va xalq -lingvistikasi hamkorligi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik bor. Hamkorlik – bu lingvistik adabiyotlarda inson xatti-harakatlarini tavsiflash uchun tez-tez ishlatiladigan atama. Ba’zan esa kontekst va yozishmalarda Gricening hamkorlik tamoyili sifatida mustaqil termin sifatida ishlatiladi. Hozirgi kundagi tadqiqotlarda ikkala atama ham turlicha muhokama va talqin qilinadi. Grice tilga oid g‘oyalarini rivojlantirayotgan vaqtda, boshqa faylasuflar, masalan, Austin va Searle, to‘g‘ridan to‘g‘ri emas balki so‘z amallari o‘rtasidagi munosabatlarga e’tibor qaratdilar. Ular tilning amallarni bajarish uchun qo‘llanilishi mumkinligiga e’tibor qilganlar, buning yorqin misoli sifatida tilni eshikni ochish yoki derazani yopishga qiyoslaydilar [4,228]. Bu nuqtai nazar, "foydalanish nazariyasi" deb ataladi, Frege va Russell kabi tilshunoslar tomonidan taqdim qilingan ma'no uchun haqiqiylik qiymatiga va ma'no uchun maqsadga asoslanadigan g'oyalaridan uzoqroq turadi. Aksincha, bu faylasuflar tilning amallarni bajarish va maqsadlarni yetkazishda o‘z faol rolini ajratib chiqishdi. Bu mulohazada gaplardan ko‘ra gaplarning ma’nosiga alohida urg’u beriladi. Diskurs tahlilda esa tilning lingvistik shakli va og’zaki ma’nosida aniq bir yo‘nalish mavjud emas. Gapning muayyan ma’nosi nutq aktlari yordamida tinglovchiga yetkaziladi. Gricening fikricha, so‘zning o‘z ma’nosi va nazarda tu
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: Обучение английскому языку начинается с кооперация, формирования навыков устной речи, поскольку усвоение дидактика, языка основывается на различных речевых структурах и сотрудничество, паттернах.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: Обучение английскому языку начинается с кооперация, формирования навыков устной речи, поскольку усвоение дидактика, языка основывается на различных речевых структурах и сотрудничество, паттернах. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- This is an open-access article under the Attribution 4.0 International, упражнение, кооперация, didaktik, интенсивность, didactic, kooperatsiya, grice, метод, exercise, method, tilshunoslik, prinsip, сотрудничество, intensiv, intensive, collaborative, cooperative, грация, дидактика, mashq, linguistics, metod, hamkorlik, principle, лингвистика, принцип
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025