Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GENDERLIGI BOYICHA NEYTRAL BO’LGAN LIBOS KOLLEKSIYASINI LOYIHALASHTIRISH TAMOYILLARI
Ibragimova MalikaSodiqqizi · Toshkent Kimyo Xalqaro · GENDERLIGI BOYICHANEYTRAL BO’LGANLIBOSKOLLEKSIYASINI
ИКРО журнал · 15 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada genderligi bo‘yicha neytral bo‘lgan libos kolleksiyasini loyihalashtirish tamoyillari tahlil qilinadi. Modadagi gender neytrallik tendensiyalari, ularning ijtimoiy va madaniy ahamiyati, shuningdek, dizaynerlik yondashuvlari batafsil yoritiladi. Maqolada material tanlovi, siluet va kesim uslublari, rang palitrasi hamda funksionallik kabi muhim jihatlar tahlil qilinib, zamonaviy gender neytral modaning rivojlanish yo‘nalishlari o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari modaga inkluziv yondashuvni kengaytirish hamda universal kiyim dizaynini yaratishda dizaynerlaruchun muhimko‘rsatmalarni taqdim etadi. Kalit so’zlar: Gender neytral moda, uniseks kiyim, inklyuziv dizayn, zamonaviy moda, funksional kiyim, universal liboslar, modada gender tengligi, kiyim dizayni tamoyillari, barqaror moda, rang palitrasi. Zamonaviy modada gender neytrallik tamoyillari tobora dolzarb mavzuga aylanib bormoqda. An’anaviy kiyim kodlarini o‘zgartirish va har bir inson uchun qulay hamda o‘ziga xos kiyim modellarini yaratish dizaynerlarning asosiy maqsadlaridan biriga aylangan. Ushbu maqolada gender neytral libos kolleksiyasini loyihalashtirish tamoyillari va ularning ahamiyati tahlil qilinadi. Gender neytral moda – bu jinsga bog‘liq bo‘lmagan, har kim kiyishi mumkin bo‘lgan kiyimlarni ifodalovchi dizayn yondashuvidir. U jamiyatdagi gender stereotiplarini yengish, inklyuzivlikni ta’minlash va kiyinish erkinligini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, gender neytral kiyimlar yosh, jins va boshqa ijtimoiy omillarga bog‘liq holda cheklovlarni kamaytirishga yordam beradi. Funktsional dizayn – Gender neytral kiyimlar funksionallikka asoslangan bo‘lib, barcha jins vakillari uchun qulay vaergonomik bo‘lishikerak. Minimalistik yondashuv – Oddiy kesim va neytral ranglar gender neytral kiyim dizaynida asosiy tamoyillardan biri hisoblanadi. Material tanlovi – Yumshoq, elastik va qulay matolar, tabiiy va ekologik toza materiallar gender neytral modaning muhimqismidir. Siluet va kesim – Kiyimlar klassik erkak yoki ayol liboslaridan farqli ravishda, androginiya (ikki jins uchun ham mos)printsipiga asoslangan bo‘lishilozim. Rang palitrasi – Neytral va universal ranglar (kulrang, qora, oq, to‘q ko‘k) gender neytral kiyimlar dizaynida keng qo‘llaniladi. Barqaror moda – Gender neytral moda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan va uzoq muddat foydalanish uchun mo‘ljallangan liboslarni yaratishni o‘zichiga oladi. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 Madaniy moslashuvchanlik –Gender neytral kiyimlar turli madaniy kontekstlarga mos kelishi va global modatalablariga javob berishi lozim. Gender neytral kiyimlar insoniyat tarixida turli shakllarda mavjud bo‘lib, ularning qabul qilinishi madaniy, iqtisodiy va ijtimoiy omillarga bog‘liq bo‘lgan. Ushbu liboslar odatda jinsiy identifikatsiyani cheklamagan yoki har ikki jins vakillari tomonidan birdek kiyilgan. Masalan, Misr va Mesopotamiyada tunika va matodan o‘ralgan liboslar erkaklar va ayollar uchun deyarli bir xil bo‘lgan. Misrliklar kiltga o‘xshash etaklar kiyishgan, bu ham erkaklar, ham ayollar tomonidan barobar ishlatilgan. Rim togasi va yunon xitoni uniseks kiyim sanalgan, faqat bezak va uslub jihatidan farqlangan. Uzoq Sharq madaniyatiga nazar soladigan bо‘lsak kimono (Yaponiya) va xanfu (Xitoy) gender bo‘yicha katta tafovutga ega bo‘lmagan. Ularning bichimi erkak va ayolga bir xil mansublikda bо‘lgan. Hindistonda esa dhoti va sari ba’zi holatlarda uniseks hisoblangan. O‘rta asrlar Yevropada uzun ko‘ylak va tunikalar keng tarqalgan bo‘lib, erkak va ayollar uchun deyarli bir xil bo‘lgan. Bolalar 5-7 yoshgacha bir xil uzun kuynaklarda yurishgan. Uyg‘onish davrida gender bo‘yicha kiyimlarda sezilarli farqlar yuzaga kela boshladi. Shimlar erkaklar kiyimining asosiy qismiga aylandi, ayollar esa keng yubkalar kiyishi urf bо‘ldi. Aynan shu davrdan boshlab g‘arb liboslariga jinsiy farqning shakllanishini kо‘rish mumkin. Diniy kiyimlar, harbiy formalar vaba’zikasbiy kiyimlar hali ham gender neytral bo‘lib qoldi. XIX asrga kelib gender qoidalar liboslarda kuchaydi. Bu davrda gender bo‘yicha kiyimlar qat’iy farqlana boshladi. Ayollar uchun ko‘ylaklar, erkaklar uchun shimlar odatiy norma bo‘lib qoldi. Shunga qaramay, asr oxiriga kelib Emiliya Blumer ayollar uchun shim va tunika kombinatsiyasini ommalashtirdi. Ayrim kasb egalari (ayniqsa, ayollar harbiy xizmat yoki zavodlarda ishlayboshlagach) erkaklarnikiga o‘xshash kiyim kiyishgan. XX asrni yana genderligi neytral modaning dolzarbligi oshishi bilan belgilash mumkin. 1920- 1930-yillarda ayollar erkaklarnikiga o‘xshash kostyumlar kiyishni boshladi (Coco Chanel erkaklarga xos elementlarni ayollar kiyimiga kiritdi). Uniseks uslubda sport kiyimlari ommalasha boshladi. 1940-1950-yillarga kelib Ikkinchi Jahon urushi davrida ayollar erkaklar bilan bir xil kiyim kiyishga majbur bo‘ldi (zavod va harbiy kiyimlar). Shim kiygan ayollar jamiyat
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada genderligi bo‘yicha neytral bo‘lgan libos kolleksiyasini loyihalashtirish tamoyillari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada genderligi bo‘yicha neytral bo‘lgan libos kolleksiyasini loyihalashtirish tamoyillari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- barqaror moda, inklyuziv dizayn, Gender neytral moda, modada gender tengligi, kiyim dizayni tamoyillari, zamonaviy moda, funksional kiyim, rang palitrasi., uniseks kiyim, universal liboslar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026