К содержанию
РецензированоRU2025

Совершенствование метода активизации духовного мировоззрения будущих педагогов на основе наследия джадидов

Ozoda BEKCHANOVA · March -/© in Science LLC. (Urgench State Pedagogical Institute)

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 3 · 164-168 · 2025

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье рассматриваются методы активизации ценности, студенческой молодежи с использованием богатого джадид, духовного наследия джадидов. Автор также отмечает, что методология, через произведения, созданные джадидами, молодежь метод, стиль, может получить большой объем воспитательной и пособие, образовательной информации. история, создание, манкурт. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach axloqiy tarbiyaning maqsadi vazifalari, metodologiyasi, umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida o‘zgartirildi. O‘zlikni anglash tarixni o‘rganishdan boshlanadi. O‘z xalqi tarixini bilmaslik, ajdodi o‘tmishidan bexabarlik manqurtlikning nishonasidir. Tarixdan ma’lumki, tuprog‘imizga bostirib kirgan har bosqinchi borki, yurtni egallab olarkan, avvalo, xalqning asrlar davomida misqollab yiqqan moddiy va ma’naviy boyliklarini, ayniqsa, uning ma’naviy merosini yo‘qotishga, shu bilan uni o‘zligidan ayirish orqali o‘z mafkurasi, manfur g‘oyalarini singdirishga harakat qilgan va afsuski, ko‘p hollarda buning uddasidan chiqa olgan ham. Bugun garchi mustaqillikka erishgan, o‘z milliy davlatchiligimizni tiklab, milliy-ma’naviy tiklanish bosqichiga kirgan bo‘lsak ham, tashqi tahdid va turli yot, buzg‘unchi ta’sirlardan qutula olganimiz yo‘q. Bunday tahdidlar esa har kuni, har qadamda bizni ta’qib etib turibdi. Inson ongi va qalbi uchun kurash ketayotgan hozirgi kunda alohida kuchlar odamlarni o‘zligidan, milliy qiyofasidan ayirish yo‘lida millionlab mablag‘larni sarflayotgani sir emas. Ularning maqsadi ma’lum, odamlar qalbi va ongini egallash orqali dunyoning muayyan hududidagi moddiy boyliklarni egallash, o‘z ta’sir doirasiga olish. Bugungi globallashuv sharoiti, axborot asrida yashar ekanmiz, turmushimizga kirib kelayotgan, milliy qiyofamizga yot, begona har turli ko‘rinishdagi, bir-biridan bejirim, silliq g‘oya, mafkuralarga qarshi yoshlar ongi va qalbida Vatan tarixida o‘chmas iz qoldirgan ajdodlarimiz qiyofasini jonlantirish, ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida chuqur bilim berish, bu ezgu ishlarga, yoshlarda tarix, ota-bobolarimiz ruhiga hurmat, ular olg‘a surgan g‘oyalarga sadoqat tuyg‘ularini tarbiyalamoq kerak hamda shu orqali ularning ongi va qalbida har qanday yot, begona g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirmoq zarur. Jadidlar vatan istiqloli va istiqboli uchun fidoyilik ko‘rsatgan shaxslardir. Ular sovetlar mafkurasiga qarshi o‘z ezgu g‘oyalarini ilgari surdilar, davrning beshafqat tazyiqlariga qaramay yurt taqdiri, mamlakat kelajagining porloq bo‘lishi uchun tinimsiz kurash olib borib, xalqni o‘z ortidan ergashtirishga, Turkistonni taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga olib chiqishga intildilar. Ularning ko‘rsatgan jasoratlari, o‘z mafkurasi va maqsadi yo‘lidagi sobitligi, imon-e’tiqodiga sadoqati, Vatan, yurt uchun fidoyiliklarini namuna sifatida ko‘rsatish orqali yoshlarda vatanparvarlik, millatparvarlik tuyg‘usini tarbiyalash ushbu fanning vazifasini belgilaydi. 165 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701 Jadidlar harakatini o‘rganar ekanmiz, avvalambor, ularning faoliyatida ma’rifatparvarlik harakatini ko‘ramiz. Ular o‘zlarining taraqqiyparvarlik g‘oyalarini amalga oshirish uchun millatni taraqqiyotga yetaklash eng maqbul yo‘l deb hisoblab, ta’lim tizimini isloh etishda deb bilganlar va shu maqsadda yangi usul maktablariga asos solganlar. Turkistondagi maktablar o‘qituvchilari masjid imomi yoki madrasani xatm qilgan kishilar bo‘lgan. Maktabda asosan o‘g‘il bolalar o‘qigan, qizlar esa otinoyilar tomonidan uylarda o‘qitilgan. “O‘g‘il bolalar maktablaridan farqli ravishda, qizlar maktablarida mumtoz shoiralar ijodini o‘rganishiga ko‘proq e’tibor qaratilgan. Shuningdek, ularda qizlar tarbiyasining o‘ziga xos jihatlari, chunonchi, uy-ro‘zg‘or tutish, pazandalik, pokizalik, sharqona odob-axloq kabilarga o‘rgatuvchi Aliy Nazimoning “Ta’limi banot”, Olimat ul Banotning “Muolarat odobi”, Faxriddin ibn Rizouddinning “Tarbiyali xotun” kabi darsliklaridan foydalanilgan. Eski tartibdagi maktablarda xoh o‘g‘il bolalar, xoh qiz bolalar maktabi bo‘lsin, biror kasb yoki hunar o‘rgatilmagan. Bu yerda o‘quvchilarga hayotga asqatadigan kasb berish maqsadi qo‘yilmagan, faqat dastlabki xat-savod chiqarilgan, xolos. O‘qishni bitirganlik to‘g‘risida biror hujjat ham berilmagan. Maktab asosan, ta’limning 2-bosqichi – madrasada o‘qishni davom ettirishga yo‘naltirilgan holda ta’lim-tarbiyani olib borgan. Maktabda yagona dars o‘tish dasturi bo‘lmagan, shuning uchun har bir o‘qituvchi o‘z bilim doirasidan kelib chiqqan holda, an’anaga kirgan tizim asosida o‘qitgan. O‘quvchilar maktabni bitirganlaridan so‘ng madrasalarda o‘qishni davom ettirishlari mumkin bo‘lgan. Madrasalar o‘rta va oliy bosqich o‘quv yurti sifatida odatda, xonlar, katta mol-mulk egalari, davlatmand kishilar tomonidan qurilgan. Madrasalarda o‘qish oktabr oyidan to aprelgacha davom etgan, mashg‘ulotl

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье рассматриваются методы активизации ценности, студенческой молодежи с использованием богатого джадид, духовного наследия джадидов.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье рассматриваются методы активизации ценности, студенческой молодежи с использованием богатого джадид, духовного наследия джадидов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International, manqurt, пособие, manual, история, jadid. metodologiya, джадид, style, history, method, методология, creation, создание, methodology, манкурт, tarix, ценности, стиль, Jadid, uslub, qo‘llanma, yaratish, metod, qadriyatlar, mankurt, values, метод
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники